Тарихшунослик фанидан


Sivilizatsiyalar to„qnashuvi kontseptsiyasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

 
Sivilizatsiyalar to„qnashuvi kontseptsiyasi. 
Siyosatshunos olimlardan yana biri bo‗lgan Amerikalik S.Xantington ―sovuq urush‖ 
tugaganidan so‗ng o‗zgargan dunyoda ijtimoiy madaniy jarayonlar dinamikasini tushuntirishga 
zamonaviy dunyoda ixtiloflarning boshlanibgina aniqlashaga yo‗naltirilgan yangi paradigmani 
yaratishga harakat qiladi. U ―sivilizatsiyalar to‗qnashuvi‖ modelini ilgari surdi. 
Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va ―uchinchi dunyo‖dan 
tashkil topgan xalqaro sistema endi 8 ta asosiy: g‗arbona, konfutsian, yapon, islom, induizm, 
provaslav – slovyan, Lotin Amerikasi va Afrika sivilizatsiyalarini o‗z ichiga olgan yangi tizimga 
o‗tmoqda. Raqobat qiluvchi harbiy bloklar uning fikricha ushbu sivilizatsiyalardan qaysi biriga 
tegishli ekanligi bilan farqlanadi. Oxir – oqibat kishilar uchun siyosiy mafkura yoki iqtisodiy 
manfaatlar emas, balki etiqod va oila, qon–qarindoshlik va ishonch, yani kishilar o‗zlarini qanday 
anglashlari nima uchun kurashlari va halok bo‗lishlarini bilish muhimroqdir. Ammo Xantington 


119 
madaniy – tarixiy maktabning asoschilari (Shpengler, Toynbi, Danilevskiy, Sarokinlardan farq qilib, 
sivilizatsion o‗zlikni anglashning yangi mezonlarini ilgari surdi, xususan bu qurol – yarog‗, ayniqsa 
ommaviy qirg‗in qurollarining tarqalishi, inson huquqlari va immigratsiya bilan bog‗liq jahonshumil 
muammolarni uzil kesil hal etilishi edi. Sivilizatsiyalar o‗rtasidagi chegara aynan shu 
muammolarning hal etilishiga qarab aniqlanadi. Bunda G‗arb bir tomonda, qolgan sivilizatsiyalar 
yani qolgan dunyo esa, boshqa tomonda joylashadi. 
Xantington G‗arb sivilizatsiyasining yaxlit bir butunlik sifatida sistemalararo ixtiloflar davriga 
nisbatan dahshatliroq fojea oldida turganligi haqidagi tezis bilan chiqdi. Xantington kontseptsiyasiga 
binoan kelajakda geosiyosatdagi markaziy muammo G‗arb va qolgan sivilizatsiyalar o‗rtasidagi 
ixtilof bo‗lib qoladi. ―Sivilizatsiyalar to‗qnashuvi jahon siyosatining belgilovchi omiliga aylanadi. 
Sivilizatsiyalar orasidagi o‗tmish chizig‗i G‗arb va qolgan dunyo o‗rtasidagi munosabatlar orqali 
o‗tadi‖ shundan kelib chiqib, u G‗arbdagi hukmron doiralarga g‗arbiy sivilizatsiya chegaralarida, 
ayniqsa AQSh va Yevropa o‗rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, boshqa mamlakatlar bilan 
munosabatlarda G‗arbning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning ularning imkoniyatlarini 
qaytarish zarurligi haqidagi g‗oyalar bilan murojaat qiladi.―Sivilizatsiya to‗qnashuvi‖ modeli 
tsivilizatsion bag‗rikenglikka rahna soladi. U jahon jamoatchiligiga kelajakda g‗arb va boshqa 
mamlakatlar o‗rtasidagi ixtilof geosiyosatning markaziy o‗q chizig‗i bo‗lib qolishligini isbotlashga 
qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar o‗rtasida turli mamlakatlar, xususan islom dunyosidagi 
siyosiy doiralarida ham turlicha bazan salbiy munosabatga sabab bo‗lmoqda. Masalan, Eron Islom 
Respublikasining sobiq prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiy tashabbusi bilan sivilizatsiyalar 
o‗rtasidagi muloqot masalasi YUNESKOning 1999 yildagi sessiyasidagi va BMTning 2000 yildagi 
53-bosh assambleyasida muhokama etildi. Mazkur ming yillik sammitida XXI asr – 
sivilizatsiyalararo muloqot asri, deb elon qilindi. 
Bir qator G‗arb ayniqsa amerikalik olimlarning qarashlarida avj olgan globalizm g‗oyalari, 
xususan, Ayru L.Strausning 1997 yilda nashr etilgan ―Bir qutblilik, yangicha dunyoviy tartibotning 
markazlashgan strukturasi va Rossiya‖ maqolasida yangicha dunyoviy tartibotning ―birqutblilik‖ 
kontseptsiyasi o‗z ifodasini topdi. U xalqaro munosabatda zamonaviy tizimini majoziy manoda 
oddiy yong‗oqqa qiyoslaydi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlaruning milliy qobig‗ini tashkil etsa, 
ichidagi asosini – yadrosini qolgan dunyoni boshqarib turuvchi buyuruq beruvchi markaz – G‗arb 
tashkil etadi. Butun tarixning ilgarilanma harakatini u ko‗p qutblilik ikki qutblilik bilan 
almashinuvida ko‗radi. Shundan kelib chiqib, u G‗arbni butun dunyoni boshqaruv markazi sifatida 
tavsiflovchi kelajak dunyoning bir qutblili konseptsyasini yaratdi. 
Birqutblilik, Straus fikricha, jahon tarixida yuksak salmoqqa ega bo‗lgan industrial 
demokratiyalardan tashkil topadi va u doirasida AQSh boshqa davlatlarga etakchilik qiladi. 
Jahon hamjamiyatida birqutblilikning salmog‗i faqat uning yaqqol namoyon bo‗lgan, iqtisodiy 
va texnologik salohiyati bilangina emas, balki qolgan jamiyatlarning modernizatsiyasi 
g‗arblashtirish tomon borayotganligi bilan ham belgilanadi, deydi Straus. Boshqacha qilib aytganda, 
birqutblilikning, yani G‗arbning ustuvorligi, eng avallo, mafkuraviy omilga aynan esa liberalizm 
mafkurasiga bog‗liq. AQShning sobiq davlat kotibi Zbignev Bjezinskiy ham ―sobiq ittifoqning 
mag‗lubiyati va parchalanib ketishi, AQShning yagona va haqiqatda birinchi asl umumbashariy 
davlat sifatida g‗arbiy yarimshar shohsupasiga tez suratlar bilan ko‗tarilishida yakunlovchi akkord 
bo‗ldi. Deb takidlaydi. Aksaryat ilmiy va siyosiy doiralarda mazkur kontseptsiyaga, bir maydonli, 
bir qutbli dunyo haqidagi mulohazalarga ilmiy jihatdan ham siyosiy jihatdan ham etarlicha 
asoslanmagan nuqtai nazarlar sifatida tanqidiy munosabat bildirildi. 
Yuqorida ko‗rib chiqilgan G‗arbning ayniqsa, AQShning hozirgi zamonda keskinlashib 
borayotgan barcha umumbashariy muammolarni faqat o‗z manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‗zi 
xohlagancha hal etish ―huquqini asoslovchi kontseptsiyalardan tashqari bunday kayfiyatlardan ogoh 
bo‗lishlilik g‗oyasini ilgari suruvchi ta‘limotlar ham mavjud, xususan amerikalik tadqiqotchi Pol 
Kenndi o‗zining ―Buyuk davlatlarning ravnaqi va inqirozi‖ kitobida ―imperiyaning zo‗riqishi‖ 


120 
nazariyasini ishlab chiqdi. U o‗z zimmasiga xalqaro hayotni tashkil etish va yakka holda etakchilik 
qilish ma‘suliyatini olgan hech bir davlat bunday maqomni uzoq vaqtgacha saqlab tura olmasligini 
ko‗rsatib berdi. bunday davlat o‗zining ichki kuchlarini eng avvalo, iqtisodiy hayotini barbod qildi 
va oxir-oqibat oddiy davlat holatiga beixtiyor o‗tib qoladi. Fransuz tarixchisi Emmanuel Todd 
―Imperiyadan so‗ng Amerikacha tizimning inqirozi haqida esse‖ (2002) kitobida imperiyaning tarixi 
odatda, ta‘lim sohasidagi, so‗ngra esa iqtisoddagi yuksalishdan boshlanadi, deb yozadi. Ularning 
asosida harbiy kuch shakllanadi. Lekin iqtisodiy baza torayib va qisqarib borgan sari, so‗nggi 
saqlanib qoladigan narsa – harbiy mashina bo‗ldi. Sobiq Ittifoqda ana shunday bo‗lgan hozir 
AQShda shunga o‗xshash holat yuz bermoqda. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling