Tarix fani


-mavzu. Teatr va musiqa san’ati (A1 1 soat, A2+ 1 soat)


Download 73.35 Kb.
bet16/20
Sana29.01.2023
Hajmi73.35 Kb.
#1139601
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
dastur ozbekiston tarixi 9

39-mavzu. Teatr va musiqa san’ati (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Turkistonda xalq teatri. Turkistonda Yevropa va rus teatrlarining kirib kelishi. Jadid teatrlarining vujudga kelishi. Turkistonda 1911-yil dastlabki yozma milliy sahna asarlar. Musiqa san’ati.
40-mavzu. Me’morchilik va tasviriy san’at (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Me’morchilik maktablari. Xorazm me’morchilik maktabi. Buxoro me’morchilik maktabi. Yevropa uslubidagi binolar qurilishi. Sitorayi Mohi Xosa, Nurillaboy saroyi Sharq va G‘arb an’analari asosida bunyod etilgan. Tasviriy san’at. Naqshamaliy san’at markazi Buxoro.
Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Nazorat ishi (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
O‘quvchilarda fanga oid quyidagi kompetensiyalar tizimi shakllanadi:
Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
A2
O‘zbekiston tarixiga oid davr va-yillar hisobini biladi. Hijriy-yilni milodiyga, milodiy-yilni hijriy-yilga o‘gira oladi, tarixiy va geografik makon, tarixiy davr haqida ma’lumot bera oladi;
O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilgacha sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan insoniyatning tarixiy evolyusiyasi, inson va jamiyat, jamiyat ma’naviy hayotining shakllanishi, taraqqiyot, davlat, iqtisodiy, ijtimoiy, diniy, siyosiy va madaniy jarayonlari haqida ma’lumot bera oladi;
Mamlakatimizda ilm-fan rivojining jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi.
A2+
O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilga sodir bo‘lgan voqea va jarayonlarga tarixiy davr nuqtai nazaridan munosabat bildira oladi.


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha tarixiy materiallar yordamida hozirgi kun bilan bog‘lay oladi;
O‘zbekiston tarixining XIX asr o‘rtalaridan 1917-yilgacha jahon tarixida sodir bo‘lgan tarixiy voqeiylikni bayon qilishda tarixiy atamalar, sanalar, shaxs nomlari, toponimik atamalarni sharhlay oladi.
Quyidagi tarixiy atamalar mazmunini tushuntira oladi:
Amirlik, Xonlik, Qushbegi, Devonbegi, Mirzaboshi, Mushrif, Dodhox, Parvonachi, Shaxul islom, Muftiy, Muxtasib, Qozikalon, Sadr, Otaliq, Vaqf, Xiroj, Yarimchi, Amlok, Mutavalli, Shushr, Qozon puli, Solg‘ut, Zakot, Mirob, podsho Rossiyasi, Mustamlakachilik siyosati, Jadidlar, Ultimatum, chor Rossiyasi, Nizom, yarim podsho,Imperator, general-gubernator , turkvo shtabi, Kaspiyorti, Mahkama, Politsiya, Diplomatiya, Xarbiy Gubernator, Protektarant, Vassal, To‘ra, Kotributsiya, Pristan, Volost, U’ezd, Duma, Komendant, Xalq sudlari, Uchastka mirovoy sudyalar, Ispravnik, Zamstvo, Qozi sudlar, Vabo isyoni, Eshon dukchi, Kazarma, Katorga, Otaliq, Beklarbegi, Maorif, Senzura, Delegat, Muxtoriyat, Jevachi, Pulmet, Tanobona, Kafsan, Stixiyali, Notarial, Assambleya, Muttassib, Radikal, Muvaqqat, Mehtar, Afanak, Ameta, Sex, Manifest, Konservativ,Tuzem, Gimnaziya, Matbuot, Metralogiya, Feleton.
Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi:
Munis, Ogahiy, Ahmad Donish, Muhammad Aminxon, Muhammad Rahimxon Xudoyorxon, M.Murkroft, A.Byorns, I.Volf, J.Ebbot, Perovskiy, Amir Muzaffar, Amirlashkar Alimqul. Hakimxo‘ja, Abdurahmon eshon, Solihbek oxun, K. P. fon Kaufman, F.Romanovskiy, Bobobek, Jo‘rabek, Abdumalik To‘ra, Abdurahmon Oftobachi, Nasriddinbek, Skobelev, Aleksandr, Aleksandr III, Po‘laton, Yetimxon, Darvishxon, Muhammad Ali Eshon, Ernazarbiy, Bobo Go‘klan, Kunxo‘ja, Otash Olshinboy, Ajiniyoz, Berdaq, Ismoil G‘aspirali, Salohiddin domla, Shamsiddin domla, Mannon qori, Behbudiy, Munavvar, Nikolay II, Nazir Hoji eshon va Abdurahmon jevachi, Amir Olimxon, Asfandiyorxon, Junaidxon, Sayid Abdulla, Ismoil Obidov, Mulla Olim Mahdum, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira Anbar otin, Avaz O‘tar, Ahmad Donish, V.F.Komissarjevskaya.
Quyidagi joylarni tarixiy xaritadan ko‘rsata oladi, ma’lumot bera oladi:
Buxoro, Qo‘qon, Xiva, Urganch, Chust, Urgut, Marg‘ilon, Namangan, Skobevka, Chimkent, Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor, Shayxontahur, Labzak, Tahtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Samarqand darvoza, Kamalon, Qo‘ymas, Qo‘qon darvoza, Qashg‘ar darvoza, Orenburg, Jizzah, Toshkent, Kogon, Shahrixon, Nukus, Chimboy, To‘rtko‘l, Rim Qa’la, Oq masjid, Pishpak, port Perovsikiy, fetro Aleksandvsk, Yettisuv, Samarqand, Kaspiy orti, Turkiston, Sharqiy Turkiston, Yassi, Chirchiq, Verniy, Irtish,Raim qal’a, Qoryog‘di.



Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling