Тарихшунослик фанидан


Tarixni xolsona o„rganish masalasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1599252
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
Bog'liq
aa121db4364c8ed0a0072cbd3fa06a26 “TARIX FALSAFASI VA METODOLOGIYASI”

Tarixni xolsona o„rganish masalasi. 
I. Karimov tarixga munosabatni tubdan o‗zgartirish hayot taqozosi ekanligini dolzarb masala 
qilib ko‗tardi. Yurtboshimiz o‗tmishimizni qayta ko‗rib chiqib, uni butunlay yangi nazar bilan 
g‗alvirdan o‗tkazishni kun tartibiga qo‗ymoqda, buning quyidagi asoslari bor. 


149 
Birinchidan, bugungi O‗zbekiston jahon xaritasida endigina paydo bo‗lgan tasodifiy mamlakat 
emasligini uning ildizlarini nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko‗rsatish va 
farzandlarimiz ongiga singdirish. 
Ikkinchidan, sobiq sho‗ro siyosati va kommunistik mafkura taziyqi bilan soxtalashtirilgan 
tarixni o‗z o‗rniga qo‗yish, tarix haqiqatini ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash. Unga munosib baho 
berish lozim. 
Uchinchidan shu asosda halqimiz, ayniqsa yosh, navqiron avlodimiz qalbida milliy g‗urur, 
milliy iftixor, o‗z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‗ularini kuchaytirish. Buyuk o‗tmishga munosib 
buyuk millat bo‗lish ertangi kunga katta ishonch va istiqlol g‗oyalariga etiqod bilan yashashni 
turmush tarziga aylatirish. 
Hammamizga ma‘lumki, sho‗ro hukumati davrida xalqni ataylab savodsizlatirish o‗z 
o‗tmishidan ajratib qo‗yish ajdodlari, naslu-nasabi va butun tarixidan bexabar qilish siyosati 
darajasiga ko‗tarilgan kommunistik mafkuraning butun mazmun mohiyatini tashkil etgan edi. 
Shuning uchun ham yozilayotgan ilmiy kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bo‗lib, 
ma‘lumotnoma tusini olgan edi. Ijtimoiy – siyosiy jarayonlarga bunday yuzaki munosabat va tarixiy 
sanalargina sinab o‗tish kabi tarix fani metadologiyasi yaratildi. Bu metadologiyaning asosiy 
maqsadi odamlar ongini zaharlash ularni fikrini chalg‗itishdan iborat edi. Natijada millatlarni yo‗q 
qilib tasdiqlash, fuqarolar qalbidagi milliy g‗urur milliy iftixor tug‗ularini so‗ndirish ularni 
dunyoqarashini chegaralab qo‗yish uchun harakat qilindi. O‗ziga ham o‗tmishiyu kelajagiga ham 
befarqlik loqaydlilik bilan qaraydigan aholi qatlami ―tarbiya‖ lab etishtirildi. Ana shunday noqobil 
va g‗ayriinsoniy siyosat barbod bo‗lgach, endi o‗z tariximizni qaytadan tiklash uni ilmiy, tarixiy va 
hayotiy haqiqat nuqtai-nazaridan turib yangitdan yaratishni davlatning o‗zi talab qilmoqda va bunga 
homiylik qilmoqda O‗zbekiston Fanlar akademiyasi tarix insitutining O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarqatib yuborilishi va uni qaytadan tashkil etish to‗g‗risidagi 
siyosiy qadriyatni manaviy va ijtimoiy ahamiyatini alohida takidlash joiz. Hukumat qarori va 
shaxsan I.Karimov tashabbusi bilan Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida 
―O‗zbekistonning yangi tarixi‖ markazining ochilishi fikrimizning yorqin dalilidir. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling