Тарихшунослик фанидан


Jamiyatni erkinlashtirishning «o„zbek modeli»


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

 
Jamiyatni erkinlashtirishning «o„zbek modeli» 
Har qanday jamiyatning ma‘naviy qiyofasi ayni ana shu jamiyat tizimi, uning qanday 
g‗oyalarga va maqsadlarga ergashayotgani, qanday tafakkur asosida qaror topayotgani bilan bog‗liq. 


144 
O‗zbekiston tanlagan yo‗l inson manfaatlari to‗la himoya qilingan, uning haq-huquqlari har 
tomonlama kafolatlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirishdir. Bu, albatta, inson ongi va 
tafakkurini o‗zgartirish orqali turmush tarzini yangilash singari qator murakkabliklar, qiyinchiliklar, 
ziddiyatlarni engib o‗tishni taqozo etmoqtsa. Ularni nimalarda ko‗rish mumkin? 
Birinchidan, eskilik va yangilik o‗rtasidagi ziddiyatlar. Eski tuzum illatlari yashashni istaydi, 
o‗z o‗rnini bo‗shatishni xohlamaydi. Yangi tuzum g‗oyalari esa jamiyatni yangilash zaruratini 
taqozo etadi va bu zarurat hayot-mamot mohiyatiga, har bir fuqaro taqdiriga, ma‘naviy va ruhiy 
ehtiyojiga, asrlar mobaynida shakllangan turmush tarzi va dunyoqarashiga bog‗liq bo‗lgan, uni har 
jihatdan himoya qiladigan fikr sifatida maydonga keladi. Bu g‗oyaning yashashi va turmush tarziga 
aylanishi ayni ana shu eskilik illatlari bilan kurashning naqadar og‗ir va hatto iztirobliligi bilan 
belgilanmoqda. 
Ikkinchidan, fuqarolar ongi va dunyoqarashining jamiyatni tubdan o‗zgartirish va yangi 
mazmun bilan boyitish uchun unchalik ham tayyor emasligi. Zotan, 130 yillik mustamlakachilik 
davri bizni fikrlamay yashashga majbur etdi. 
Fikriy tanballik, fikriy boqimandalik ko‗nikmalarini vujudimizga singdirib yubordi. Endi esa 
aqlni ishlatib, o‗z kunimizni o‗zimiz ko‗rishimiz va shu asosda o‗z iqtidorimizni, yaratuvchilik 
qudratimizni namoyon etishimiz kerak. Bu osonlik bilan yuzaga chiqadigan hodisa emas. 
Uchinchidan, inson ozodligi, hur va erkin yashash tarzi bu shunchaki «bersang eyman, 
bermasang o‗laman» qabilidagi turmush tarzi emas. Aksincha, inson ozodligi ozod so‗z, ozod fikr, 
erkin hatti-harakat orqali jamiyat erkinligini, jamiyat ozodligini va umuman hurriyat mazmun-
mohiyatini anglashdan iborat bo‗lgan siyosiy, ijtimoiy, ma‘naviy-ruhiy hodisadir. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling