1. Avstrolopitek odam suyagi qayerdan topilgan?
A) Xitoydan
B) Indoneziyaning Yava orolidan
C) Sharqiy Afrikadan
D) Janubiy Afrikadan
2. O’zbekistondagi qadimgi yodgorlik Teshiktosh g‘oridan qanday buyumlar topilgan?
1) Tosh qurollari. 2) Sopol buyumlari. 3) Hayvon suyaklari. 4) Dehqonchilik
qurollari. 5) Qoyatosh rasmlari. 6) Inson suyaklari.
A) 1,5
B) 2,3,4
C) 3,4,5
D) 1,3,6
3. Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrda eng qadimgi odamlarning manzilgohlari
qayerlarda bo‘lgan?
A) G‘orlarda va daralarda.
B) Kichik daryolar yoki buloqlar yaqinidagi tepaliklarda.
C) Daralar va o‘rmonlarda.
D) Chayla va yerto‘lalarda.
4. Zinjantrop odam suyagi qayerdan topib tekshirilgan?
A) Indoneziyaning Yava orolidan
B) Sharqiy Afrikadan
C) Xitoydan
D) Janubiy Afrikadan
5. Indoneziyaning Yava orolidan eng qadimgi davrda yashagan qaysi odam suyagi
topilgan?
A) sinantrop
B) neandertal
C) pitekantrop
D) avstrolopitek
6. Xitoy hududidan eng qadimgi davrda yashagan qaysi odam suyaklari topib
tekshirilgan?
A) sinantrop
B) neandertal
C) avstrolopitek
D) kromanyon
7. Neandertal odam suyagi qayerdan topilgan?
A) Germaniya
B) Fransiya
C) Xitoy
D) Indoneziya
8. Hozirgi qiyofadagi odam-kromanyon suyaklari dastlab qayerdan topilgan?
A)
Yava orolidan (Indoneziya)
B) Sharqiy Afrikadagi
Kromanyon g‘oridan
C) Janubiy Afrika
Kromanyon g‘oridan
D)
Fransiyadagi Kromanyon g‘oridan
2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari
6-SINF QADIMGI DUNYO TARIXI FANIDAN TEST SAVOLLARI
9. Buyuk muzlash davri qachon boshlangan?
A) ilk paleolitning boshida
B) so’ngi paleolitning boshida
C) ilk paleolitning so’nggi davrida
D) o’rta paleolitning so’nggida
10. Qaysi omil eng qadimgi tasviriy san’at rivojlanishi uchun asos bo’lgan?
A) odamning tabiat kuchlari oldidagi ojizlik
B) diniy e’tiqodning paydo bo’lishi
C) odamning o’zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi
D) patriraxat davrining boshlanishi
11. O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qaysi manzilgohdan
topilgan?
A) Toshkent viloyati Ko’lbuloq manzilgohi, Surxondaryo viloyati Zarautsoy manzilgohi
B) Farg’ona vodiysi Selung’ur makoni, Surxondaryo viloyati Zarautsoy manzilgohi
C) Farg’ona vodiysi Selung’ur makoni va Toshkent viloyati Ko’lbuloq manzilgohi
D) Surxondaryo viloyati Zarautsoy manzilgohi
12. Ularning bir tomoni urib o’tkirlangan qo’pol tosh qurollar arxeologiya fanida qanday
nomlangan?
A) makrolit
B) chopper
C) amulet
D) mikrolit
13. Eng qadimgi kishilarning qaysi mashg’ulotlari o’zlashtiruvchi xo’jalik deb ataladi?
A) dehqonchilik va chorvachilik
B) dehqonchilik va ovchilik
C) termachilik va ovchilik
D) hunarmandchilik va to’quvchilik
14. Teshiktosh g’oridan qazib olingan eng mashhur topilmani aniqlang?
A)
tosh qurollari va ularning parchalari
B) qushlarning suyaklari
C)
tog‘ echkisi, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar,shuningdek,
qushlarning suyaklari topilgan.
D) tosh asriga mansub 8-9 yashar neandertal bolaning suyaklari
15. Teshiktosh g’oridan topilgan bola jasadi atrofiga arxar shoxlari qadab chiqilgan.
Murdaning dafn etilishi ……………….. bilan bog‘liq bo‘lgan.
A) qabila udumlari
B) dastlabki diniy e’tiqodlar
C) matriarxat davri
D) jasad urug’ining ajdodlari
16. Qadimgi insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o’zgarib borishiga nima sabab
bo’lgan?
A) tevarak olam haqida to’plangan bilimlar
B) mehnat faoliyati
C) mehnat faoliyati va tevarak olam haqida to’plangan bilimlar
D) diniy e’tiqodning rivojlanishi
17. Odamni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish fanda
qanday ataladi?
A) sexrgarlik
B) totemizm
C) animizm
D) fetishizm
18. Eng qadimgi odamlarning buyumlar omad keltirishiga yoki balo-qazoni bartaraf
etishiga e’tiqod qilishi fanda qanday nomlanadi?
A) totemizm
B) sexrgarlik
C) animizm
D) fetishizm
19. Eng qadimgi odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bog’liq qoya rasmlarining
dastlabkilari qaysi davrga oid bo’lgan?
A) so’nggi paleolit
B) o’rta paleolit
C) mezolit
D) ilk paleolit
20. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylarini aniqlang?
A) Ispaniyadagi Altamir g’ori, Fransiyadagi Lasko g’ori, Boshqirdostondagi Kapova g’ori
B) Boshqirdostondagi Lasko g’ori, Fransiyadagi Kapova g’ori, Ispaniyadagi Altamir g’ori
C) Ispaniyadagi Altamir g’ori, Boshqirdostondagi Lasko g’ori, Fransiyadagi Kapova g’ori,
D) Fransiyadagi Altamir g’ori, Boshqirdostondagi Lasko g’ori, Ispaniyadagi Kapova g’ori
21
.
Quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud?
1) O’rta paleolitning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlandi.
2) Tarix fanida enq qadimgi odamlar ibtidoiy odamlar deb ataladi.
3) O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg‘ona vodiysidagi Selungur
makonidan va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq manzilgohidan ham topilgan.
4) Kishilarning eng qadimiy mashg‘uloti bo‘lgan termachilik va qadimgi dehqonchilik
o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi.
5) Teshiktosh g‘orida topib tekshirilgan, tosh asriga mansub 8 – 9 yashar kromanyon bolaning
suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir
A) 1,2,4,5
B) 1,4,5
C) 1,3,4
D) 1,2,3,4,5
22. Quyidagilardan bir-biriga mos kelmaydigan juftlikni toping.
1) ilk paleolit - pitekantrop va sinantrop odam
2) o‘rta paleolit – kromanyon odam
3) so‘nggi paleolit – Teshiktosh g‘ori
4) termachilik va ovchilik - o‘zlashtiruvchi xo‘jalik
A) 1,2,3
B) 2,4
C) 1,2,3,4
D) 2,3
Mazkur 6-sinf tarix fanidan tuzilgan
mavzulashtirilgan test savollari to’plamini
www.Shuhratbek.uz
sayti muallifining yozma
ruxsatisiz chop etishingiz, to’plamdan nusxa
kо’chirishingiz, to’plamdagi ma’lumotlarni boshqa
saytlarda chop etishingiz, yoki to’plamni uchinchi
shaxslarga berishingiz ta’qiqlanadi.
MUALLIF HAQIDA
QR KODI ORQALI TELEFONDA KIRISH
HURMATLI FOYDALANUVCHI!