Tarix-7 2017.(Uzb). indd
Download 3.8 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf-Jahon-Tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yustinian yurishlari.
Vizantiyaning oltin asri. Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati
cho‘qqisiga Yustinian I imperatorligi davri (527–565)da erishadi. U kambag‘al deh qon oilasida tug‘ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, impera torlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga ya- qinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratadi. Amaki sining vafotidan so‘ng Yustinian taxtga o‘tiradi. 22-rasm. Imperator Yustinian 32 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI Yangi imperator mamlakat hayotini islohotlar orqa- li ancha yangi laydi, xalqaro savdoni jonlantirib, davlat xazinasini to‘ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi. Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat’iyat bilan bir qatorda siyosatdonlarga xos ikki yuzlamachilik, mug‘ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan. Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham o‘z davrida mashhur bo‘lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo‘lgan. U davrda aktyorlik e’zozli kasb hisoblanma- sa-da, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo‘lgan Yustinian I jamoat chilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylangan (Feodora aqli, shuhratparastligi, qo‘rqmasligi bilan ajralib turgan). Yustinian yurishlari. Yustinian I ning maqsadi Rim imperiyasi ning avvalgi hududlarini tiklash edi. U 534-yilda sarkarda Velisariyni Shi- moliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O‘rta dengizda savdo ke- malarini talash bilan shug‘ullangan vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo‘shini vandallar qi rol ligini bo‘ysundirib, Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylantiradilar. Shundan so‘ng Velisariy Italiyaga yo‘l oladi. Vizantiya- liklar Sitsi liya orolini qiyin chiliksiz qo‘lga kiritadilar. Lekin Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uch raydi. Velisariyga qarshi kurashda ostgotlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foy da lanishgan. Vizantiyaliklar esa aksincha, qulchilikni tiklashgan, har qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan. Shunga qa ramasdan, vizanti- yaliklar Italiya ning katta qismini bo‘y sundirib, poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi. Italiyadagi urush so‘ngida Yustinian I Ispaniyaga ham qo‘shin yu bo radi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar edi. Vestgotlar qo‘shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizanti- ya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatadi. 23-rasm. Vizantiya qo‘shini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling