V asrning oxirida - Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni
qabul qiladi;
V-VI asrlar - Hindistonda guptalar davriga oid temir
ustun saqlanib qolgan;
V-XV asrlar - Yevropada O`rta asrlar davri
VI asrning boshlarida - Amvrosiy Avrelian brittlarni
birlashtiradi;
VI asr - vaqt o‘tishi bilan Artur siymosi atrofida aloqasi
bo‘lmagan ko‘plab tarixiy afsonalar to‘planadi;
VI asrdanoq - Xitoyda shaharlar birmuncha yuksaladi.
VI asr - Vizantiyalik tarixchilar tomonidan slavyanlar
atamasini qo`llanila boshlandi;
VI asr oxiridan boshlab - feodallar yerlarida qullar,
kolonlardan tashqari o‘z erkinligini yo‘qotgan franklar ham
ishlaganlar;
VI asrda – arablarda aholi soni ko‘payib, qabilalar orasida
suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchaygan;
VI asr oxiridan – franklarning chek yerlari dehqon
oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo‘lgan mulki –
allodga aylanadi;
VI asrda - Hindistonga eftaliylar bostirib kirgan;
VI asrda - Vizantiyani Konstantinopol, Aleksandriya,
Antioxiya, Edessa shaharlari yirik savdo va
hunarmandchilik markazlari sifatida gullab-yashnagan;
VI asrning o‘rtalarida – Vizantiyaga slavyan qabilalari
kelib o‘rnasha boshladi;
VI asrning ikkinchi yarmida - Turk xoqonligining
hujumi xavfi Xitoyning birlashuviga turtki bo‘lgan;
VI–VII asrlar - slavyanlar g‘arbda Elba daryosidan,
sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq
dengizidan, janubda Dunay daryosiga qadar cho‘zilgan
hududlarda yashaganlar;
VII asr - Arab savdogarlari G‘arbiy Sudan yerlariga O‘rta
dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi tuz va
boshqa mollarni keltirganlar;
VII asr - Grek olovi kashf etildi;
VII asrning boshlarida – arablarda urug‘chilik
tuzumining inqirozini tezlashgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |