IX asr boshlari - Bolgariya yirik davlatga aylanadi;
IX asr o‘rtalarida - Rohib olimlar – Kirill va Mefodiy
–yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratib, g‘arbiy
slavyanlar orasida xristianlikni keng targ‘ib etishgan;
IX asr - Ziriyab yashagan davr;
IX asrda - Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson
xalifalikdan mustaqillikka erishadi;
IX asr boshlarida - xalifa Horun ar-Rashid saroyida
«Bayt ul-hikma» – «Donishmandlik uyi» tashkil etiladi;
IX asr - Konstantinopolda Magnavr oliy maktabi
ochildi;
IX asr - Vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy matematika
tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos
soladi;
IX asrning birinchi yarmida - Parxe qirolligi qudratli
davlatga aylangan;
IX–X asrlar - dastlab Italiya va Fransiyaning janubidagi:
Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluzalar
yuksala boshlagan;
IX–XI asrlar – Vizantiyada feodallar hokimiyatining
kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashishi yer
egaligi munosabatlarining uzil-kesil o’rnatilishiga olib
keladi;
IX–XIII asrlar - Xitoyda o‘rta asr shaharlarining vujudga
kelishi va rivojlanishi;
X asrda - Xalifalikdan ajrab chiqqan birinchi mustaqil
amirlik Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oladi;
X asr - Gana o`z taraqqiyotining yuqori bosqichiga
yetdi;
X asr - musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilina
boshlaydi;
X asr - Germaniya aholisi imperatorga qaraganda o`z
gersoglarining gapiga ko`proq quloq solar edi.
X asrda - Xitoyliklar selitradan porox olishni kashf
qilishgan. Dastlab mushakbozlikda ishlatilgan poroxdan
keyinchalik harbiy maqsadlarda foydalana boshlangan.
X-XI asrlar - o`rtasida xoch gumbazli ibodatxonalar
barpo qolindi;
X–XI asrlarda – Fransiyaning shimolida, Niderlandiya,
Angliya va Germaniya yerlarida yangi shaharlar vujudga
kela boshlagan;
Do'stlaringiz bilan baham: |