Tarix milliy sertifikat Bahrom Hikmatov
Download 398.63 Kb. Pdf ko'rish
|
tarix (dtm) Milliy sertifikat
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIX 31.
TMS Tarix milliy sertifikat Bahrom Hikmatov ❗️Har kuni bepul, sifatli testlar ishlash uchun quyidagi guruhga ulanib oling Rasmiy guruh linki : @Tarix_milliy_sertifikat TARIX 31. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan to’g’ri javobni toping. XIX asr II yarmi - XX asr boshlari a) mamlakatda fuqarolar urushi bo‘lib o‘tdi; b) yerni mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi; c) qullik bekor qilindi; d) “Gomstedlar to‘g‘risida” qonun qabul qilindi; e) mamlakatda yagona pul birligi - iyena joriy etildi; f) Xitoyning Szyaochjouvan bandargohini bosib oldi; g) 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi; h) Tinch okeanidagi Gavayi orollarini bosib oldi; i) Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o‘ziga qo‘shib oldi; j) Panamada Kolumbiyaga qarshi isyon tashkil etib, u yerda "qo‘g‘irchoq" hukumat tuzdi. A) I-d, f, h, g; II-a, b, c, e; III-i B) I-a, c, j, f; II-d, e, h, i; III-b C) I-b, d, f, j; II-c, e, g, i; III-a D) I-c, d, h, j; II-b, e, g, i; III-a 32. To‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping. A) 1918-1920-yillarda Parij tinchlik konferensiyasi o‘tkazilgan. B) 1918-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi. C) 1921-1922-yillarda Vashington konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. D) 1924-yilda Sovet Rossiyasi va Germaniya o‘rtasida Rapallo shartnomasi imzolangan. 33. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar? 1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5 34. Eron tarixida bo‘lib o‘tgan voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1) Safaviylar davlati vujudga keldi; 2) Qojarlar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi; 3) Nodir Quli Eron shohi deb e’lon qilindi; 4) Afg‘onlar yetakchisi Mir Mahmud Eron shohi deb e’lon qilindi A) 1, 4, 3, 2 B) 3, 2, 4, 1 C) 1, 4, 2, 3 D) 3, 1, 4, 2 35. Quyidagi qaysi davlatlar qo‘shinlari Marv vohasining bosh to‘g‘oni - Sultonbandni buzib tashlagan? 1) Arab xalifaligi; 2) Mo‘g‘ullar davlati; 3) Xiva xonligi; 4) Buxoro amirligi A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 36. Quyidagi qaysi hukmdorlar Bobilni egallashga muvaffaq bo‘lgan? 1) Kir II; 2) Doro I; 3) Kambiz II; 4) Salavk A) 2, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 4 37. Xitoy Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilingan yilni aniqlang. A) 1920-yil B) 1931-yil C) 1925-yil D) 1937-yil 38. Eronning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli integratsiyalashuviga to‘siq bo‘lib turgan yadroviy dasturi 2015-yil iyulda qaysi davlatlar vakillari bilan imzolagan kelishuvi orqali hal qilindi? 1) Hindiston; 2) AQSh; 3) Rossiya; 4) Iordaniya; 5) Xitoy; 6) O‘zbekiston; 7) Buyuk Britaniya; 8) Fransiya; 9) Pokiston; 10) Germaniya; 11) Iroq A) 2, 3, 6, 7, 9, 10 B) 2, 3, 5, 7, 8, 10 C) 1, 4, 5, 8, 9, 11 D) 1, 4, 5, 6, 7, 11 39. Xiva xonligida kimning hukmronligi davrida podsho Rossiyasi N.Muravyov rahbarligida maxsus ekspeditsiya yuborgan? A) Olloqulixon B) Asfandiyorxon C) Muhammad Rahimxon I D) Eltuzarxon 40. O‘rta asrlarda Amerika qit’asida vujudga kelgan davlatlar poytaxtlari bilan mos ravishda berilgan javobni belgilang. 1) Asteklar davlati; 2) Inklar davlati; 3) Mayyalar davlati; a) Niara; b) Chichen-Itsa; c) Gao; d) Kusko; e) Tenochtitlan A) 1-e, 2-d, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-c, 2-a, 3-d D) 1-e, 2-d, 3-c 41. XIX asrda quyidagi shaharlardan qaysi biri ma’muriy jihatdan 12 ta dahaga bo‘lingan? A) Qo‘qon B) Namangan C) Marg‘ilon D) Andijon 42. XX asr boshida quyidagi qaysi davlatning ayrim siyosiy arboblari trializm (uchlik) talabi bilan chiqqan? A) Avstriya-Vengriya B) Italiya C) Turkiya D) Rossiya 43. II jahon urushi arafasida Sovet davlati va Yaponiya o‘rtasida chegara (Hasan ko‘li) mojarosi kelib chiqqan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang. A) Turkiya Respublika deb e’lon qilindi. B) Vestminster statuti (nizomi) qabul qilindi. C) Buyuk Britaniya Bosh vaziri N.Chemberlen iste’foga chiqdi. D) Myunxen kelishuvi (shartnomasi) imzolandi. 44. 1923-yil tashqi kuchlar tazyiqi bilan Fayzulla Xo‘jayevning yaqin safdoshlari bo‘lgan quyidagi shaxslardan kimlar Buxoro hukumati nozirlari tarkibidan chiqarilgan? 1) Otaulla Xo‘jayev; 2) Qo‘shmamedxon Sapiyev; 3) Sattor Xo‘jayev; 4) Muinjon Aminov; 5) G‘ulomalixon Bahodir; 6) Qori Yo‘ldosh Po‘latov; 7) Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev. A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 4, 5, 7 D) 2, 4, 6, 7 I III Download 398.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling