Tarix-7 2017.(Uzb). indd


Download 3.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/127
Sana06.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1693258
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127
Bog'liq
7-sinf-Jahon-Tarixi

Vizantiyaning oltin asri. Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati 
cho‘qqisiga Yustinian I imperatorligi davri (527–565)da 
erishadi. U kambag‘al deh 
qon oilasida tug‘ilgan. Amakisi 
Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, 
impera 
torlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga ya-
qinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratadi. 
Amaki 
sining vafotidan so‘ng Yustinian taxtga o‘tiradi.
22-rasm. Imperator
Yustinian


32
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
Yangi imperator mamlakat hayotini islohotlar orqa-
li ancha yangi 
laydi, xalqaro savdoni jonlantirib, davlat 
xazinasini to‘ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham 
ta’minlaydi. Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat’iyat 
bilan bir qatorda siyosatdonlarga xos ikki 
yuzlamachilik, 
mug‘ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan.
Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham o‘z 
davrida mashhur bo‘lgan. Yoshligida Feodora aktrisa 
bo‘lgan. U davrda aktyorlik e’zozli kasb hisoblanma-
sa-da, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo‘lgan Yustinian I 
jamoat 
chilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylangan 
(Feodora aqli, shuhratparastligi, qo‘rqmasligi bilan ajralib 
turgan).
Yustinian yurishlari. Yustinian I 
ning maqsadi Rim imperiyasi 
ning 
avvalgi hududlarini tiklash edi. U 
534-yilda sarkarda Velisariyni Shi-
moliy Afrikada joylashib davlat 
tuzgan va O‘rta dengizda savdo ke-
malarini talash bilan shug‘ullangan 
vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi 
qurollangan vizantiyaliklar qo‘shini 
vandallar qi rol ligini bo‘ysundirib, 
Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylantiradilar.
Shundan so‘ng Velisariy Italiyaga yo‘l oladi. Vizantiya-
liklar Sitsi 
liya orolini qiyin 
chiliksiz qo‘lga kiritadilar. Lekin 
Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uch 
raydi. 
Velisariyga qarshi kurashda ostgotlar qochoq qullarga 
ozodlik berib, ulardan foy 
da 
lanishgan. Vizantiyaliklar esa 
aksincha, qulchilikni tiklashgan, har qanday aybi uchun 
qulni qattiq jazolashgan. Shunga qa 
ramasdan, vizanti-
yaliklar Italiya 
ning katta qismini bo‘y 
sundirib, poytaxti 
Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi.
Italiyadagi urush so‘ngida Yustinian I Ispaniyaga ham 
qo‘shin yu 
bo 
radi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar 
edi. Vestgotlar qo‘shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizanti-
ya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo‘g‘ozi ustidan 
nazorat o‘rnatadi.
23-rasm. Vizantiya 
qo‘shini


33
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling