Tarix o’qituvchilari uchun mutaxassislik fanlaridan testlar
“Kommunikativ kompetentlik» tushunchasi kim tomonidan fanga kiritilgan?
*a) D.Xayms
b) J.Raven
c) A.Markova
d) L.Mitina
Qaysi tayanch kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o’zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olishni layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
*a) Kommunikativ kompetensiya
b) Axborot bilan ishlash kompetensiya
c) O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiya
d) Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya
Fasilitator so’zi qanday ma'nonni anglatadi?
*a) “yengil”, “qulay”
b) “maslahatchi”
c) “tekshiraman”
d) “o’ylamoq”
Qaysi pedagogik faoliyat turi o’qituvchi sifatida o’rgatadi, fasilitatorlik, maslahatchi, ekspert vazifasini bajaradi
*a) Supervizor
b) Moderator
c) Edvayzer
d) Tyuter
Javoblardan qaysi biri “Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash» kompetensiyasi komponenti hisoblanadi?
*a) XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqyelikni bayon qilishda muhim bo’lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi
b) Voqyea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi
c) Tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog’lay oladi
d) Tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma'lumot bera oldi
Davlat ta'lim standartining tarkibiy qismlari qaysi javobda to’liq berilgan?
*a) umumiy o’rta ta'limning tayanch o’quv rejasi; umumiy o’rta ta'limning o’quv dasturi; umumiy o’rta ta'limning malaka talablari; baholash tizimi
b) umumiy o’rta ta'limning ishchi o’quv rejasi; umumiy o’rta ta'limning ishchi o’quv dasturi; umumiy o’rta ta'limning malaka talablari; baholash tizimi
c) umumiy o’rta ta'limning tayanch o’quv rejasi; umumiy o’rta ta'limning o’quv dasturi; umumiy o’rta ta'limning davlat talablari; umumiy o’rta ta'limning malaka talablari; baholash tizimi
d) umumiy o’rta ta'limning ishchi o’quv rejasi; umumiy o’rta ta'limning ishchi o’quv dasturi;
Do'stlaringiz bilan baham: |