Tarix fan to’garaklarini tashkil etish va uning ta’limiy – tarbiyaviy ahamiyati


Zamonaviy tarix to`garagi, unga qo’yiladigan talablar


Download 156 Kb.
bet5/10
Sana07.02.2023
Hajmi156 Kb.
#1174870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TO`GARAKLAR TASHKIL QILISH

1.2. Zamonaviy tarix to`garagi, unga qo’yiladigan talablar.
Zamonaviy tarix to`garakiga bo’lgan talab nima bilan belgilanadi?
Birinchidan: fikrimizcha, Prezident I.A.Karimovning «Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo`ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. Yuksak malakali va yuksak ma'naviyatli insondir. Bu narsa, ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birninchi navbatda, bo`lajak fuqarolarining madaniyati, ma'lumoti va ma'naviyati haqida g`amxo`rlik qilmog`i zarur.
Men barcha vatandoshlarimizga murojaat qilib aytaman: Bugun hayot qanchalik og`ir bo`lmasin, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni unutmaylik!» degan ko`rsatmalari, shuningdek «yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi lozim»" degan konsepsiyasi pedagoglarimizni tarix ta'limini davr talabi darajasiga ko`tarish yo`lidagi muhim vazifalarialari bo’lmog’i kerak.
Ikkinchidan: tarix ta'limi davomida o’quvchi yoshlarni tarixiy bilim va ko’nikmalar bilan qurollantirib, ularni o’tmishda va bugungi kunimizda sodir bo`layotgan ijtimoiy hodisalarini to’g’ri baholash va xulosalar ilmy – uslubiy va didaktik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan tarix ta'limi to`garak jarayonida samara beradigan turli – tuman shakl va usullardan foydalanishni taqozo etadi.
Tarix o’qitish deganda faqatgina o’qituvchini voqealar to’g’risidagi hikoyasini tinglash – u, kelgusi to`garakda uni o’quvchilardan so`rashgina emas, balki, tarix o’qitish jarayonida biz o’quvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarini tahlil etish, o’rganilayotgan tarixiy material asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, tafakkur etish, o’rganilayotgan hamma mavzular va kursning yetakchi g`oyalarini ongli ravishda mustahkam o`zlashtirib olish, ularni tarixiy hujjatlar va ayniqsa O`zbskiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutqlari matni ustida mustahkam ishlab, rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma'ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va to`g`ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o`rgatish jarayoniga aytiladi.
Uchinchidan: Balandparvoz iboralar yig’indisidan tashkil topgan «vatanparvarlik» partiya hujjatlarida nazariy jihatdan asoslanib, «sovet jamiyatining o’tgan davr ichida qo’lga kiritilgan asosiy yutug’i bu yagona sovet xalqlarining shakllantirishdir!» deb, xalq maorifi xodimlari oldiga, jumladin tarix o’qituvchilariga yosh avlodni alohida olingan ma'lum bir xalq, millatning milliy va ma'naviy an'analari ruhida emas, xayolan «shakllaigan» sovet xalqi vatanpavarligi ruhida tarbiyalashni singdnrishga undar edi. Shunday ekan, bugungi kun tarix fani o’qituvchisi tarix ta'lnmini targ’ib etishda ayrim tarixiy shior va chaqiriqlarning ma'lum tarixiy davr, tarixiy sharoit va uning manfaatidan kelib chiqqan bo’lishi sabab va mohiyatlarini ham tarix o’qitish metodikasidagi eng asosiy talab va tushuncha yo’nalishidan kelib chiqib unga mutlaq rioya etish lozim.
Masalan, o’qituvchi «1941 - 45 - yillarda O’zbekiston» mavzusini o’tar ekap, fanlararo aloqa metodidan foydalanib, o’quvchilar e'tiborini G’.G’ulomning urush yillarida umumxalq shioriga aylangan «buyuk Vatanning buyuk farzandi, bilib qo’yki seni Vatan kutadi» degan chaqirig’iga jalb etadi.Bu shior so’zsiz o’z davrining jangovar chaqirig’i yozuvchining fuqarolik burchini vijdonan ado etishdagi oliy mezon edi. Boshqacha qilib aytganda, sovet yozuvchisi ustqurmaning faol elementi sifatida o’z bazisiga sodiq xizmat qilishi kerak edi. Boshqacha bo’lishi mumkin ham emas edi. Lekin o’sha suronli 40 – yillarda «Buyuk Vatan» tushunchasiga ega o’zini azaliy orzusi o’z mustaqilligiga erishgan xalq – o’zbeklarga bugungi kunda qanday munosabatda bo’lishimiz kerak? Shu chaqiriq o’sha davrdagi «Vatan» tushunchasi bugungi kunda ham o’z mohiyatini saqlab turibdimi? Buning uchun to`garak jarayonida 4) faqatgina to`garaklik materiali bilan kifoyalanib qolmasdan, mavzuga dior qo’shimcha adabiyotlar, turli metodik vositalardan, jumladan ekran qo’llanmalari, magnitofon yozuvlari, teleto`garaklar, mavzuning mazmuniga qarab muzey to`garaklari yoki seminar to`garaklaridan maqsadga muvofiq foydalanmog’i kerak.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining tarix to`garaklarida oladigan tarixiy bilimlarini shakllantirish jarayoni o’zaro bog’langan bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, hozirgi kunda tarix to`garaklari jarayonida o’quvchilarning tarixiy bilimlarini shakllantirishda, ularda tarix faniga bo’lgan qiziqishni orttirishda bunday tarkibiy qismlardan foydalanish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Shu bois bugungi zamonaviy tarix fani o’qituvchisi bu jarayonlarni bevosita o’zlashtirib olishi zarur. Bitiruv malakaviy ishizmizning bajarilishida “Jahon tarixi” to`garaklari misolida o’quvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari va ularni o’qituvchi tomonidan bajarilishi xususida izlanish olib borib, uni talqin etishga harakat qilamiz. Mavzuning dolzarbligini ochib berish maqsadida tarkibiy qismlarning asosiylari ustida to’xtalamiz. Bu tarkibiy qismlarning eng asosiylari quyidagilardir:
a). O’quvchilarni yangi materialni o’rganishga tayyorlash va lozim bo’lganda undan foydalanish;
b). Sinfda olgan bilimlari va hosil qilgan malakalarini yanada mustahkamlash uchun o’quvchilarning uyga berilgan vazifani bajarishlari;
v). Keyingi to`garaklarda o’tilganlarni so’rash va takrorlash vaqtida o’quvchilarning bilimini to’ldirish va chiqurlashtirish;
c). Bilim, ko’nikma va malakalarini o’stirish.
To`garak turlariga xarakteristika berishda ta'lim jarayonining qonuniyatlari, uning asosiy bosqichlari (o’quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga tayyorlash, material bilan tanishtirish, uni tahlil qilish, umumlashtirish, mustahkamlash, ko’nikma va malakalar hosil qilish, olgan bilimni ishga solishga o’rgatish va tekshirish) asos qilib olinadi. Tarixni o’rganishning har bir bosqichi materialning mazmuniga qarab, o’ziga muvofiq shakl oladi. Tarix to`garakining turi o’rganilayotgan temaning g’oyaviy mazmuniga va o’quv-ta'limiy va tarbiyaviy vazifalariga qarab belgilanadi. Binobarin, ta'lim qonuniyatlarini amalga oshirish va temani o’rganishda foydalaniladigan to`garak turlarini unga muvofiqlashtirib borishning aniq usullari tarix dasturi materialining mazmuniga qarab belgilanadi.
Demak, tarix to`garaklarini klassifikatsiya qilish, uning xilma-xil turlaridan foydalanish o’qituvchining shaxsiy xohishiga emas, balki o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursining maqsadi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish zaruriyatidan kelib chiqadigan tarix ta'limining asosiy qonuniyatlari bilan bog’liqdir. Shuning uchun o’qituvchi to`garak turlarini tanlashda o’rganiladigan mavzuning mazmuni, xarakterini hamda uni o’quvchilarning ongli va puxta o’zlashtirishini, ya'ni ta'lim jarayonining asosiy qonuniyatlarini asos qilib olishi lozim. To`garak turini bu yo’sinda tanlash esa o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda o’qitish metodlari va usullari haqidagi masalani ijodiy hal qilishga yordam beradi.
Maktabda tarix o’qitishning maqsadi, ta'lim – tarbiyaviy vazifalari va mazmunini bilish uchun tarix o’qitishning ilmiy asoslarini egallab olishning o’zi kifoya qilmaydi. Tarix fannni o’qitish uchun, uni o’quvchilarning o’rganishi ham to`garakda, ham to`garakdan tashqari mashg’ulotlarda davom etadi. Maktabda ta'lim - tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy shakli to`garakdir. Binobarin, tarix to`garakining o’quvchilarga bilim berish, ularni vatanparvar ruhda tarbiyalash va komil inson bo’lib yetishishidagi orni beqiyosdir.
Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, O’zbekiston Respublikasi tarix to`garakiga bo’lgan umumiy psdagogik va didaktik talablar asosida zamonaviy to`garak variantlarini eksperimental tajribalar asosida ishlab chiqish shu kunga qadar biron tadqiqotchi olim yoki amaliyotchi o’qituvchining ilmiy izlanish ob'yekti bo’lmagan.
O’tmish tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, Turkiston Xalq Maorifi Komissarliginiig 1918 yil 12 seityabrda chiqargan farmonida, boshlang’ich maktabda tarix o’rganish quyidagi tartibda amalga oshirilishi qayd etilgan:
Ijtimoiy va madaniy taraqqiyot jarayoni bo’lgan umumiy tarixni o’rganish, Rossiya va Turkistoi xalqlari tarixini birmuncha aniqliklar kiritilgan holda o’rganish, o’rta maktabda G’arbiy Yevropa xalqlari tarixi – qadimgi, o’rta asrlar va ayniqsa yangi tarixni, shuningdek rus tarixini o’rganish tavsiya etilgan edi.
O’zbekiston maktablarida tarix fanini o’qitish tarixini sinchiklab o’rganar ekanmiz, 20 – yillarga kelganda Turkistonda tarix o’qitish metodikasini pedagogik fan sifatida shakllanishida dastlabki dadil qadamlar qo’yila boshlanganligini guvohi bo’lamiz. Masalai, 1927 yilga kelganda Turkistoi o’lkasida pedagogika fanini taraqqiy etdirishda katta hissa qo’shgan pedagog olim N. P. Arxangelskiy1 tomoiidan O’zbekiston umumga'lim maktablarida tarix o’qitish samaradorligini oshirishga bag’ishlangai qator ilmiy – metodik maqola va o’sha sharoit uchun nodir metodik qo’llanmalar yaratildi.
Onatariximizga nazar tashlar ekanmiz, o’zbek xalqining fashizmni tor – morkeltirishda o’ziningulkan hissasini qo’shganligini ko’rsatadigan dalillarni guvohi bo’lamiz. Dalillarga murojaat qilaylik:
Masalan, O’zbekiston urush yillarida davlatga 3 mln. 806 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 mln. 282 ming tonna don, 48000 tonna meva qoqi, 159 ming tonna go’sht, 22300 tonna jun va boshqa mahsulotlar yetkazib berdi.
O’zbekistondan 1 mln. ga yaqin kishi jangga safarbar etildi, urush yillarida O’zbekistonga sobiq Sovet Ittifoqining frontga yaqin va front zonalaridan 1 mln.ga yaqin kishi, jumladan 200.000 ming bola evakuatsiya qilindi, 1941 yiliiig iyul oyidan noyabr oyiga qadar O’zbekistonga Moskva shahri va viloyati, Ukraina, Belorussiya, Volga bo’yi hududlaridan yuzdan ko’proq korxonalar ko’chirib keltirildi, evakuatsiya qilingan korxonalar o’zbek ishchisi va xizmatchilarnniig kahramonona g’ayrati tufayli qisqa muddat ichida joylashtirildi va ishga tushirildi. Mazkur korxonalarning ko’pchiligi oldingi vaqtiga qaraganda ko’proq mahsulot chiqaradigan bo’ldi. Urush davomida O’zbekistoilik jangchilardan 120 ming kishi orden va medallar bilan mukofotlandilar.
Agar «Urush yillarida O’zbekiston maktablarida tarix o’qitish» masalasining o’zini alohida olib qaraydigan bo’lsak, bu davrda O’zbekistonda umumta'lim maktablarida tarix o’qitish xususida va umuman O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish borasida tahsinga molik ko’pgina ilmiy – uslubiy asarlar yaratilgailigini bilamiz.
Tarix o’qitish metodikasiga doir uslubiy va didaktik adabiyotlarda tarix o’qitishga bo’lgan zamonaviy talablar ham alohida qayd etiladi. Jumladan, Akademik Mirza Mahmudovning «Sovremenniy urok» (M. «Prosveheniye», 1989), P.S. Leybeshrubning «Didakticheskiye trebovaniya k uroku istorii» (M. Izd ~ vo APN RSFSR, 1960). N.G.Dayrnining «Sovremenno'e trebovaniya k uroku istorii» ( M. 1979) va boshqalar. Bu asarlar garchi bevosita tarix o’qitish masalasiga bag’ishlanmagan bo’lsada, aslida 60 – 70 – 80 – yillar sharoitida yozilgan. Lekin metodist olimlarning sho’ro jamiyatining 70 yildan ziyod davr ichida yaratgan.


Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling