Tarix fakulteti «sharq mamlakatlari va mintaqalararo» xotamnazarov begzod abdukarim o’G’LI


Hadislar – Qur’ondan keyingi mо‘tabar manba


Download 57.12 Kb.
bet7/8
Sana04.04.2023
Hajmi57.12 Kb.
#1325067
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2,2 Xotmnazarov Begzod

Hadislar – Qur’ondan keyingi mо‘tabar manba. Hadis – Muhammad payg‘ambarning aytgan sо‘zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (kо‘rib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni о‘zida mujassam qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» sо‘zining lug‘aviy ma’nosi – «sо‘z, xabar, hikoya; yangi». Hadislar islom dini ta’limoti va qonunlari uchun, ba’zi mazhablar nazdida, Qur’ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – isnoddan iborat.
Hadislar о‘zidagi ma’lumot xarakteriga qarab, xilma-xildir:
- al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda ma’no – Allohdan, lafz – Payg‘ambardan deb hisoblanadi);
- al-hadis an-nabaviy (bunda ma’no ham, lafz ham Payg‘ambarniki deb hisoblanadi) va boshqalar.
Hadislar ilk davrda faqat og‘zaki ravishda avloddan-avlodga uzatilar edi. Yozma ravishda hadislarni tо‘plamaslik haqidagi Payg‘ambar va xalifalarning kо‘rsatmalari, asosan, ilk islom davriga taalluqli edi. Keyingi davrda paydo bо‘lgan muhaddislarning fikricha, Payg‘ambar о‘z sо‘zlarini yozib olishdan odamlarni qaytarishlariga sabab – hadislarning Qur’on oyatlariga aralashtirib yubormaslik lozim edi. Boshqa hadisda esa Payg‘ambar (bu ahl al-hadis muhitiga tegishli bо‘lsa kerak): «Bu og‘izdan – deya о‘z og‘izlariga ishora qildilar – faqatgina haq sо‘z chiqadi» – deb, о‘z sо‘zlarini yozib olishga buyurganliklari haqida rivoyat qilingan.
Hadislarni tanqidiy о‘rganish bо‘yicha tez orada olti tо‘plamda uchragan bir qator maxsus terminlar guruhi vujudga keldi. Imom at-Termiziy bu sohada salmoqli ishni amalga oshirdi. U faqatgina hadislarni tо‘plash bilangina cheklanib qolmasdan, ularning tahliliga ham alohida bо‘lim ajratdi. Imom at-Termiziy birinchilardan bо‘lib hadislarni sahih, hasan va zaif guruhlarga ajratgan olimdir. Vaqt о‘tishi bilan hadis ilmidagi terminlar taraqqiy etib bordi va bu sohada umumiy qabul qilingan shaklga keldi.
Hadislar sahih (ishonarli), hasan (yaxshi), zaif (ishonchsiz), saqim (kasal) va boshqa turlarga ajratildi.
Masalan, sunniylikda sahih hadislar darajalari bо‘yicha etti xilga bо‘lindi:
1) Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;
2) faqat Imom Buxoriy keltirgan;
3) faqat Imom Muslim keltirgan;
4) ikkala muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bо‘yicha rivoyat qilingan;
5) Imom Buxoriy shartlari bо‘yicha rivoyat qilingan;
6) Imom Muslim shartlari bо‘yicha rivoyat qilingan;
7) boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar. Hadis kо‘pincha sunna sо‘zi bilan ham yonma-yon keladi. Sunna sо‘zining lug‘aviy ma’nosi – «odat», «tariqa», «yо‘l» bо‘lib, istilohda Payg‘ambar odatlari, tutgan yо‘li, taqrir (kо‘rib qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu istiloh Payg‘ambar turmush tarzini anglatadi.
Islom falsafasi musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’onda bayon etilgan. Qur’on 114 sura, suralar 6226ta oyatlardan iboratdir9. Islom falsafasi markazida Yagona Alloh haqidagi g‘oya yotadi. Qur’onda Alloh olam va undagi mavjudotlarni 6 kun mobaynida yaratganligi haqida aytiladi.
A’rof surasi. “54. Darhaqiqat, rabbingiz osmonlaru erni olti kunda yaratgan, sо‘ngra Arsh uzra “mustaviy” bо‘lgan, kunga tunni qoplaydigan-uni (ya’ni kunni tun) shitob bilan quvadi-quyosh, oy, yulduzlarni О‘z amriga musaxxar (mute) qilib qо‘ygan Allohdir. Ogoh bо‘lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir.”10
Osmon etti qavatdan iborat bо‘lib, xudoning taxti arshi a’loda etmish ming parda bilan о‘ralgan. Alloh jannat va dо‘zah ham yaratgan deyiladi.
Qur’on yakka xudolikni targ‘ib etadi. Islom ta’limoti bо‘yicha, inson Xudo tomonidan yaratilgan va uning bandasidir. Alloh uni tuproqdan yaratgan. Odam Atoning qobirg‘asidan esa Momo Havoni yaratgan.
Odam shaytonning izmiga kirib, ahdga shak keltirgan. Va oqibatdan jannatdan quvilgan.
Alloh jinlarni ham, farishtalarni ham yaratgan, xudoga yaqin bо‘lgan farishtalar Jabroil, Mekoil, Isrofil va Azroildir.
Farishtalar Alloh amriga binoan inson oldida bosh egadilar ammo ulardan biri Iblis bundan bosh tortadi. Shunda Alloh Iblisga la’natlar yog‘dirib, uni erga yuboradi. Shuning uchun shayton Iblis odamlarni Alloh yо‘lidan ozdirishga urinadi.
Islomda najot yо‘li Xudoga ishonch-imon yо‘li sifatida belgilab berilgan.
Islomda najot yо‘li bilish, ilmdan iboratdir. Tо‘la va tugal ilm faqat Allohga tegishlidir. Islom xaqiqatni izlashni ta’qiqlamaydi. Oyatlarning xaqiqiy ma’nosini tushunish uchun uning ustida chuqur о‘ylash kerak.

Islom madaniyatining nazariy asoslarini islom dinining muqaddas kitobi Qur’on hamda hadislar tashkil etadi. Islom falsafasi markazida Allohning yagonaligi haqidagi ta’limot yotadi. Qur’on yakkaxudolikni targ‘ib etadi. Qur’onning eng asosiy ta’limotlaridan biri – Allohning о‘zigagina ibodat qilishdir.


Baqara surasi, 255-oyatda “Alloh – undan о‘zga iloh yо‘qdir. (U) hamisha barhayot va abadiy Turuvchidir”,1 - deyilgan. Shuningdek, Islom Allohga bir surat yoki haykal vositasida sig‘inishni rad etadi
Baqara surasi. “115. Mashriq ham, Mag‘rib ham Allohnikidir. Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz, о‘sha tomonda Allohning “yuzi” mavjuddir.” 11
Islom ta’limotining asoslari. Islom dinining ta’limoti uning muqaddas kitobi Qur’oni karimda bayon etilgan.
Islom dini 5 «asos» yoki «ustun»ga ega:
1) kalima keltirish;
2) namoz о‘qish;
3) rо‘za tutish;
4) zakot berish;
5) imkoniyat topilsa haj qilish.
Islom dinidan bua amallarlarning ichida ham farzlar bor bu farzlar asosiy ustunlarning ichki ustunlari bo’ladi. Farzlarni bajarish Allohni buyruqlari bo’lib uning bandalari bu buyruqni muhokama qilish uni o’zgartirish va boshqa amallar qilib uni o’zgartirishga xaqi yo’q ojiz kimsalardir.
XULOSA
Islom dini bu shunchaki murakkab mavzuki uni yaxlit qilib gapirish yoki uni boshqaga gapirib berish yokida fatvo berish juda murakkab narsa. Din haqida gapirish hammaga ham emas. Chunki bir so’z xato qilsa ham har narsa o’zgarib ketishi mumkin.
لا أذري. نِصْفُ الْعِلْمِ.
Tarjimasi; Bilmayman deyishlik ilmning yarmidir.12
Islom rivojlanish davrlari Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vassallamning davri eng rivojlanish davri deya olsak undan keying davrlar ular qancha yoyilgan musulmonlar kengaygan bo’lsada avvalgi davr boshqacha edi. Ul davr haqida bizni umrimiz yetmaydi sababki u din gapirish avvalo payg’ambarimiz alayhissalom bilan bog’liqligi tufayli ul sarvari koinot gapirish ham oson emas. Dinimiz tarixini o’rgansak eng yaxshisi ishlarimiz bo’lgan bo’ladi. Agar u ilmimiz bilan boshqalarga ham yetkaza olsak u ilm qiyomatgacha bardavom bo’lsa qiyomatgacha ajri birinchi o’rgatgan insonga boradi. Islom bu murakkab bir dunyo sababki bu haqida qancha qancha kitoblar bor. Alloh taolodan tushriligan din biz uchun najot biz uchun kerakli narsa bu din. Din tushunchasi insonlarda 2 xil mano bor. Ayrimlar dinni eskicha deyishadi ular aslida eskilik sarqitidek ular SSSR tuzimidagi odamlar fikri eskicha , ammo hozirgi dunyo ilmi bu din. Diniy bilim bu dunyoviy bilimlar uchun bir yo’lak vazifasini ham bajara oladi. Din yangicha insonlar fikri eskicha bo’lib qolgan aslida. Din hammamizga omonat qilib berilgan biz uni o’rganib boshqalarga qodir bo’lguncha ilm yetguncha ilm yoyib uni rivojiga o’z hissamiz qo’shishimiz lozim.



Download 57.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling