O‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar tizimi shakllanadi:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi va javob beradi;
ijtimoiy moslashadi, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi.
A2+
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila biladi, uni ishontira biladi;
turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqara oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi.
A2+
media vositalardan zarur bo‘lgan (tarixiy, ilmiy, badiiy) axborotlarni izlab topa oladi, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media madaniyatga rioya qiladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib boradi, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;
o‘z xatti-harakatini adekvat baholay oladi.
A2+
fanga oid tanlovlar va tadbirlarda ishtirok etadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2, A2+
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi va faol ishtirok etadi;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2, A2+
orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi,
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) biladi, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qiladi;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |