Tarix milliy sertifikat Bahrom Hikmatov
II AQSh Yaponiya TMS Tarix milliy sertifikat
Download 398.63 Kb. Pdf ko'rish
|
tarix (dtm) Milliy sertifikat
II AQSh Yaponiya TMS Tarix milliy sertifikat Bahrom Hikmatov ❗️. Har kuni bepul, sifatli testlar ishlash uchun quyidagi guruhga ulanib oling Rasmiy guruh linki : @Tarix_milliy_sertifikat 45. No‘g‘ay xonligi parchalangach, qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ko‘chib kelib, 1556-yilda . . . . A) Xiva xonligi tarkibiga kirgan B) qozoqlarning Kichik Juz xonligi tarkibiga kirgan C) Buxoro xonligi tarkibiga kirgan D) Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan 46. 1964-yilda Buyuk Britaniyada hokimiyat tepasiga qaysi partiya kelgan? A) Leyboristlar B) Liberallar C) Konservatorlar D) Respublikachilar 47. Qadimgi davlatlar va ularga oid ma’lumotlarni to’g’ri tartibda muvofiqlashtiring. 1) Kushon davlati; 2) Davan davlati; 3) Qadimgi Xorazm; 4) Salavkiylar davlati. a) aholisi So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan; b) san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan; c) davlat tarkibidagi Baqtra, Maroqanda, Marv, Termiz yirik shahar va madaniyat markazlariga aylangan; d) Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan. A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 48. Quyidagi ma’lumotlar qaysi hukmdor haqida ekanligini toping. “U XVIII asrda Koreyada hukmronlik qilgan. Uning davrida so‘roq qilish paytida qiynoqning eng og‘ir turlari taqiqlangan va qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e’lon qilingan”. A) Yosimune B) Kojon C) Sechjon Buyuk D) Yongjo 49. 1895-yil har xil buyum, narsalardan turlicha o‘tuvchi ko‘rinmas nurlarni kashf etgan olimni aniqlang. A) F.A.Lesh B) V.K.Rentgen C) R.Virxov D) K.Eber 50. Davlat - voqea - shaxs mosligi to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) Movarounnahr - "oq kiyimlilar" qo‘zg‘oloni - Bobo-Go‘klan boshchiligida B) Angliya - Jakeriya qo‘zg‘oloni - Uot Tayler boshchiligida C) Koreya - Li hukmron sulolasiga qarshi eng yirik qurolli qo‘zg‘olon - Xon Gyon Ne boshchiligida D) Turkiston o‘lkasi - Jizzax qo‘zg‘oloni - Darvishxon boshchiligida 51. To‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping. A) Qadimgi Rim - agora B) Qadimgi Yunoniston - akveduk C) Ahamoniylar davlati - satrap D) Qadimgi Misr – zikkurat 52. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan javobni qo‘ying. O‘rta asrlarda Germaniya: 1) Frankoniya; 2) Gabsburglar; 3) . . . . A) Tyudorlar B) Saksoniyaliklar C) Burbonlar D) Romanovlar 53. Quyidagilardan Rossiya imperatorlari Aleksandr II (a) va Nikolay II (b) hukmronligi davrida bo‘lib o‘tgan voqealarni belgilang. 1) Berlin kongressi chaqirildi; 2) turkmanlarni Rossiya imperiyasiga bo‘ysundirish nihoyasiga yetdi; 3) Susima yonida rus floti yapon floti tomonidan yakson qilindi; 4) Rossiya "To‘rtlar ittifoqi" davlatlari bilan Brest tinchlik shartnomasini imzoladi A) a-1, b-3 B) a-1, b-4 C) a-2, b-3 D) a-2, b-4 54. XIV asr oxirlarida yuzaga kelgan siyosiy jarayonlarda Amir Temurga qarshi ittifoq tuzib, unga qarama-qarshi turgan davlatlarni aniqlang. 1) Xitoy; 2) Mo‘g‘uliston; 3) Oltin O‘rda; 4) Eron; 5) Misr; 6) Dehli sultonligi; 7) Usmoniylar davlati A) 2, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 7 C) 1, 4, 6, 7 D) 3, 4, 5, 6 55. Quyidagi qaysi Rim imperatori davrida Suriya va Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirgan? A) Avgust B) Feodosiy C) Romul D) Trayan 56. Quyida keltirilgan tarixiy shaxslardan qaysi biri Ahamoniylar davlati hukmdori bo‘lmagan? A) Kiaksar B) Kserks C) Doro I D) Kambiz II 57. Quyidagi grafikda qaysi raqamlar ostida asar va uning muallifi bir-biriga muvofiq keladi? A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 4, 6, 8 D) 2, 3, 5, 7 TMS Tarix milliy sertifikat Bahrom Hikmatov ❗️Har kuni bepul, sifatli testlar ishlash uchun quyidagi guruhga ulanib oling Rasmiy guruh linki : @Tarix_milliy_sertifikat Download 398.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling