Tarix 12-ma’ruza


Download 26.98 Kb.
bet4/6
Sana05.01.2022
Hajmi26.98 Kb.
#215916
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarix 12- ma'ruza

Ipak yo’li” xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O’zbekistonning mavqeyini yanada ko’tardi.

O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995– yil 15–16– sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkent kengash–seminari bo’lib o’tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masa–lalari yuzasidan o’z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi.

O’zbekiston BMT ning 50 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995– yil oktabr–noyabr oylarida bo’lgan 50– yubiley sessiyasida qatnashib va nutq so’zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta'minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta'minlash mumkinligi alohida ta'kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, qurol savdosini cheklash to’g’risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog’liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish takliflari ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma'qulladilar va muammolarni hal qilishga ko’maklashmoqdalar.

O’zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o’z ifodasini topdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48– sessiyasi minbaridan turib so’zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g’oyasini ilgari surgan edi. O’zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo’llab–quvvatlandi.

1997–yil 15–16–sentabr kunlari Toshkentda “


Download 26.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling