Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Birinchi qoida – iqtisodiy islohotlarning siyosatdan ortda qolmasligi, biror mafkuraga 
bo‗ysundirilmasligi qoidasi. 
Ikkinchi qoida–o‗tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‗lishi, islohotlarning ustuvor 
yo‗nalishlarini belgilab berishi, o‗zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan 
o‗tkazishi qoidasi. 


138 
Uchinchi qoida– qonunlarga rioya etish ustuvor tamoyil bo‗lishi, demokratik yo‗l bilan qabul 
qilingan istiqlol Konstitutsiyasi va qonunlarni hech istisnosiz hamma tomondan hurmat qilinishi va 
ularga og‗ishmay rioya etilishi qoidasi. 
To„rtinchi qoida–aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat 
o‗tkazilishi qoidasi. 
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqgda aholini ijtimoiy 
himoyalash yuzasvdan oldindan ta‘sirchan choralar ko‗rilib borildi va bu masala bozor iqtisodiyoti 
yo‗lidagi eng dolzarb vazifa bo‗lib qoldi va bundan keyin ham shunday bo‗lib qoladi. 
Beshinchi qoida – bozor iqtisodiyotiga o‗tishda ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar talablari hisobga 
olingan holda «inqilobiy sakrash»larsiz, ya‘ni evolyutsion yo‗l bilan puxta o‗ylab, bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi qoidasidir. 
Ana shu muhim qoida – tamoyillar O‗zbekistonning mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo‗liga 
asos qilib olindi hamda yangi ijtimoiy-siyosiy tizimga tadrijiy o‗tish jarayonlarining negizini tashkil 
etdi. Istiqlol davrining o‗tgan o‗n yili shuni yaqqol isbotlaydiki, rivojlanishning mashhur besh 
tamoyilining amalga oshi-rilishi mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor 
munosabatlarini joriy etish yo‗lidan izchil harakat qilishni to‗la ta‘minladi. 
Islom Karimov o‗zining «O‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida» nomli 
kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh qilish kontseptsiyasini yana ham chuqurroq ko‗rsatib beradi. 
Unda nazariy, ilmiy va hayotiy jihatdan muhim xulosalar asoslanib, bozor munosabatlariga 
bosqichma-bosqich o‗tishning O‗zbekiston uchun afzalliklari maxsus yoritib beriladi. Jumladan
«bir bosqichni tamomlagandan keyingina, zarur shart-sharoitlarni yaratib, yangi bosqichga o‗tish 
mumkin, chunki har bir bosqichda tafakkurimizni o‗stirib, eri-shilgan real natijalar bilan odamlarni 
yangi tuzumning afzalligiga ishontiribgina islohotlarni oxirigacha amalga oshira olamiz. Iqtisodiy 
strukturasi rivojlangan, samarali ijtimoiy munosabatlarga ega bo‗lgan jamiyatni qura olamiz». 
Ushbu kitobning ikkinchi qismida Islom Karimov mamlamlakatni iqtisodiy rivojlantirish 
borasidagi asosiy vazifalar – xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini 
chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, ijtimoiy 
kafolatlari kuchli bo‗lgan demokratik davlatni shakllantirish kabilarni belgilab, muammolarning 
nazariy, ilmiy va amaliy echimini topib beradi. Shunday ekan, mazkur masalalar rivojining ustuvor 
yo‗nalishlari quyidagicha bo‗lishi hayot mantig‗ining tadrijiy o‗zgarishlariga ham ayni muvofiq 
keladi: 
birinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erkinlik berilishi, shaxsiy tashabbus va 
ishbilarmonlikka yo‗l ochish, tadbirkorlikning qo‗llab-quvvatlanishi; 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling