Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari


Download 53.64 Kb.
bet15/19
Sana28.03.2023
Hajmi53.64 Kb.
#1302873
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
dastur-ozbekiston-tarixi-8.docx

1824-1878-yillar qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) yashagan-yillar.
1827-1900-yillar qoraqalpoq xalqi adabiyotining asoschisi Berdaq (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li) yashagan-yillar.
1710-1721-yillar – Farg‘ona vodiysida Shohruxbiyning hukmdorligi davri.
1710-yil Qo‘qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi.
1733-1750-yillar – Qo‘qon xonligida Abdulkarimbiy hukmdorligi. U Eskiqo‘rg‘on qal’asi yonida hozirgi Qo‘qon shahriga asos solib, o‘z poytaxtini Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qon shahriga ko‘chiradi. Shahar atrofini devor bilan o‘ratadi.
1784-yil to‘rt hokimlik tugatilib, yagona siyosiy hokimiyatning vujudga kelishi natijasida mustaqil Toshkent hokimligi tashkil topdi.
1787-1822-yillar – Umarxon yashagan-yillar.
1798-1810-yillar – Olimbekning davrida Qo‘qonning siyosiy mavqeyi yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirdi.
1799-yil Toshkentni bo‘ysundirish maqsadida Qo‘qon xoni Olimxon qo‘shinlari Toshkentga yurish boshlaydilar. Yunusxoja ularga qarshi o‘z qo‘shini bilan chiqib, Chirchiq bo‘yidagi Qorasuv mavzeyida ularga zarba beradi.
1800-yil kuzi Qo‘qon xonligi va Toshkent qo‘shinlari o‘rtasidagi asosiy jang Sirdaryo bo‘yidagi G‘urumsaroy (Namangan viloyatiga qaraydi) yaqinida bo‘lgan. Bu jangda Toshkent qo‘shini yengilgan.
1805-yil Olimbek o‘z davlatini rasman Qo‘qon xonligi deb, o‘ziga esa «xon» rutbasini oldi va uni Olimxon deb atay boshlashdi.
1809-yil Toshkent Qo‘qon xonligiga qo‘shib olinadi. Shu tariqa, Toshkent mustaqilligi butunlay barham topdi.
1810-1822-yillar Umarxon hukmronligi davri.
1819-1822-yillar Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangi ariq kanali qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan.
1822-1842-yillar Muhammad Alixon (Madalixon) davrida Qo‘qon xonligining hududi ancha kengaydi.

Download 53.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling