1428-1468-yillar «O‘zbek ulusi»da Abulxayrxonning hukmronligi.
1428-yil Abulxayrxon Sharqiy Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat «O‘zbek ulusi» (o‘zbeklar mamlakati) deb ham ataladi.
1447-yil Xuroson hukmdori Shohrux vafot etishi va Xuroson davlatining parchalanishi.
1468-yil Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, «O‘zbek ulusi» parchalanib ketdi.
1469-1506-yillar Xurosonda Sulton Husayn Boyqaroning hukmronligi.
1483-yil 14-fevral – 1530-yil 26-dekabr Bobur Mirzoning yashagan-yillari.
1493-1529-yillar Bobur «Boburnoma»da bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar haqida-yilma-yil hikoya qiladi.
1494-1495-yillar Movarounnahrda Sulton Mahmudning hukmronligi.
1494-yil Bobur Mirzoning amakisi Sulton Ahmad Mirzo Farg‘ona ustiga yurish.
1495-1497-yillar Movarounnahrda Boysung‘ur Mirzoning hukmronligi.
1496-yil 17-iyun Bobur Mirzo birinchi-marta Samarqandga yurishi.
1497-yil-noyabr oxiri Bobur Mirzo Samarqand taxtini egallaydi.
1499-yil Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etishni boshlashi.
1500-1556-yillar yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar yashagan-yillar.
1500-yil kuz Bobur Mirzo Samarqandga yurish boshladi. Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi-marta egalladi.
1501-yil Muhammad Shayboniyxon Samarqandni uzil-kesil egalladi.
1501-1601-yillar – Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi.
1503-yil Shayboniyxon tomonidan Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi.
1504-yil Farg‘ona zabt etildi. Shu tariqa butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Samarqand shahri poytaxt etib belgilandi.
1504-yil sentabr Bobur Mirzo Kobulga borib, bu yerda hokimiyatni qo‘lga kiritdi.
1505-yil Muhammad Shayboniyxon Urganch shahrini bosib oldi.
1506-1509-yillar Shayboniyxon tomonidan Xuroson zabt etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |