Тарихшунослик фанидан
Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”
Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi. O‗rta Osiyo xalqlarining ulug‗ tarixiy o‗tmishiga murojat qilishi o‗z ajdodlarining olamshumil yutiqlaridan mamnunlik, shukuronalik tuyg‗usini baxsh etadi. Fuqarolik hissini shakllantirish, o‗z milliy birligiga mansubligidan qonuniy faxrlanish hissini uyg‗otadi. Bizda, so‗nggi 70 yil mobaynida ildiz otgan milliy qadriyatlar, ananalar, madaniyat va turmush tarzidan halokatli o‗z ishini bartaraf etishda buning ahamiyati beqiyos. Chunki o‗z tarixiy ildizlarni o‗z xalqining tarixini tashkil etuvchi o‗tmish avlodlar hayoti bilan uzilmas manaviy aloqalarni anglab etmay turib, o‗z zamining chinakam fuqarosi va chinakam vatanparvari bo‗lishi mumkin emas. Ayni vaqtda tarixni idrok etish madaniyatini, tarixiy tafakkur madaniyatini shakllantirish zarur zero tarix nechog‗li ahamiyatli bo‗lmaslik, kezi kelganda xavfli hamdir. Pol Valeri takidlaganidek, tarix orzular tug‗diradi, xalqlarni sarxush qiladi, soxta xotiralarni keltirib chiqaradi. Ularni eski 151 yaralarini qo‗zg‗atadi, oromini buzadi, o‗zini ulug‗lashga olib keladi. Tarix har qanday istaklarni oqlaydi. U sirasini aytganda, hech kimga o‗rgatmaydi. Boshqacha qilib aytganda, tarixni bilish faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗libgina qolmay, balki undan milliy biqiqlik hislarini uyg‗otishda, boshqa xalqlarga nisbatan adovatga olib kelishda tajovuzkorlik siyosati va maqsadlarini asoslashda ham foydalanish mumkin. Tarixiy tafakkur shunday qilib, milliy mustaqillik hissiyotini xalqlarimiz uchun fojeaviy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan milliy biqiqlikka aylanib ketishiga yo‗l qo‗ymaydigan nozik qadni topishga ko‗maklashmog‗i kerak. O‗tgan shunday muddat ichida bizning mudroq ongimizni uyg‗otib yubordi. Tushunchalarimizda o‗zgarish yasadi. Endi mamlakatning hech bir fuqarosi ertangi kunni aniq ravshan ko‗rib turibdi. O‗zining ham mamlakatning ham kelajagi buyukligicha qatiy shaklannmoqda. Shuning uchun ham aniq maqsad va qatiy iroda bilan mustaqillik yo‗lini tub islohotlar jarayonini to‗la qo‗llab quvvatlamoqda. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling