XII–XIII asrlarda - Vengriya, Boltiqbo‘yi, Rus yerlarida
yangi shaharlar vujudga kela boshlagan;
XII asr oxirida - papa Innokentiy III yangi salib
yurishlarini tashkil etishga kirishadi;
XIII asrning boshlarida - Boltiqbo‘yida
yashovchi est va lit qabilalariga qarshi nemis feodallari
urush olib boradi;
XIII asrda - Venetsiyalik savdogarlar – Pololar
oilasi vakillari mo‘g‘ullar xonining Osiyoning ichkarisidagi
qarorgohiga yetib boradi;
XIII asr - Dehlida Qutb minorasi qurildi;
XIII asr - Oksford universiteti professori Rojer Bekon
yashagan davr;
XIII asrning 20–30-yillarida - turkiy qabilalarning
mahalliy aholi bilan aralashishi yangi etnos – turk
xalqining shakllanishi kuchayadi;
XIII asr - Mali o`z taraqqiyotining cho`qqisiga yetdi;
XIII asrning 1-yarmi - Gotika uslubi yuksak darajada
rivojlandi;
XIII asrning oxiridan - Salib yurishlari to‘xtatilishining
asosiy sababi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan
o‘zgarishlar bo‘ladi;
XIII–XV asrlarda - Yevropaning deyarli barcha
mamlakatlari o‘z universitetlariga ega bo‘lishadi;
XIII-XV asrlar - Germaiyani janubiy va g`arbiy
qismidagi shaharlar ham yuksaldi;
XIII–XV asrlarda - G‘arbiy Yevropada: Ispaniya, Italiya,
Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo
mamlakatlari bilan bog‘lash uchun Levant,
shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek,
Novgorod shaharlarini o‘zaro bog‘lash uchun Shimoliy savdo
yo‘llari xizmat qilgan;
XIV asr - Oltin O`rda 4 ta ulusga bo`linib ketdi;
XIV asr - qog`ozdan keng foydalanish kitob ishlab
chiqarishni yanada ko`paytirdi;
XIV asr - Vladimir-Suzdal knyazligi va Moskva shahri Rus
yerlarining birlashuviga asos bo‘ladi;
XIV asrda - Fransiyada toifaviy monarxiya, ya’ni toifa
vakillari yig‘iniga tayanadigan, markazlashgan davlat
shakllana boshladi ;
Do'stlaringiz bilan baham: |