Tarix-7 2017.(Uzb). indd


Download 3.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/127
Sana06.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1693258
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Bog'liq
7-sinf-Jahon-Tarixi

16-rasm. Vikinglarning 
irland monastiriga hujumi


25
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
qurollantirishi majburiy etib qo‘yiladi. Natijada tinimsiz 
urushlar davrida qishloqning ko‘pchilik aholisi o‘z ishidan 
ajratilmagan. Yangi qoidaga binoan, besh kishi oltinchisini 
dubulg‘a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlab, vikingdan 
kam qurollantirmagan. Qolaversa, ushbu ol 
tinchi kishi do-
imo mashq qili 
shi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning 
uchun qolgan beshta qo‘shnisining ishlashi oilasi haqida 
o‘ylamasligi uchun ham imkon beradi. Shu tariqa son 
jihatidan qisqargan Alferd qo‘shini sifati bo‘yicha avvalgi-
ga nisbatan sezilarli kuchayadi. Yangi qo‘shinning paydo 
bo‘lishi bilan jamiyatda ham muhim o‘zgarishlar bo‘ladi. 
Jamiyatda professional ziroat 
chilardan tashqari jangchilar 
toifasi vujudga keladi.
Alfred daniyaliklar qal’alarni qamal qilishni uncha-
lik xush ko‘rmasligini anglab, o‘z mulklari chegaralarida 
ko‘plab qal’alar – burglar barpo ettiradi. Qirol kema 
yasay 
digan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmay-
digan kemalarni yasattiradi.
Qirol Alfred faqat qo‘shin bilan shug‘ullanmagan. 
U o‘z davrining ma’lumotli kishisi bo‘lgan. Uesseksda 
esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan 
odam 
lar deyarli qolmagan edi.
U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tari-
xiga oid ma’lumotlar to‘plashni buyuradi. Buyuk Alfred 
davrida «Anglosakson solnomasi» tuzilib, unda yilma-yil 
muhim voqealar qayd etila boshlanadi.
Denloning qaytarilishi. Qirol Alfredning o‘limi 
dan so‘ng 
uning vorislari Denloga hujum boshlaydi. Yangi qo‘shin 
muvaffaqiyatli harakat qilib, X asrning so‘nggi choragiga 
kelganda Angliya qirolligi (bu paytda avvalgi Britaniya 
nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzil-kesil surib 
chiqarilgan) Daniya qonunlari viloyatini qo‘shib oladi. Bu 
davrga kelib, Denloga o‘rnashgan daniyaliklar mahalliy 
aholi bilan ancha yaqinlashib, aralasha boshlagan edi.
Keyinchalik Angliyada yana ichki nizolar boshlanib
davlat zaiflashadi. Ayni paytda, Daniya tez yuksala bosh-
laydi. Daniya qirolligi Angliyaga hujum qilgan daniyalik 
vikinglarga nisbatan xavfliroq edi. Angliya qirolligi ichki 


26
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
nizolardan batamom holsizlangandi. Daniya qiroli XI asr 
boshida ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushiradi. Urush 
uzoq cho‘zilmaydi, faqat London shahri dani 
ya 
liklarga 
ma’lum vaqt qarshilik ko‘rsatib turadi.
1. Britaniyaga qaysi german qabilalari kelib o‘rna-
shadi?
2. Amvrosiy Avrelian haqida nimalarni bilib 
oldingiz?
3. German qabilalari istilolari qanday oqibatlarga 
olib keldi?
4. Siz qirol Alfred faoliyatiga qanday baho bera-
siz?

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling