Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Download 0.99 Mb.
bet70/113
Sana23.09.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1686449
TuriReferat
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik” (1)

Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan qog’oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish bilan shug’ullanadi.
Geraldika (yunon. Gerald –gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilarni (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg’alari) o’rganadi.
Sfragistika (yunon. Spragis –muhr) qadimiy muhrlar (podshohlar, xonlar, amirlar va qozilar muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog’och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o’yib yozilgan qadimgi bitiklarni o’rganadi.
Numizmatika (lotin. Numis –pul) qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. Metron -o’lchov, logos – tushuncha – bilim; o’lchovlar haqida tushuncha) o’tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo’lgan og’irlik, masofa va sath o’lchovlarini o’rganadi.
Xronologiya (yunon. Xronos – vaqt, logos - tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo’lgan yil hisobi va taqvimni o’rganuvchi soha. Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni o’rganishga bag’ishlangani uchun Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur.


2 Mavzu: Manbalarni o’rganish: aniqlash, tiklash, tahlil qilish
Manbashunoslik sohasidagi tadqiqot. Manbalarni aniqlash va uning ilmiy ahamiyati. Manbalarni mavzular tartibida saralash va uning asosiy shartlari. Manbalarni taxlil qilish uslublari. Manbalarni tashqi va ichki belgilariga qarab taxlil qilish. Manbalarni umumiy tavsiflash va alohida bir manbani tadqiq etish. Matnni aniqlash. Asl manba. Manba yozilgan davr va joy, unda tarixiylikning in’ikosi. Manbaning yaratilish tarixi shart-sharoit va undagi tarixiy haqqoniylik mezoni (hujjatlarda tarixiylik deyarli real aks etgan bo’ladi). Asl manbadan ko’chirilgan nusxalar. Nusxalarning asl manbaga yaqinligini aniqlash muammolari. Tarixiy manba haqida umumiy xulosalar chiqarish.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling