Tarix fakulteti
Qadimgi qoyatosh rasmlari qimmatli tarixiy manba
Download 37.05 Kb.
|
arxealogiya mustaqi ish
Qadimgi qoyatosh rasmlari qimmatli tarixiy manba
Qadimgi ajdodlarimiz qoyatoshlarga chizib qoldirgan rasmlar ibtidoiy san’at namunalaridir. Ular tarix uchun qimmatli tarixiy yodgorliklar hisoblanadi. Bu san’at namunalari olimlarning qadimgi davr tarixini yoritishda muhim manba hisoblanadi. Qoyatosh suratlarida ayniqsa hayvonlarni ovlash manzarasi ko’p uchraydi. Bu suratlar tarix uchun o’sha davrda odamlar ko’proq qanday hayvonlar ovlaganligi va buni qay tarzda bajarganligi haqida qiziqarli malumotlar beradi. Mil. avv 15-8 ming yillarda qoyatosh suratlarinidastlab kramanyon odamlari yaratganlar. Bu davrda qadimgi rassomlar suratlarni, asosan, qoyalarga o‘yib ishlaganlar. Ularning bir qismi Ispaniyadagi dunyoga mashhur Altamira va Fransiyadagi Lasko g‘orlaridan hamda Boshqirdistondagi Kapovaya g‘oridan topilgan. O‘sha zamon tasviriy san’at ustalari hayvonlarni tasvirlashda turli moddalar qorishmasidan tayyorlangan rangli bo‘yoqlardan, tosh devorlardagi rasmlarni bo‘yashda esa tayoqcha yoki hayvon junidan tayyorlangan mo‘yqalamdan foydalanishgan. Bu esa suratlarning hozirgi davrgacha deyarli hech bir o‘zgarishsiz saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan. Ularni o‘rganish qadimiy hayvonot dunyosini yanada yaxshiroq tasavvur qilishga imkon beradi. O‘zbekistonda ushbu noyob san’at turi juda qadimdan paydo bo‘lgan. Suratlar, asosan, ikki xil usulda – urib cho‘kichlash va tabiiy bo‘yoqlar yordamida ishlangan. Keyinchalik rasmlar uchi o‘tkir tig‘li temir va po‘lat asboblar bilan toshlarni o‘yib ishlangan. Bu usul fanda nuqtali usul deb ataladi. Ikkinchi usulda ilk rangtasvir ustalarining mahorati ko‘zga tashlanadi. Ular turli moddalar qorishmasidan bo‘yoq tayyorlashni bilganlar. Suratlarga cho‘p, qamish, suyak va qushlarning pati vositasida jilo berilgan. O‘zbekistonda 100 dan ortiq ana shunday nodir san’at namunalari aniqlangan. Xususan, Navoiy viloyatidagi Qoratog‘ tizmasidagi Sarmishsoy darasidan topilgan sher, yo‘lbars, bars kabi yirtqich hayvonlarning to‘qnashuvi, ovchining kamdan-kam hollarda qo‘lga o‘rgatiladigan ov qoploni – gepard yordamida yovvoyi buqani ovlashi tasvirlangan. Dastlabki san’atning noyob yodgorligi sifatida «Qizil kitob»ga kiritilgan betakror qoyatosh suratlari bugun chet ellarda ham e’tirof etilmoqda. hali yozuv paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan. Qoyatosh rasmlari dunyoning barcha joylarida ma’lum bo’lib, paleolitdan to o’rta argcha bo’lgan davrda yaratilgan. Afrika va (sahroyi Kabir va janubiy tog’lar), Amerika (Alyaska, And va boshqa togʻlar), Yevropa va Avstraliyaning togʻliq hududlarida koʻp uchraydi; Rossiya (Amur, Lena, Yenisey, Ob, Irtish, Baykal koʻli sohillari), Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo (Qoratogʻ, Boʻkantogʻ, Tomditogʻ, Tyanshan. Pomir, Nurota va boshqalar)dan topilgan petroglif Qoyatosh rasmlari diqqatga sazovor. Fransiya, ispaniya, Italiya, Hindiston, Rossiya (Lena, Amur, Baykal koʻli sohillari, Ural, Dogʻiston), Oʻzbekiston (mas, Zarautsoy rasmlari, Sangijumon, Oqsoqolotasoy rasmlari)da rangli Qoyatosh rasmlari topib oʻrgaiilgan. Qoyatosh rasmlari avvalo sanʼat obidasi sifatida sanʼat tari-xini oʻrganishda, arxeologik va tarixiy manba sifatida ibtidoiy va qad. qabilalarning ijtimoiy hayoti va ruhiy olamini oʻrganishda katta ahamiyatga ega. Yaqin sharqda Sarmishsoy rasmlari, Suratlisoy rasmlari, Takatosh rasmlari, Xoʻjakent rasmlari uchraydi. Xulosa Paleolit davri tasvilari juda katta tarixiy ahamiyatga ega, bu tasvirlar orqali biz qadimgi ajodlarimiz qanday ishlar bn shugullanganligi, qanday fikirda bo’lganliklarini bilib olamiz. So'nggi paleolit davriga oid g'orlar de- vorlarida topib tekshirilgan rasmlar ham qadimgi odamlarning diniy tasavvurlari to'g'risida hikoya qiladi. Bunday rasmlardan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransi- yadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova g'orlaridan topilgan. Odamlar mazkur rasmlar bo'lajak ovda ularga yordam beradi, deya ishonishgan. Rasmlar qarshisida hayvonlar harakatlariga taqlid qilib, raqsga tushishgan, ov manzarala- rini tasawurga keltirishgan, nayza uloqtirishni mashq qilishgan. Qadimgi rasmlar qimmatli tarixiy manbalar- dir. Ular inson nimalar haqida o'ylagani, te- varak dunyoni qay yo'sinda tasavvur etgani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog'dan foydalanganini bilib olish va tushunishga yordam beradi. Odamning o'zini qurshab turgan tevarak olamni tushunishga intilishi eng qadimgi tas- viriy san'at rivojlanishi uchun asos bo'lib xiz- mat qildi. Download 37.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling