Tarix fakulteti "tarix" kafedrasi
XIX asr oxirida Yevropadagi siyosiy va ijtimoiy ahvol
Download 197 Kb.
|
XIX asr oxirida Fransya va Rossiya
1.XIX asr oxirida Yevropadagi siyosiy va ijtimoiy ahvolXIX asr oxirgi o’n yilliklarida kapitalistik munosabatlar qishloq xo’jaligiga ham jadal kirib keldi. Angliyada hali 1825-yiliyoq agrar inqilob yakunlangan edi. Mamlakatda yerga ishlov berishning ilg’or usullarini qo’llayotgan fermer xo’jaliklari soni ko’payib bordi. Umuman Yevropa mamlakatlarida xo’jalik yuritishning bir necha turlari shakllandi. Kapitalistik munosabatlar boshqalardan oldinroq qaror topgan Angliyaning kishlok xo’jalik syoktorida mayda dexqon xo’jaliklari deyarli tuliq barham topdi. Fransiyada esa aksincha, mayda dehqon xo’jaliklari kupchilikni tashkil qilardi. Polsha yerlari, Germaniyaning sharqiy xududlari, Avstro-Vengriya, Janubiy Italiya, Ruminiya, Rossiyaning katta qismida qishlok xujaligi rivojida pomeshchik yer egaligi va yarim feodal munosabatlar saqlanib qolayotgan, «prusscha» deb ataluvchi rivojlanish yo’lining turli shakllari mavjud edi. AQShda yerga xususiy mulkchilik fermer xo’jaligi ko’rinishida xukmronlik qilardi. Bu mamlakatda kapitalizm alohida tezkorlik bilan rivojlandi. Bunga boy homashyo resurslari va g’arbiy xududlarda fermer xo’jaliklarini tuzish uchun «egasiz» yerlarning mavjudligi xam sabab buldi. Yangi Dunyoga intilayotgan millionlab immigrantlar rivojlanayotgan sanoatni doimiy ishchi kuchi bilan taʼminlab turdi. 1800 yildan 1914 yilgacha 50 mln dan ziyod kishi Yevropani tark etgan bulsa, shundan 35 mln ga yaqini AQShga kuchib keldi. Mamlakatda fan va texnikaning jadal rivoji, temir yullar kurilishi, yollanma mexnat va texnik inrovatsiyalar faol qo’llanilayotgan sanoat va qishloq; xujaligi taraqqiyotining tezkor yo’li, jamiyatda demokratik tartiblarning urnatilishi, axolining asosiy qismida hunuk va erkinliklarning mavjudligi, shaxsiy tashabbus uchun keng sharoitlarning yaratilganligi - bularning xammasi taraqqiyotning «amerikacha» deb atalgan yo’liga asos bo’ldi. Aytish lozimki, XIX asr 300-yillarida Yevropada sanoatlashtirishning birinchi salbiy oqibatlari - kishloklarning bum-bush bulib qolishi, odamlarning shosha-pisha kurilgan yaroqsiz binolarda to’planishi, ishsizlik va kashshoklik koʻrina boshladi. Ayniksa, iktisodiy buxronlar yillarida odamlarning axvoli yanada yomonlashardi. Sanoat to’ntarishi va industrlashtirish uzi bilan tarixan yangi hodisa - ishlab chiqarish inqirozini ham olib qeldi. Qul mexnati, manufaktura xukmron boʻlgan davrda ishlab chiqarish ishchilar sonining ko’payishi hisobiga kengayar edi. Bandlik darajasining usishi axolining xarid qobiliyatini oshirardi. Ishlab chikarishda mashinalarning qo’llanilishi ishchilar sonining kamayishiga olib keladi. Mazmunan progressiv bulgan bu hodisa axoli anchagina qismining (ishsizlarning) xarid qobiliyatini pasaytiradi. Natijada ichki bozorlarda maxsulotlarning tuplanib kolishi yuz beradi. Bunday sharoitda tadbirkor ishlab chiqarishni kamaytiradi yoki butunlay yopib qo’yadi. Birinchi iqtisodiy inqroz 1825 yili Angliyada ro’y berdi. 1836-1837 yillardagi shщiroz esa Angliyadan tashqari AQSh va Fransiya ni xam kamrab oldi. 1847 yilgi shщiroz butun kitʼaii egalladi. 1858 yili xujalikning barcha tarmokdariga yoyilgan dunyo iqtisodiy inqirozi yuz berdi. Keyin inqrozlar iktisodiy rivojlanishning davriy yuldoshiga aylanib koldi. XIX asr oxirgi choragidan boshlab Yevropada kishlok xujaligining tarakkiyoti sekinlashdi, turgʻuilik xolati boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri Amerikadan arzon narxdagi gallaning kuplab keltirilishi buldi. Bundan tapщari, dexkonlar saklanib kolayotgan feodal tartiblardan xam, yangi kirib kelayotgan burjua munosabatlaridan xam birday aziyat chekayotgan edi. Qishlok xujaligida band bulgan millionlab kishilar xarid qobiliyatining pasayishi iktisodiy ishdirozlarning davomiyligiga bevosita taʼsir kursatdi. XIX asrning sunggi uttiz yilida kamrovi va davomiyligi turlicha bulgan iktisodiy inkirozlar to’rt marta yuz berdi. Bu inqirozlar qishloklarda dehqonlarning tabaqalashuvi jarayonini tezlashtirdi va jamiyatda jiddiy ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Texnik taraqqiyotning ishlab chiqarishga kirib kelishi korxonalarni jixozlash uchun katta mablagʻlar talab qila boshladi. Fan va texnika yutuqlari asosida qurilgan yirik korxonalarda kapitalni tashkil qilishning yangi shakllari qullanila boshlandi. Kuplab mablagʻlarni ishlab chiqarishga jalb qilishning keng tarqalgan shakli aksiodorlik kompaniyalari bulib qoldi. XIX asr 90-yillariga kelib aksionerlik kompaniyalari faqat ilgʻor industrial mamlakatlarda emas, sanoat rivoji uncha yuqori bulmagan davlatlarda xam tashkil topdi va mamlakat iqdisodida ularning salmogʻi va taʼsiri ortib bordi. Masalan, Reyn-Vestfaliya kumir sindikati tashkil topgan 1893 yilisk Germaniyada qazib olinadigan va sotiladigan jami kumirning 86,7% ni uz qoʻliga tupladi. Yoki, 1897 yili chuyan quyishni ikkita kompaniya - Reyn-Vestfaliya va Lotaringiya-Lyuksemburg kompaniyalari egallab olgan edi. Germaniyada monopolistik korxonalarning keng tarqalgan shakli kartellar bulib qoldi. 1896 yili ular soni 250 tadan ortiq edi. XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib AQSh da keng tarkalgan monopoliya shakli trestlar edi. Trestlarning kartellardan farqi shunda ediki, unga birlashgan tashkilotlar oʻzining tijoratchilik va ishlab chiqarish mustaqilligini yoʻqotib, yagona boshqaruvga buysunadilar. Trest - bu monopolistik korxonaning Amerikaga xos shakli, u yuridik mustaqil kompaniya yoki xolding-kompaniya tomonidan boshqariladigan aksionerlik jamiyati boʻlishi mumkin. Trestlarda kapitalning markazlashuv darajasi yuqori boʻlganligi uchun yagona iqtisodiy va texnik siyosat yurgazish imkonini beradi. 1900 yili AQSh da trestlar soni 185 taga yetadi. Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va sanoatning monopolizatsiyalashuvi jarayoni bank nshlarida kapitalning markazlashuviga olib keldi. Katta raqobat tufayli kichik banklar xonavayron bulib yirik banklarning tarkibiga kushilib ketdi. Natijada faqat moliyaviy qudratgagina emas, uz mamlakatida kattagina siyosiy taʼsirga xam ega bulgan moliyaviy markazlar - bank-gigantlar vujudga keldi. XX asr boshlarida shunday banklar Fransiyada uchta, AKShda esa ikkita edi. Banklarning sanoat, transport, savdo va xizmat kursatish soxasiga kirib borishi, bu korxonalarning, baʼzan esa butun soxaning sherik - mulkdoriga aylanishi, ular foydasidan oʻz ulushini olishi okibatida uz mamlakatlarida iktisodiy liderlik uchun kurashayotgan moliyaviy guruxlar iaydo bo’ldi. Bank kapitali bilan sanoat kapitalining shu yusinda birlashib ketishi kapitalning yangi shaklini - moliya kapitalini vujudga keltirdi. Pulat, neft, gaz va bonqa soxa «qirollarining» juda katta bank-sanoat imperiyalari vujudga keldi. AKShda mamlakatning iqtisodiy xayotini nazorat kilib turgan 60 ta oilaning shunday imperiyalari mavjud edi. XIX asr oxirida bu oilalar orasida «katta uchlik» - Rokfellar (neft), Morgan (moliya), Karnegi (pulat) ayniqsa ajralib turardi. XX asr boshlarida Karnegi uzining serdaromad ishini sotganidan sung amerikaliklar nigoxida tadbirkorlikdagi omad va boylikning kudrati ikki kishida - Rokfellar va Morganda mujassamlashgan edi. Bulardan tapqari Dyupon, Mellan, Garriman, Vanderbilt va Guggenxeymlar xam Amerika oligarxiyasining taʼsirli aʼzolaridan xisoblanardi. Fransiyada esa moliyaviy qudratning timsoli fransuz bankining yirik omonatchilari bulgan «200 oila» edi. Germaniyada bulsa moliya oligarxiyasining timsollari V. Simens, E. Ratenau, A. Tissen, F. Krupplar bulgan. Kapitalizm oʻzining yangi bosqichiga utgan, boshka mamlakatlarda xam shunday guruxdar paydo buladi. 1 Rokfellarning neft tresti mamlakatdagi neft mahsulotlarining 90 foizini ishlab chiqarardi, Morganning pulat tresti esa AQShdagi pulatning 66 foizini kuyardi. 1900-1903 yillardagi iqtisodiy inqirozdan soʻng monopoliyalashuv jarayoni yanada tezlashdi. AKShda 1898 yildan 1903 yilgacha oldingi 50 yildagiga nisbatan 5,3 marta kup yirik trestlar tashkil kilindi. Ulardan kupchiligi sanoatning qator soxalarida iqtisodiy siyosatni belgilay boshladi. Masalan, 1901 yili tashkil kilingap Pulat tresti usha yiliyok mamlakatda ishlab chiqariladigan chuyanning 2/5, prokatning 1/2, pulat eritishning 2/3 qismini bera boshladi. Biroq monopoliyalarning qudrati ham bozor iqtisodiyotinyng bosh muammosi - ipqirozlarni yuq qila olmadi. Agar XIX asrda bunday iщdarozlarning davriyligi 9-11 yilni tashkil qilgan bulsa, 1900-1907 yillari u 7 yilga, 1907-1913 yillari esa 6 yilga qisqardi. 1907 yili AQShda sanoat ishlab chikarishi 17%ga pasayib ketdiki, ilgari hech kanon bunday boʻlmagan edi. Juda katta ishlab chiqarish kuvvatlari ishlamay koldi. Masalan, 1908 yili «Yunayted Steyts stil» kompaniyasining quvvatlaridan yarmiga foydalanildi xolos. Ishsizlik misli koʻrilmagan darajaga yetdi. 1907 yili AQShda uning darajasi XIX asrning oxiriga nisbatan 1,5 marta oshib, ishsizlar soni 5-6 mln kishiga yetdi. 1907 yili inkirozning kuchli tulkinlari deyarli butun dunyoni, Nyu-Yorkdan Amsterdamgacha, Koxira va Tokiogacha larzaga keltirdi. XIX asr oxirgi choragida chetga tovar bilan birga kapital chiqarish muxim ahamiyag kasb eta boshladi. Rivojlangan sanoat mamlakatlari xali yerning narxi va ishchi kuchi arzon bulgan ulkalarga kapital kiritishda bir-biri bilan rak;obatlasha boshladilar. Ellik yil ichida (1862-1914) Angliyaning chet ellarda joylashtirgan umumiy kagshtali 30 marta, Fransiyaniki - 6 marta, Germaniyaniki esa 44 marta oshdi. XX asr boshlariga kelib keng tarmokli temir yullar va dengiz transportiga, mukammal kommunikatsiya vositalariga ega bulgan jaxon xujalik tizimi shakllandi. Telegraf liniyalari butun dunyoni urab oldi. Agar Fransiya-Prussiya urushi tugrisidagi xabar Avstraliyaga 45 kundan keyin yetib borgan bulsa, XX asr boshlarida Yevropadan Avstraliyaga biron-bir xabarni yetkazish uchun bir kun yetarli edi. Jaxon xujalik tizimining tashkil topishi jarayonida dunyoni iqtisodiy va xududiy jixatdan bulib olishning yakunlanishi xal qiluvchi axamiyatga ega buldi. XIX asr 80-yillaridayoq bozorlarni boʻlib olish, yagona narx siyosatini yuritish, ishlab chiqarishning chegarasini belgilash tugʻrisida kelishuvlar imzolagan xalqaro monoioliyalar paydo buldi. Porox karteli, 1884 yili Angliya, Belgiya va Germaniya kompaniyalari tomonidan tuzilgan, keyinchalik Fransiya va AKSh xam kushilgan Rels ishlab chiqaruvchilarning xalkaro karteli shular jumlasidan edi. Xalkaro monopolistik ittifoklarning tuzilishi erkin rakobatli kapitalizmning usib, yangi boskichga-kutarilayotganidan dalolat berardi. Tashki bozorning monopolizatsiyalashuvi kafolatlangan bozor va xomashyo bazasi bulgan ustamlakalarni bosib olish bilan kushib olib borildi. Dunyoni xududiy bulib olishga intilish XIX asr 70-90-yillarida keskin kuchaydi. Aynan shu yillari Yevropa davlatlari Afrika kitʼasini zabt etdilar; 1876 yili qitaning 19,8% i yevropaliklarga tegishli bulsa, 1900 yili ular Afrikaning 90% xududini egallab oldilar. 1914 yilga kelib Afrikaning 35% i Fransiyaga, 30% i Buyuk Britaniyaga, 8,5% i Germaniyaga tegishli va faqat 3,4% xudud mustakil bulib kolgan edi. Janubi-Sharkiy Osiyo mamlakatlari, Tinch okeanidagi kupchilik orollarning xam takdiri shunday buldi. 1900 yilga kelib Osiyo qitasining xam 60% i yevropaliklar tomonidan egallab olindi. Mustamlakalar aholisi XVIII asr oxirida Yevropa axdgshsining (Rossiyadan tashkari) 17-19% idan oshmagan bulsa, 1830 yilga kelib Yevropa axolisiga nisbatan 100% ni, 1913 yilda esa 160-165% ni tashkil qildi. Industrial sivilizatsiyaning belgilaridan biri shaxdrlarning juda tez usishi buldi. Bu jarayon XIX asr boshlarida avjiga chiqib, butun yangi davrda davom etdi. Shaxarlarning bunday oʻsishi nimaning xisobiga yuz berdi, degan savol tugʻiladi, albatta. Bu, birinchidan, qishloq xoʻjaligida ish yuritishning ilgʻor usullarini kiritish natijasida mehnat unumdorligining oshdi va shuning okibatida bir kancha kishlok axolisining oshiqcha kuch, ishsiz bulib kolishi, ularning ish izlab shaxarlarga kelishi xisobiga. Ikkinchidan, aholisi 10 ming kishidan kam bulgan kichik shaharchalarda mayda savdogarlik va xunarmandchilik ishlab chikarishining pasayib ketishi, shuningdek, transportdagi uzgarishlar - kishloklarning chang yullari temir yoʻllarga uz urnini bushatib berishi, chorrahalardagi pochta bekatlari va axoli punktlarining uz hamiyatini yoʻqotishi va sanoat markazlarining yangi rayonlarga koʻchishi xisobiga edi. Shuning uchun xam odamlar ish axtarib va kun koʻrish uchun mablagʻ izlab turar joylarini uzgartirishga majbur boʻldilar. Yuz yillar davomida oʻz yerlarida yashab kelgan axoli xarakatga keldi, jonajon yerlarini tashlab shaxarlarga keta boshladilar. Qishlokdan ketish emigratsiyani xam 24% ini tashkil qildi, odamlar boshka mamlakatlarga keta boshladilar. Pekin koʻchisining katta qismini oʻz mamlakatlari ichidagi migratsiya tashkil qilardi. Industrial rivojlanish jarayoiida shaxarlar aloxida ahamiyat kasb eta boshladi. Sanoat ishlab chiqarishi deyarli toʻliq shaxarlarda joylashgan, jamiyatning asosiy goyalari, muxim siyosiy vokealar xam shu yerda yuz berardi. Agrar sivilizatsiya davridagiga nisbatan shaxarlar juda katta tezlik bilan oʻsdi. XIX asrning oʻrtalariga kelib industrial davlatlarda axolining qariyb 50 foizi shaxarlarda tuplaigap edi. Manufaktura ishlab chikarishi davrida shaxarlar uncha kasta emasdi. XVIII asr urtalarida Farbiy Yevropada axolisi 100 mingdan ziyod shaxarlar soni 15 taga yetgan edi xolos (eng yirik London va Parijda 500 mingdan ko’p). Shaxarlarning shitob bilan rivojlanishi industrial sivilizatsiyaning asosini yaratgan sanoat to’ntarishi, fabrika-zavod ishlab chiqrishi bilan bog’liq edi. Shaxarlarning intensiv rivojlanishi hammadan oldin Buyuk Britaniyada boshlandi. Boshqa joylarda kechroq masalan Germaniyada XIX asr 70-yillarida avj oldi. AQShda jadal urbanizatsiya jarayoni ham taxminan shu davrga tog ‘ri keladi. Eski shaxarlarning usishi, yangilarining rivojlanishi sanoatning joylashishi bilan bogliq edi. Kupchilik axoli shaxarlarga ish topish umidida kelardi. Ayniqsa katta, poytaxt shaxarlar tez usdi. Masalan, Parij aholisi 1800 yili 500 mingdan ziyod bulsa, 1850 yilga kelib bir million kishiga yetdi, 1880yilda u ikki million kishidan iborat edi. Ammo shaxar XIX asrning urtalarigacha uz qiyofasini uzgartirmadi, oʻzining eski chegaralarida qolaverdi. Ishchilar yarim yertulalar va chordoqlarda yashashardi. Shaxarlarning sanitariya xolati yomon bulganligi sababli vabo, upka sili kabi kasalliklar keng tarkalgandi, minglab kishilar bu kasalliklardan vafot etardi. Aholing kuyi qatlamlari orasida ichkilikbozlik, bolalar orasida esa qarovsizlik va jinoyatchilik kuchli edi. «Insoniyatning barcha jinoyatlari bolalarning daydiligidan boshlanadi», deb yozgan edi Viktor Gyugo. XIX asrning urtalaridap boshlab shaxdrlar kurilishida uzgarish yuz beradi. Masalan, Parij 1853 yildan boshlab 20 yil davomida kuril ish maydoniga aylandi. Sena prefekti baron Osmann boshchiligida shaxdr zamonaviy kilib kaytadan kurildi: keng kuchalar, katta maydonlar, xiyobonlar va boglar yaratildi. XIX asr oxiriga kelib Parij ichimlik va oqava suvlari tarmoqlariga tramvay va metroga ega buldi. Boshqa mamlakatlarda ham Parij singari yirik shaxarlar aholisi tez oʻsdi. XIX asr 20-yillaridan yevropaliklarning bopqa kitʼalarga ommaviy kuchishlari boshlandi. Angliyadan, Germaniyadan, Skandinaviya mamlakatlaridan, Sharqiy va Janubiy Yevropadan odamlar Lotin Amerikasiga, Kanadaga, Avstraliyaga, Yangi Zelandiyaga, Janubiy Afrikaga va xammadan ko’proq AQShga ko’chib ketardilar. Nyu-York emigrantlar keladigan asosiy portga aylandi. Gamburgdan yoki Liverpuldan Nyu Yorkka borish uchun 12 kun kerak bular, Neapoldan esa 21 kunda borilardi. Nyu-York qoʻltigʻidagi Ellis orolchasida emigrantlar ruyxatdan utadigan va mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma (viza) oladigan vokzal tashkil qilindi. Emigrantlar bu yerda avvalo tibbiy kurikdan utishlari lozim edi. AQShga keluvchilarning 6 foizdan 10 foizgachasi tibbiy xulosaga kura kaytarilib yuborilardi. Ruxsat olganlari esa solga utirib Manxettenga junab ketishardi. Yangi kelganlarning aksariyati karindoshlari, dustlari va xamyurtlarinikida joylashardi. Shaxar xar biri uz tili va uz odatlariga ega bulgan kvartallardan iborat edi. Emigrantlar odatda eng qiyin ish sharoitlariga xam rozi buladigan arzon ishchi kuchi bozorini tashkil kilardi. Ishchi-immigrantlar butun mamlakat buylab tarkab ketgan, ammo asosiy qismi Chikago, Nyu-York, San-Fransisko kabi yirik sanoat markazlarida qoʻnim topgandi. Bu xol AQShning demografik xolatiga xam ijobiy taʼsir kursatdi. Uning axolisi 1900 yildan 1910 yilgacha 76 mln dan 92 mln kishiga (21 foizga) kupaydi. Urbanizatsiya jarayonida xam birinchi uzgarishlar yuz berdi. Agar 1900 yili mamlakat axolisining 40 foizi shaxarlarda yashagan bulsa, 1910 yilga kelib bu kursatgich 45 foizga yetdi. XIX asrning boshlarida Janubiy va Sharkiy Yevropadan: Italiyadan, Avstro-Vengriyadan va Rossiyadan kuchib keluvchilar soni oshdi. Sharkiy Osiyodan immigratsiya deyarli tu lik takiklanganiga karamasdan, asosan Xitoy va Yaponiyadan kuchib keluvchilar soni XX asrning boshlarida keskin kupaydi va dastlabki 15 yilda 14,5 million kishini tashkil kildi. Yangi davr emigrantlarining asosiy kismini italiyaliklar va rossiyaliklar tashkil qildi. XIX asr sunggi choragidayangi liberalizm deb atalmish okim paydo buldi. Bu oqimning yirik namoyandalaridan biri A.T. Xobxauz (1864-1928) davlat avvalgidek fakat «tungi kurik;chi» roli bilan kanoatlanmasdan, ijtimoiy va idtisodiy islox,otlarni utkazishda faol ishtirok etmogi lozim, deb x,isoblaydi. Bu yunalishning boshka bir vakili D.A. Gobson (1858-1940) fukarolarning shaxsiy xukuklari inkor etilmagan xolda umumning xoxish irodasi muximrok ekanligini eʼtirof etadi. «Asalari oilasining yoki 35 daning ruщ jamiyatining xakikiy ruxidir», - deb yozgan edi u. Shuning uchuy shaxsning xukuki umumiy jamiyat manfaatlariga moslashishi, buysunishi kerak. Shundan Gobson davlat ortikcha va ishlab topilmagan daromadlarni egallab olish xukukiga ega, degan xulosaga keladi. Liberalizmning bosh goyasi - insonning uz uzviy xukuqlari: mulk, suz erkinligi, matbuot, yigilishlar, vijdon erkinligi, davlatni bonщarishda ishtirok etish x,ukuklarini amalga oshirishning sharti sifatidagi erkinligidir. «Men erkinlik deganda - deb yozgan edi Konstan - zurlik Yuli bilan boshsarishni xsslaydigan xukmronlik ustidan, kupchilik tomonidan uziga ozchilikni buysundirish uutsutsini talab siladigan omma ustidan shaxsning tantanasini tushunaman». Konstan feodal absolyutizmga karshi chikar ekan, liberalizm davlat faoliyatini xukuk va qonun bilan cheklash talabini shakllantiradi xdmda xokimiyatning bulinish prinsipi joriy kilinishini talab kiladi. Davlatning oldida turgan vazifalarni liberalizm vakillari isloxotlar yuli bilan inqiloblarsiz xal kdlishga intiladilar. Bentamning fikricha inson faoliyati kup sonli kishilarga katta foyda keltirish imkoniyati nuktai nazaridan baholanmog’i lozim. Bentam goyasidagi yangilik shundan iborat buldiki, u ushbu prinsipni boshqalardan izchilroq xuquqiy isloxotlar uchun dasturilamal sifatida eʼtirof etadi. XVIII asrdayoq paydo bulgan konservatizm (lotincha conservatio - saklab qolmoq quriqlamoq) mavjud siyosiy tartib - monarxiya boshqaruvini saqlab qolish zarurligini asoslashga urinardi, Kelib chikishi irland bulgan britaniyalik faylasuf Edmund Berkni (1729-1797) kupincha konservatizmning otasi deyishadi. Berk taʼlimoti kun narsani vaʼda kil gan Fransuz inkilobiga va maʼrifatparvar-faylasuflar tomonidan ongning uluglapishiga karshi reaksiya si fatida paydo buldi. Maʼrifatchilik davri kishilari ongni anʼanalardan, individni esa jamiyatdan yukori kuyadi. E. Berk bu tushunchalarning joyini almashtirdi: anʼanalar aloxida intellekt tomonidan yaratilgan nazariyadan ustunroq deydi u Soddarok kilib aytadigan bulsak, agar liberalizm burjuaziya yukori katlami vakillarining mafkurasi bulsa, konservatizmni aslzodalar mafkurasi deyishimiz mumkin. Fransuz konservatizmining kuzga k)fingan namoyandalari Jozef de Mester (1753- 1821) va Lui de Bonald (1754-1840) shular jumlasidaidir. Birok, XVIII asr oxirlaridagi konservatizm (Yum, Berk) burjuaziyaning uz ichida liberalizmning tankidi sifatida paydo bulgan goyaviy okim ekanligini xam taʼkidlashimiz lozim. Download 197 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling