33-mavzu. Yosh Buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
«Yosh buxoroliklar». Amir Olimxon islohotlari. 1917-yil namoyishlar. 1920-yil 29-avgustda Chorjo‘yda qo‘zg‘olon uyushtirildi. Buxoro amirligining qulashi. 1920-yil BXSR tashkil qilindi.
34-mavzu. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Xonlikning ijtimoiy-siyosiy tuzumi. Xonlik ma’muriy jihatdan 20 ta beklikka bo‘lingan. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot. Mehtar (bosh vazir) va devonbegi (devonxona mutasaddisi). Yer egaligi. Soliq va majburiyatlar.
35-mavzu. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi (A1 1 soat, A2+ 2 soat).
Sanoatning rivojlanishi. Dastlabki paxta tozalash zavodlari. Xonlikning Rossiya imperiyasi bilan savdo aloqalari. 1885-yilda Kaspiyorti temir yo‘lining qurilishi, 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasi ta’sis etilishi. Hunarmandchilik va ichki savdo. Kasanachilikning rivojlanishi.
36-mavzu. Xiva xonligining tugatilishi (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Mamlakatda xalq harakatlarining kuchayib borishi. Yosh xivaliklarning faoliyati. Islohotlar uchun kurash. Xonlikning tugatilishi. 1920-yil 27-aprel XXSRning e’lon qilinishi.
Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).
IX BO‘LIM. MUSTAMLAKA SHAROITIDA TURKISTONDA MADANIY HAYOT
(A2 8 soat, A2+ 8 soat)
37-mavzu. Ta’lim tizimi. Matbuot (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
An’anaviy ta’lim muassasalari. Rus-tuzem maktablari. Yangi usul maktablari. Mustamlakachi hukumatning yangi usul maktablariga qarshi kurashi. Matbuot va jurnalistika. Ilk o‘zbek gazetasi.
38-mavzu. Turkistonda ilm-fan taraqqiyoti (A1 1 soat, A2+ 2 soat).
Tarix fanidagi yutuqlar. Mulla Olim Mahdum Hoji «Tarixi Turkiston». Tabiiy fanlarning rivojlanishi. Adabiyotda yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |