(A2 5 soat, A2+ 6 soat)
20-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida qoraqalpoqlarning hududiy joylashuvi va ijtimoiy ahvoli. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
XIX asrda qoraqalpoqlar. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti. Qoraqalpoq ulusining shakllanishi. Xo‘jaligi va mashg‘ulotlari. Qoraqalpoqlarda urug‘chilik va qabilaviy munosabatlar. Urf-odatlar va turmush tarzi.
21-mavzu. Soliq va majburiyatlar. Xalq qo‘zg‘olonlari. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Soliq va majburiyat turlari. Xalq qo‘zg‘olonlari.
22-mavzu. Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Gandimiyon shartnomasidan so‘ng qoraqalpoqlar hayotidagi o‘zgarishlar. 1870-yillarning boshlariga kelib esa ular deyarli o‘troq turmush kechirishga o‘tishdi. XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarning ma’muriy markazi Chimboy. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar.
23-mavzu. XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati. (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Xalq og‘zaki ijodiyoti. «Qirqqiz» dostoni. Ilm-fan. Qoraqum eshon va Tosh madrasalar.
Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).
VI BO‘LIM. JADIDLAR HARAKATI VA UNING TURKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTIDAGI AHAMIYATI
(A1 6 soat, A2+ 8 soat)
24-mavzu. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi (A1 1 soat, A2+ 2 soat).
Turkistonda jadidchilik oqimi paydo bo‘lishining shart-sharoitlari. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi. Jadidchilik harakatining Turkistonga yoyilishi. Qo‘qon, Andijonda, Toshkentda jadid maktablarining ochilishi.
25-mavzu. Jadidlar: dasturiy maqsad va vazifalari (A1 1 soat, A2+ 2 soat).
Jadidlarning g‘oyalari va mafkurasi. Hurriyat, Musavvot, Adolat (Ozodlik, Tenglik, Adolat). Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari jadidchilik harakati markaziga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |