Тарихшунослик фанидан


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Uchinchidan, 80-yillar oxiridagi chuqur iqgisodiy tanazzulni engib o‗tish, makroiqtisodiy va 
moliyaviy barqarorlikni ta‘minlash, barqaror iqtisodiy o‗sish uchun zamin yaratish. Aynan iqgisodiy 
islohotlar «o‗zbek modeli»ning amalga oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki yillarida ishlab 
chiqarishning keskin, halokatli pasayishini to‗xtatishga, iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
saqlab qolishga, milliy iqtisodiyotni tiklashning mustahkam asoslarini yaratishga erishildi. 
To„rtinchidan, mamlakatning iqgisodiy mustaqilligini, O‗zbekistonning jahon iqtisodiy 
tizimiga keng ko‗lamda qo‗shilishini ta‘minlashga yo‗naltirilgan iqtisodiyotning chuqur tarkibiy 
qayta qurish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Qisqa davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarini 
va aholi extiyojlarini o‗zimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari 
hisobiga ta‘minlash masalasi tubdan hal qilindi. G‗alla mustaqilligi choralari ko‗rildi. 
Shunday qilib, yonilg‗i va don mustaqilligiga erishildi, bu esa mamlakatning barqaror 
taraqqiyoti va odamlar farovonligining asosi va kafolatidir. Mamlakatning don va neft bozorlaridagi 
jahon narxlarining o‗zgarib turishiga tobeligi ancha cheklandi, ulardan bo‗shagan valyuta manbalari 
esa zamonaviy uskuna va texnologiyalar xarid qilishga yo‗naltirildi. 
Beshinchidan, bozor infratuzilmasi asoslari, zamonaviy ikki darajali bank tizimi yaratiddi. 
Hozirgi kunda respublikada sug‗urta kompaniyalari, tovar-xom ashyo birjalari, sarmoya fondlari 
tarmog‗i ishlab turibdi, fond birjasi va ko‗chmas mulk birjasi, Markaziy depozitariy va ikkinchi 
daraja depozitariylari, lizing va konsalting kompaniyalari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va 
tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‗jaliklari uyushmasi faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. 
Bularning hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat 
qilishga yo‗naltirilgan. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling