Tarix-7 2017.(Uzb). indd


German imperatorlari va cherkov


Download 3.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/127
Sana06.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1693258
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
Bog'liq
7-sinf-Jahon-Tarixi

German imperatorlari va cherkov. Yirik mamlakatni 
boshqarish uchun joylarda qirolning buyruqlarini baja-
radigan amaldorlar bo‘lishi lozim edi. Ilk o‘rta asrlarda 
esa faqat taraqqiy etgan va boy jamiyatgina minglab 
amaldorlarni ta’minlashi mumkin bo‘lgan. X asrda Ger-
maniya aholisi imperatorga nisbatan o‘z gersoglarining 
gapiga ko‘proq quloq solgan. Bunday vaziyatda Otton I va 
uning vorislari o‘ziga xos usul qo‘llaganlar. Ular cherkov 
tashkilotlaridan o‘z maq 
sadlarida foydalanishgan. Tarixdan 
ma’lumki, frank qirollari davridayoq yepiskoplar ularning 
ishonchli xizmatchisi hisoblangan. Otton I bu borada 
yanada ilgarilab ketadi. U Germaniyadagi yepiskop va 
abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq 
va imtiyozlar beradi. Natijada cher 
kov zodagonlari o‘z 
imkoniyatlari, hokimyatlari bo‘yicha gersog va graflardan 
kam bo‘lmagan. Ular har qanday kishini hukmdor iro-


29
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
dasiga bo‘y 
sundirishga qodir edilar. 
Imperatorning o‘zi esa kerakli odam-
ni cherkov lavozimiga tayinlagan, 
zarur bo‘lsa yepiskoplarni va hatto
Rim papalarini hech qiyinchiliksiz 
almashtirgan. Xususan, Otton I Rim-
da ko‘plab yepiskoplar ishtirokida 
o‘zi yoqtirmagan papalardan birining 
ustidan sud jarayonini uyushtirib, 
uni tahqirli holatda vazifasidan chet-
latgan. Uning vorisi Otton III esa 
o‘zining ustozi Gerbertning Silvestr 
III (999–1003) nomi bilan Rim pa-
paligiga saylanishiga erishgan.
1. Germaniya davlati qay tariqa tashkil topdi? 
2. Yozuvsiz xaritaga Otton I davlatining hudud-
larini tu shiring.
3. Otton I ning vengerlar bilan olib borgan ku-
rashi qan 
day yakunlandi?
4. Darslikdagi 17, 18, 19-rasmlarni qanday maz-
mun birlashtiradi?

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling