Тарихшунослик фанидан
jarayonlaridan avval yurishi kerak
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”
jarayonlaridan avval yurishi kerak, degan metodologik ko‗rsatmasi asosida amalga oshirila
boshlangandi. Dastavval, O‗zbekiston mustaqilligining huquqiy-me‘yoriy asoslari yaratildi. Mamlakatning istiqlol Konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an‘anaviy davlatchilik g‗oyalari va jahon davlatchiligi ilg‗or tajribalarining sintezi shaklida barpo etildi. Boshqaruvda yangi usullar qaror totstsi. Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o‗zgarishlar yasaldi. Nodavlat tuzil-malar, jamoat tashkilotlari va o‗z-o‗zini boshqarish organlarining vakolatlari kengaytirildi. Ko‗p partiyaviylik tizimi tarkib topishiga keng sharoit yaratiddi. Jamiyat hayotida sog‗lom demokratik jarayonlar muhiti vujudga keldi va chuqurlashdi. Inson haq- huquqlari va erkinliklarini ta‘minlashning huquqiy asoslari vujudga kelmoqda. Sud hokimiyati mustaqillik mohiyati va hozirgi zamon xalqaro huquq tamoyillari negizida tubdan isloh qilindi. Millatlararo totuvlikni ta‘minlash choralari ko‗rildi. MILLIY xavfsizlik kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakat hududiy yaxlitligini va tinchligini ta‘minlashga qodir bo‗lgan zamonaviy qurolli kuchlar tizimi yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning asosiy tamoyillari doirasida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi qilib belgilandi. Iqtisodiy islohotlarning «o‗zbek modeli» vujudga keldi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, pul-kredit siyosati tamoyillari ishlab chiqildi. Mulkchilik, mulkka egalik tushunchalari shakllandi. Mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi. O‗zbekistonda ma‘naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik an‘analariga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatimizni ozod va obod jamiyatga aylantiruvchi, vatan ravnaqini ma‘naviy ta‘minlab beruvchi milliy istiqlol goyasi shakllandi. Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g‗oyalarini anglashda tarixiy shaxslar, buyuk allomalar va sarkardalar, xususan, Ahmad Farg‗oniy, Burhoniddin Marg‗inoniy, At-Termiziy, Imom Buxoriy, Al-Moturidiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug‗bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ulug‗ ajdodlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatning ro‗yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an‘analarning «yangi jamiyat qurishda ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot va ta‘lim-tarbiyaning roli oshirildi. Bu sohani tubdan isloh qilish va yangilash jarayonlari izchil amalga oshirilmoqtsa. Mustaqil O‗zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli va faol sub‘ektiga aylandi. U Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligida o‗ziga xos va o‗ziga mos o‗ringa ega bo‗lib, mintaqa taraqqiyotida muhim rol o‗ynay boshladi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‗zaro hamkorlik va qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning strategik yo‗nalishlari ishlab chiqildi. Bunday keng ko‗lamdagi o‗zgarishlar va yangilanishlar jarayoni chuqur asoslangan ilmiy- nazariy tahlilni, nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqarishni, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ijtimoiy-gumanitar fanlar oldiga dolzarb muammo sifatida qo‗ymoqda. Darhaqiqat, yalpi o‗zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida ijtimoiy ong mazmunida o‗zgarishlar yuz bera boshladi. Odamlar tafakkurida, fe‘l-atvorida, sa‘y-harakatlarida yangi 137 qadriyatlar qaror topdi. Hayotga munosabatlar tizimi o‗zgardi. O‗zbek mentaliteti, milliy xarakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa boshladi. Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma‘naviy sohada tub yangilanishlarga, o‗zgarishlarga ma‘naviy asos bo‗lib xizmat qildi. Mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning o‗zbekona tamoyillari vujudga keldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshlandi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma‘naviy qadriyatlari uning o‗ziga qaytarildi. Dinga munosabat ijobiy tomonga o‗zgardi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling