Tarix 9-sinf 1-bilet qadimgi Misr va Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalarini taqqoslang
Download 306.82 Kb. Pdf ko'rish
|
9 sinf Tarix imtihon-javoblari-2022-bilimlaruz
6-BILET
1. Qadimgi Mesopatamiya hamda yunon sivilizatsiyalarini taqqoslang. Mesopotamiya (yun. μέσος (mezos) - "orasi", "oʻrtasi" va ποταμός (potamos) - "daryo", yaʼni "ikki daryo oraligʻi") Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa boʻlib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya va gʻarbiy Eron hududlariga mos keladi. Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi) — Dajla va Furot daryolarining oʻrta va quyi oqimidagi hudud (Gʻarbiy Osiyoda). Qad. Sharqning madaniy markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 4—3ming yillikda M. hududida ilk davlatlar (Ur, Uruk, Lagash va boshqalar) vujudga kelgan.[1] Mesopotamiya baʼzan "tamaddun beshigi" deb ataladi, bunga sabab bu mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari boʻlganligidir. Temir asrida Mesopotamiya Yangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari, keyinchalmk Axamoniylar hukmronligi ostida boʻldi. VII asr Islom istilosigacha Sosoniylar tomonidan boshqarilgan bu hudud istilodan soʻng Iroq degan nom bilan ataladigan boʻldi. 2. Amir Nasrulloxon haqida ma‟lumot bering. Nasrullaxon (1806.1.6 - Buxoro 1860.21.9) — Buxoro amiri (1826 — 1860), mangʻitlarlan. Amir Haydarning oʻgʻli. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan soʻng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797— 1826) va amir Umar (1826 yil v.e.)ni oradan koʻtarib, Buxoro taxtiga oʻtiradi (1826). Nasrullaxon oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar oʻtkazib, oʻz qoʻshinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40000 kishidan ortiq boʻlgan.Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlandi.Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan. 3. “Shovinizm” atamasiga izoh bering. Shovinizm – bir irqning boshqalardan ustunligini da‘vo qiluvchi, millatlar o‗rtasida nizo urug‗ini sochuvchi o‗ta o‗ng, ashaddiy millatchilik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling