Kafedra mudiri: t.f.n. O’. Abdullayev
Ishchi o`quv dasturi Tarix fakulteti ilmiy kengashining 2012 yil «___» _______ dagi majlisida muhokama qilingan.
Ilmiy kengash raisi: t.f.n. T. Abdullayev
O’quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda tarixshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning turlarini va tadqiqotlar natijalarini jamlash, manbashunoslikning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va tashqi tahlil qilishni hamda asosan, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog’liq manbalar haqida umumiy ma’lumot olishi, manbalarni o’rganish har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil qilishga oid bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga manbalar va tarixiy tadqiqotlarning manbashunoslikdagi va tarixnavislikdagi o’rni, tarix bilimini targ’ib qilishning shakllari, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog’liq manbalar haqida umumiy ma’lumot olishi, ta’lim jarayonidda manbalar va ilmiy tadqiqotlardan ishlarida foydalanishni o’rgatishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Manbashunoslik» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalalar doirasida bakalavr:
- Manbashunoslik va tarixshunoslik kursining maqsad va vazifalari, O’zbekistonda manbashunoslik va tarixshunoslik, tarixnavislikning shakllanishi va taraqqiyoti, Manbashunoslikning asosiy bo’limlari, tarixiy manbashunoslik va uning asosiy yo’nalishlari, manbashunoslik va tarixshunoslikning nazariyasini bilishi kerak;
- Talaba tarixiy ma’lumotlarni xolis, tarixiylik asosida tahlil qilishi, tarixiy manba va tadqiqotlarni xolis, mustaqil tadqiq qilishi, O’rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixi manbalari, O’rta Osiyoning o’rta asrlar va XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy manbalari, tadqiqotlari, mintaqaning chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi hamda sovet hokimiyati yillari tarixini yorituvchi manbalar, tadqiqotlar haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- talaba mustaqil O’zbekistonda Manbashunoslik va tarixshunoslikning muammolari va taraqqiyot vazifalari, hozirgi sharoitda O’zbekiston Respublikasi tarixiy Manbashunoslik va tarixshunoslikning xususiyatli jihatlarini ilmiy jihatdan o’rganishi, tarix bilimlarini rivojlanishi va o’zgarishlarini aniqlovchi omillar, tarix bilimi, tarix fanidagi izchillik, tarix fanida mavjud bo’lgan oqimlar va maktablar, tarix fani tarixidagi ijtimoiy va siyosiy tarkibiy qismlar, tarix fanining vujudga kelishiga oid malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |