1407-yil 22-fevral Pirmuhammad Pir Ali Toz boshliq
fitnachilar tomonidan o’ldirildi
1408-yil 22-aprel Qoraquyunli turkmanlarning rahbari
Qora Yusuf bilan bo`lgan jangda Mironshoh halok bo`ldi.
Natijada tez orada Ozarbayjon va Iroq viloyatlari
temuriylar qo`lidan chiqib ketdi
1409-yil bahori Amir Hudoydot O`ratepa va
Shohruhiyani osongina egallab, Samarqandga askar
tortdi
1409-yil 25-aprel Shohrux Amudaryodan o’tib
Samarqandga yurish qildi. Yurish 5 yil davom etdi
1409-yil Shohrux Mirzo Ulug’bekni Movarounnahr va
Turkiston hokimi qilib tayiladi
1410-yil 20-aprel Shayx Nuriddin boshliq isyonchilar
bilan Mirzo Ulug’bek o’rtasida Samarqand yaqinidagi
Qizilravot mavzeyida jang bo’lib o’tdi.
1412-yil Movarounnahr va Turkistonni to’liq boshqarish
18 yoshli Mirzo Ulug’bek qo’liga o’tdi
1413-yil Shoxrux tomonidn Xorazm Oltin O’rda xonlari
tasarufidan qaytarib oldi
1414-yil Ulug’bek Farg’ona va Qoshg’arni egalladi
1417-yil Ulug’bek farmoni bilan Buxoroda madrasa qad
ko’tardi
1420-yil Ulug’bek farmoni bilan Samarqandda madrasa
qad ko’tardi
1424-1429-yillar Ulug’bek Obirahmat anhori bo’yida
rasadxona qurdirdi
1425-yil erta bahori Ulug’bek mo’g’ullar ustiga yurishi
va Issiqko’l yaqinida mo’g’ullar ustidan g’alabasi. (Shu
g’alabani Ulug’bek Ilono’tdi darasida “zafarnoma”tarzida
yozib qoldirdi. Bu hijriy 828-yilga to’g’ri keldi)
1428-yil Ulug`bek tomonidan mayda mis chaqa
tangalar-,,fuluslar” islohoti amalga oshirildi.
1429-yil Hirotda Boysung`ur tomonidan Abulqosim
Firdavsiyning,,Shohnoma” si ko`chirildi va 20 ta turli
mazmundagi miniaturalar bilan bezaldi
1432-1520-yillar Xattot Sultonali Mahshadiy yashagan
yillar. 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina qit’alar hozirgi
vaqtgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |