Umumiy 120 daqiqa (2-soat)
Umumiy 10 ta savol:
2 ta ochiq test (A, B, S, D)- har bir savol uchun 5 daqiqadan - 10 daqiqa
7 ta yopiq test (qisqa javobli, jadvalli yoki xaritali shakllarda) - har bir savol uchun 5
daqiqadan – 35 daqiqa
1 ta mulohaza uchun savol (og‘zaki- izoh: o‘quvchi savolga tayyorlanish uchun
berilgan 10 daqiqada oq qog‘ozga tezis tarzida yozib olishi tavsiya etiladi)- tayyorlanish
uchun 10 daqiqa va har bir o‘quvchi javob berishi uchun 3-4 daqiqadan vaqt ajratiladi.
Umumiy 75 daqiqa.
11-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDAN YAKUNIY IMTIHON SAVOLLARI
1.1. Yosh Buxoroliklar o‘z faoliyatlarini 1910-yildan boshlagan bo‘lib, bu siyosiy
harakatning tashkil etilishiga yosh turklarning qaysi partiyasi katta ta’sir ko‘rsatgan edi?
(B-7 ball)
A) “Ittihodi Muhammadi”;
B) “Birlik va taraqqiyot”;
C) “Ibrat”;
D) “Ittihod va taraqqiy”.
1.2. 1920-yil Qizil armiya tomonidan Buxoro shahri egallandi. Oktabr oyida Butun
Buxoro xalq vakillarining birinchi qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR)
tuzilganligi e’lon qilindi. BXSR ning dastlabki hukumati tashkil etildi. Unga ko‘ra
quyidagi lavozimlarni kimlar egallaganini moslashtiring:? (B-7 ball)
1. Tashqi ishlar vaziri
2. Maorif vaziri
3. Adliya vaziri 4. Ichki ishlar vaziri
a) Qori Yo‘ldosh Po‘latov
b) Muxtorjon Saidjonov
c) Mukammal Burxonov
d) Fayzulla Xo‘jayev
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c;
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d;
C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b;
D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a.
1.3. Turkiston Muxtoriyati qaysi shaharda tuzilgan? (B-7 ball)
A) Toshkent;
B) Qo‘qon;
C) Samarqand;
D) Buxoro.
1.4. Quyidagi fikr qaysi allomaga tegishli? “Tarix millatlarning o‘tmishini,
taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir”. (B-7 ball)
Do'stlaringiz bilan baham: |