Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
Karfagen davlati. Karfagen - Rim munosabatlari
Download 1.03 Mb.
|
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
1. Karfagen davlati. Karfagen - Rim munosabatlari. Miloddan avvalgi III asr o'rtalariga kelganda O'rta yer dengizi g'arbida ko'pdan beri hukmronlik qilib kelgan Karfagen davlati va endigina tashkil topgan Rim quldorlik konfederatsiyasi bu yerning eng kuchli davlatlari bo'lgan. Ikkalasi ham agressiv tashqi siyosat olib borgan. Ularning har biri O'rta yer dengizi g'arbida gegemon bo'lishga intilgan. Ularning quldorlik iqtisodi shuni taqazo etgan. Bu ikki davlat o'rtasidagi ziddiyat Puni urushlariga olib kelgan. (Karfagenliklarni rimliklar puniliklar deb ataganlar).
Miloddan avvalgi IX asrda finikiyaliklar asos solgan Karfagen yoki Kar- Xadoshi (yangi shahar) miloddan avvalgi V asrga kelganda keng bir davlat markaziga aylangan. Bu davlat Shimoliy Afrika sohillining bir qismini (Tunis qo'ltig'ining qirg'og'ini), Sitsiliyaning g'arbiy qismini, Malta, Sardiniya, Korsika, Pitis, Balvar orollarini o'z ichiga olgan. Karfagen juda katta va o'ziga xos bir shahar bo'lib, g'oyat qulay joylashgan. U Afrikaning shimoliy- g'arbiy sohilidagi kichikroq yarim orolda qurilgan. Uning bunday joylashishi Karfagenliklarga asosiy dengiz yo'lini nazorat qilish imkonini bergan. Materikada uch qayta kuchli mudofaa inshoatlari bilan himoya qilingan shahar istehkomi dengizdan xiyla ichkida bo'lgan yarim orolda bo'lgan. Shahar aholisi yashaydigan mahallalar, bozor, do'konlar, hunarmandchilik ishxonalari istehkom devorlari ichida bo'lgan. Tashqi (savdo) va ichki (harbiy) ikkita gavani bo'lgan port Karfagenning faxri hisoblangan. Rim konfederatsiyasiga xos xususiyat Karfagen davlatiga ham xos bo'lgan. Bu davlat tarkibiga kirgan shahar, oblastlar va qabilalarning iqtisodiy va huquqiy ahvollari xilma- xil bo'lgan. Ba'zi shaharlar Karfagen bilan teng huquqli bo'lgan. Boshqa yerlar mustamlaka holatda bo'lib, teng huquqli shaharlar bilan qo'zg'olonlarni birgalikda bostirganlar. Eng muhim savdo yo'llarini o'z qo'lida ushlab turish uchun o'z mustamlakalarini strategik va geografik qulay joylarga o'rnashtirgan. Quldorlik, qullar, tovarlar va xom-ashyo bilan vositachilik savdosini olib borish Karfagen iqtisodiy faravonligi uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan. Karfagen butun O'rta yer dengizi havzasida savdo olib borgan, hatto Britaniya qirg'oqlarigacha borgan54. Karfagenning o'zi hunarmandchilik markazi bo'lgan. Karfagen davlati iqtisodida qishloq xo'jaligi g'oyat katta o'rin tutgan. Bagrad daryosi vodiysidagi unumdor yerlar Karfagen boylarining mulklari bo'lgan. Bu yerda asosan uzum yetishtirilgan. Davlatning taqdiri quldorlar, katta yer egalari, savdo boyonlari, katta- katta hunarmandchilik ustaxonalarining egalari qo'lida bo'lgan. Ularning iqtisodiy va siyosiy ustunligi quldor oq suyaklar respublikasini o'rnatishga olib kelgan. Demokratik kuchlar zaif bo'lgan. Karfagen respublikasida halq majlisi bo'lgan, lekin uning roli past bo'lgan. «Uch yuzlar kengashi» oliy davlat organi bo'lib, undan joriy ishlarni bajarish uchun «o'ttizlar kengashi» va «to'rt yuzlar kollegiyasi» ajratilgan, bu kollegiya sud va nazorat organi bo'lgan. Ijrochi hokimiyat tepasi ikkita oliy magistr Suffetlar turgan. Suffetlar faqat bir yilga saylangan, birortasining diktatura o'rnatishga imkon bo'lmagan. Armiya va flot oligarxik respublikaning tag'nchi bo'lgan. Qo'shinning ko'p qismini g'oyat yaxshi ta'lim ko'rgan va yaxshi qurollangan yollanma otryadlar tashkil etgan. Rimga nisbatan xiyla boy bo'lgan Karfagen davlati mil. avv. III asr o'rtalarida ichki kelishmovchiliklar tufayli ancha kuchsizlashib qolgan edi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling