Tarix fan to’garaklarini tashkil etish va uning ta’limiy – tarbiyaviy ahamiyati
II.bob. Tarix to`garaklari mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi
Download 156 Kb.
|
TO`GARAKLAR TASHKIL QILISH
II.bob. Tarix to`garaklari mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi
Yangicha usul, bilimlarni yangicha egallash o’quvchini o’z bilimi va iqtidoriga ishonch uyg’otadi. Natijada o’quvchi sidqidildan ko’rilgan jiddiy tayyorgarlik muvaqqiyatlarning garovi ekanligini anglaydi. Yanada ko’proq bilim olishga kirishadi. Jamiyatdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga o’quvchilarning muayyan bilim ko’nikma va mamlakatlarni shakillantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarni tarkib toptirish ularni ongli ravishda kasbga yo’llashga ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo’ljallangan didaktik o’yinlarni ishbilarmonlar o’yini deyiladi. Ishbilarmonlar o’yini ham boshqa o’yinlar kabi o’qituvchi va o’quvchilardan puxta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. O’qituvchi ishbilarmonlar o’yinini uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma – bosqich amalga oshirishi zarur: 1. O’yin mavzusini oldindan belgilashi. 2. Didaktik o’yining maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma – ketligi, o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalshtirish. 3. Didaktik o’yin davomida o’quvchilar oldiga qo’yiladigan o’quv – bilishga oid muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo’llarini aniqlash va loyihalash. 4. O’quvchilarni didaktik o’yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, didaktik o’yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash, har bir o’quvchiga aniq yo’llanma berish. 5. Mazkur o’quv – bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda o’quvchilarning avvalgi mavzularidan o’zlashtirgan bilim ko’nikma va malakalarini tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanish imkoniyatlarini aniqlash. 6. O’quvchilarning didaktik o’yiniga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish. Didaktik o’yinli to`garaklarning muvaffaqiyati avvalo o’quvchilarning mazkur o’yinlarga puxta va qizg’in tayyorgarlik ko’rishlariga o’qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bog’liq. O’quvchilarning bunday o’yinga tayyorgarlik ko’rish faoliyati quydagi masalalarni bilishni: 1. Didaktik o’yining maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi qoydalari bilan tanishishni. 2. Didaktik o’yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni aniqlashni. 3. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo’llarini topishni. 4. Har bir o’quvchining o’zi bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni anglashib o’qituvchining kerakli yo’riqnoma va ko’rsatmalarini olishni. 5. Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning optimal variantini tanlashni. 6. Didaktik o’yin ishtirokchilari o’rtasida o’zaro yordam va o’zaro nazorat vujudga kelishini taqozo qiladi. Yoshlarni tarixdan oladigan bilimlarini takomillashtirishning usullari turlichadir. Jumladan tarix o’qitish samaradorligini oshiradigan vositalardan biri to`garakda arxiv materiallaridan foydalanishdir. To`garak o’quv jarayonining asosiy bo’g’ini sifatida yoshlarga fan asoslarini o’rgatishda muhim o’rin tutadi. Metodist P.S.Leybengrub ta'limning asosiy tashkiliy formasi bo’lgan to`garak tuzilishi jihatidan tor sxemaga, qat'iy bir qolipga tushib qolganligi tarix o’qitish oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni qiyinlashtirayotganini, ayni vaqtda bu hol o’qitishda har xil metod va usullardan foydalanishga to’sqinlik qilayotganini, o’quvchilarning to`garakga qiziqishini ham pasaytirayotganini to’g’ri ta'kidladi. Tarix to`garakining quyidagi 4 ta tipini tavsnya etdi: Ta'lim jarayonining barcha elementlarini o’z ichiga olgan, 1) aralash to`garak; 2) to’liq yoki qisman yangi mavzuni o’rganishga bag’ishlangan to`garak; 3) umumlashtiruvchi — takrorlash to`garaki; 4) bilimlarni tekshirish va hisobga olish to`garaki. Shuni aytish kerakki, P.S.Leybengrub shu masalaga bag’ishlangan asarlarida ham o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida i tajribasida ilg’or o’qituvchilar qo’llanib kelayotgan to`garak turlarining hammasini ko’rsatmagan bo’lsada bu masalani o’rtaga qo’yib, matbuot sahifasida munozara boshlab berishi g’oyat foydali ish bo’ldi. Shundan so’ng, 1957 yilda A.Vaginning tarix to`garaklari turlariga bag’ishlangap risolasi e'lon qilinadi. Avtor bu risolasida V.G.Kartsev va P.S.Leybengrublar ko’rsatganidek, tarix to`garaklarining turlari to’rtta emas, balki ko’pligini, ularni turli formalarda olib borish zarurligini pedagogik jihatdan isbotlab berishga harakat qiladi. To`garaklar mohiyatiga qarab turlarga ajratiladi. Tarix to`garaklarining mohiyatini ta'lim jarayoni tashkil qiladi. Demak, ta'lim jarayonining ob'ektiv qonuniyatlariga asoslanib, tarix to`garaklarini turlarga bo’linishi masalasini to’g’ri hal qilish mumkin. To`garakning har xil turlariga xarakteristika berishda o’quvchilarni tarixiy voqealarni idrok qilishga tayyorlash, materialni tahlil qilishga, asosiy tarixiy faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni anglab olishga, umumlashtirishga, olgan bilimlaridan zarur paytda foydalanishga o’rgatish kabi ta'lim jarayonlari e'tiborga olinadi. Tarix to`garaklarini turlarga bo’lishda uning bir turini boshqa turlaridan ajratib qarash yaramaydi. Chunonchi, o’quvchilarning yangi temani puxta o’zlashtirishi uchun dastlab temaning kirish to`garaki o’tkaziladi; o’rganilgan tema yoki bo’limni yakunlash uchun — yakunlovchi to`garak turidan foydalaniladi. Masalan, Qadimgi dunyo tarixining «Ibtidoiy odamlar turmushi» degan birinchi bo’limi oxirida bo’ladigan bir soatlik yakunlovchi to`garakda to’rt soat davomida o’rganilgan materialni tahlil qilib, o’quvchilar ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy bel-gilarini tushunib, bilib oladi. Shuningdek, «Qadimgi Sharq» degan ikkinchi bo’lim oxirida bo’ladigan to`garakda o’quvchilar Sharqdagi eng qadimgi davlatlarda sinfiy jamiyatning vujudga kelishini, uning mohiyati, eng qadimgi Sharq xalqlarining jahon madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan hissasini, «Qadimgi Gretsiya» nomli uchinchi bo’lim oxiridagi to`garakda quldorlik tuzumining eng yuqori bosqichini, quldorlik tuzumining ibtidoiy jamoa tuzumiga nisbatan taraqqiy etganini, qadimgi greklarning jahon madaniyatiga qo’shgan hissasini «Qadimgi Rim» degan to’rtinchi bo’lim oxiridagi to`garakda ham, quldorlik tuzumi taraqqiyotining yuqori bosqichini, uning yemirilishi va halokatining qonuniyatlarini bilib oladi. O’qituvchi o’quv materialini bayon qilish jarayonida uni tahlil qilib boradi va umumlashtiradi. Biroq, ba'zi murakkab mavzular va bo’limlar yuzasidan maxsus tahlil qilish to`garaklari, tarix kursining g’oyaviy mazmuni, ta'lim qonuniyatlari bilan bog’lab maxsus umumlashtiruvchi - takrorlash to`garaklari o’tkaziladi. Har bir to`garakda, o’quvchilarda xarita, har xil kartinalar, illyustratsiyalar ustida ishlash, jadvallar, reja va konspekt tuzish ko’nikma va malakalari hosil qilish yuzasidan ish olib boriladi. Demak, o’qitishning ilmiy asosda tashkil qilinishi o’qituvchining to`garakda har xil vazifalarni muvaffaqiyatli bajara bilishiga bog’liq. Tarix o’qitish tarixiy voqealarni bayon qilib berish va uni navbatdagi to`garakda so’rashdan iborat emas. O’qituvchi o’quvchilarni tarixiy voqealar ustida mustaqil fikrlashga, o’rganilgan tarixiy materiallardan tegishli xulosalar chiqarib olishga, uni umumlashtirishga, mavzular va umuman kursning asosiy masalalarini puxta o’zlashtirib olishga, turli matnlar, xaritalar bilan mustaqil ishlay bilishga, reja, konspekt, xronologik va sinxronistik jadvallar tuzishga, ma'ruza va referatlar tayyorlashga, diagrammalar mazmunini tushunishga o’rgatishi lozim. Xo’sh, tarix to`garaklarini turlarga bo’lishda nimalarni ko’zda tutish kerak? O’quv materialining g’oyaviy mazmuni, uning “to`garakining tur” o’ziga xos xususiyati, sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligi hamda to`garakdan kuzatilgan didaktik maqsadlar to`garak turini, uning strukturasi va metodlarini tanlashda asos bo’lib xizmat qiladi, tanlab olingan to`garak turi va metodi esa uning g’oyaviy mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. To`garak turlari masalasini hal etishda formalizmga va standartga yo’l qo’ymaslik kerak, o’qituvchi navbatdagi temani planlashtirganda, uning mazmuni, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini izchillik bilan, mantiqan bog’lab o’rganishga yordam beradigan to`garak turlarini oldindan aniq belgilab olishi kerak. Shunday qilib, tarix V—IX sinflarda va o’rta maxsus ta'lim tizimida o’qitiladi. O’quvchilar sinfdan sinfga o’tgan sari tarixiy materialning ko’-lami ortib, mazmuni murakkablashib, o’quvchilarning tarixiy bilimlari ham chuqurlashib, ko’nikma va malakalari o’sib boradi. Shu bilap birga, to`garaklar struktura jihatidan va mazmunan murakkablashib, to`garaklariing xilma-xil turlaridan foydalanish zaruriyati tug’iladi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko’ra, V— IX sinflar uchun 7 xil, o’rta maxsus ta'lim tizimi uchun esa 10 xil to`garak turi tavsiya etilmoqda. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limining yangi mazmuni va o’quvchilarning bilish faoliyatini yanada faollashtirish vazifalari tarix o’qitishning shakli va metodlarini takomillashtirish uchun imkoniyatlar ochib beradi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish mazmunan boyidi, o’qitishning mavjud shakli va metodlari takomillashdi, yangi shakl va metodlar yuzaga keldi. Keyingi yillarda seminar va boshqa amaliy mashg’ulotlar yuqori sinflarda tarix o’qitishning o’ziga xos shakliga aylanib qoldi. Prezidentimiz aloxida kayd etib o’tganidek, «Yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur» . Ilmiy - uslubiy va didaktik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan tarix ta'limi to`garak jarayonida Samara beradigan turli - tuman shakl va usullardan foydalanishni taqozo etadi. Tarix o’qitish deganda faqatgina o’qituvchini voqealar to’g’risidagi hikoyasini tinglash - u, kelgusi to`garakda uni o’quvchilardan so`rashgina emas, balki, tarix o’qitish jarayonida biz o’quvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarini tahlil etish, o’rganilayotgan tarixiy material asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, tafakkur etish, o’rganilayotgan hamma mavzular va kursning yetakchi g`oyalari ongli ravishda mustahkam o`zlashtirib olish, ularni tarixiy hujjatlar va ayniqsa O`zbskiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutqlari matni ustida mustahkam ishlab, rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma'ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va to`g`ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o`rgatish jarayoniganiga aytiladi. Download 156 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling