Tarix 9-sinf 1-bilet


Download 83.69 Kb.
bet21/31
Sana17.10.2023
Hajmi83.69 Kb.
#1705476
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
9-sinf Tarix imtixon javoblari

20-BILET
1. Qadimgi Xorazm va Kushon podsholigini o‘zaro taqqoslang.
2. Yustinian I haqida ma’lumot bering.
3. “Delegat” atamasiga izoh bering.

1. III asr o’rtalarida Xorazm davlatini Afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qiladi.
Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy Afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. Milodiy III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o’rnida bo’lgan.
Milodiy 305-yilda xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko’chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qasri ichida shoh o’ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig’iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo’lib oladilar.
Miloddan avvalgi 140–130-yillarda ko`chmanchi yuejey qabilasi Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kirdilar. Tarixda bu qabilalar «kushonlar» nomi bilan tilga olinadi. Yuejeylarning Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi uning uzil-kesil bo`linib ketishiga olib keldi. Kushonlar Shimoliy Baqtriya yerlariga ko`chib kelib o`rnashdilar.
Miloddan avvalgi I asrda Kushon davlatini yuejey qabilalari tuzgan.
Birlashgan besh yuejey qabilasining birinchi hukmdori Kudzula Kadfiz bo`ldi.
Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg`oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo`shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi. Podsho Kanishka hukmronligi zamonida poytaxt Baqtriyadan Peshovarga ko`chiriladi, Kushon davlati esa ulkan saltanatga aylanadi. Uning hududi Hindiston va Xo`tandan O`zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg`onistongacha bo`lgan hududlarni qamragan edi. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan saltanatlardan biriga aylangan. Milodiy III asrda to`xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati zavolga yuz tutdi.
2. Imperator Yustinian I hukmronligi davri Vizantiyada (527—565)da ma’muriy va huquqiy islohotlar o’tkazildi, markaziy davlat mustahkamlandi, kuchli armiya vujudga keltirildi. Bu esa Yustinianga 533—534 yillarda Shim.Afrikadagi vandallar davlatini, 555-yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, Jan.-Sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini berdi. 6-asrning so’nggi o’n yilligi va 7-asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar ro’y berdi. Armiyada g’alayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qo’shildi.6-asr oxiri —7-asr boshlarida Vizantiya hududining anchagina qismini slavyanlar ishg’ol etdi.7-asrning 70-yillarida Vizantiya ning shim.g’arbiy chegarasida qad.Bulg’orlar davlati — Bulg'oriston barpo bo’ldi. 636642 yillarda arablard Vizantiya an Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamia va Misrni, 693— 698 yillarda Shim. Afrikadagi yerlarni tortib oldi.
3. “Delegat” atamasining ma’nosi “yuborgan”




Download 83.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling