Таrix o’qituvchilarining malaka oshirish kursi uchun mutaxassislik o’quv modullari bo’yicha test savollari
Bir-birini kesadigan ikki yoki undan ortiq doiralarda qo‘llaniladigan grafik organayzerni belgilang
Download 182.5 Kb.
|
Тарих
Bir-birini kesadigan ikki yoki undan ortiq doiralarda qo‘llaniladigan grafik organayzerni belgilang.
*A) Venn diagrammasi Tаdqiqotlаrdа аniqlаnishichа tаrix fаnidаn o’quvchilаrning o’zlаshtirish dаrаjаsi quyidаgi qаysi holаtdа 90% gа еtishi mumkin? *A) Muhokаmа qilib, bir-birigа o’rgаtishsа “Tаrix fаni shohlаr vа hukmdorlаrning tаrjimаi holini emаs, bаlki mаmlаkаt tаrixini o’rgаnishi kеrаk” ushbu so’zlаr qаysi аllomаgа tеgishli? *A) Аlishеr Nаvoiy 2017 yildа nаshr etilgаn 10 sinf uchun “Jаhon tаrixi” dаrsligigа nеchtа mаvzu kiritilgаn? *A) 29 DTSda tarix fanidan 7-8 - sinflar uchun haftasiga necha soat o‘quv yuklamasi ajratilgan? *A) 3 soat DTSda tarix fanidan 9 - sinf uchun haftasiga necha soat o‘quv yuklamasi ajratilgan? *A) 4 soat O‘quvchilar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biri bo‘lib, unda yoritiladigan masalalar mazmuni oldindan rejalashtiriladi. Barcha bosqichlarda o‘qituvchining tashkiliy-uslubiy yordami va maslahatlari asosida amalga oshiriladi. Bu nima? *A) Referat Muayyan o‘quv predmeti mazmunini o‘quv dasturida ko‘rsatilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilib beriladigan manba... *A) Darslik Asosan, tajribali pedagoglar tomonidan yozilib, faqat o‘qituvchi va pedagoglarga qo‘shimcha o‘quv quroli bo‘lib xizmat qiladigan manba... *A) Metodik qo‘llanmalar Tarix darsligi matnidan tashqari komponentlardan biri... *A) Illyustrasiyalar Tarix darsligining izohlovchi tarkibiy qismlaridan birini ko‘rsating? *A) Atamalar ta’rifi Tarix darsligidagi orientirovkalash apparatidan biri... *A) Mundarija Tushuntirib va izohlab o‘qish ko‘proq qaysi sinflarda qo‘llaniladi? *A) V va VI sinflarda Tarix darsligiga kiritilgan hujjatli manbalarni nechta guruhga bo‘linadi? *A) 3 Geografik muhitni bevosita tasvirlab beruvchi asarlar, odamlarning afsonaviy qahramonlar haqidagi xayoliy tasavvurlarni aks ettiruvchi asarlar hujjatli manbalarning qaysi turlariga kiradi? *A) Tasviriy san’at turlari Metod yunoncha “Metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, qanday ma’noni anglatadi? *A) Izlanish, bilish yo‘li, nazariya, ta’limot, biror narsaga yo‘l O‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo‘naltirilgan faoliyatni tartibga solish yo‘li... *A) Ta’lim metodi G.Fuzailovaning “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasida an’anaviy metodlar umumlashtirilib nechtaga ajratilgan? *A) To‘rtga Ta’limning amaliy metodi... *A) Kontur xarita to‘ldirish, mashq bajarish, o‘quv topshiriqlarini yozma tayyorlash Narsalarning o‘zi, predmetlar, mulyajlar, odamlar tomonidan tayyorlangan ish qurollari, maketlar... *A) Tabiiy ko‘rsatmali qurollar Qadimgi Yunonistonda Suqrot tashkil etgan evristik suhbat hozirgi ilmiy didaktik tadqiqotlarda qanday nomlanadi? *A) Izlanish suhbati Xaritalar, rasmlar, chizmalar, jadvallar, sxemalar, diagramalar qanday metodga kiradi? *A) Illustrasiya metodi Tarix o‘qitish tajribasida tarixiy xaritalarning nechta turidan foydalaniladi? *A) 3 ta O‘rganiladigan voqealar rivojlanishining izchilligini uzoq davr mobaynida hududning o‘zgarganligini aks ettiruvchi xaritalar... *A) Obzor xaritalar Ma’lum tarixiy voqealarga yoki tarixiy jarayonlarning ayrim tomonlariga bag‘ishlangan xaritalar... *A) Mavzuga doir xaritalar Sxematik xaritalar yoki xarita-sxemalar xaritalarning qaysi turiga kiradi? *A) Tematik xaritalar O‘rganilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tadbiq etish amaliy metodning qaysi turiga kiradi? *A) Mashq 39. Bitik, qo‘lyozma, kitob, hujjatlar va arxiv materiallari... *A) Ma’naviy yodgorliklar 40. 2001-yil “O‘qituvchi” nashriyotida chop etilgan “O‘zbekiston tarixi manbalari” kitobining muallifi... *A) B.Axmedov 41. Tarix o‘qitishda foydalaniladigan badiiy adabiyotlar necha turga bo‘linadi? *A) 2 ta 42. Tarixiy hodisa va voqealarni o‘z zamondoshlari yozib qoldirgan asarlar... *A) Adabiy yodgorliklar 43. Tarixiy romanlar, tarixiy mavzularda yozilgan asarlar, o‘rganiladigan davr haqidagi badiiy asar va hikoyalar... *A) Belletristik asarlar 44. Tarix darslarida ko‘pincha dars materialini xulosalash va umumlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi... *A) O‘rganilayotgan davrga oid adabiy yodgorliklar 45. Badiiy obrazlari yozma manbalarga tayanib yaratilgan, XIV-XV asr Markaziy Osiyoning ijtimoiy hayotini jonli tasvirlagan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali qalamiga mansub tarixiy roman... *A) “Sarbadorlar” 46. “Men eshitaman va unutaman, men ko‘raman va eslab qolaman, men bajaraman va tushunaman” –bu so‘zlar qaysi allomaga tegishli? *A) Konfutsiy 47. O‘qitish jarayonida bahs-munozaraga kiritilsa, o‘quv topshiriqlarining necha foizini o‘zlashtirish mumkin? *A) 50 foizini 48. “Texnologiya” so‘zi fanga qachon kirib kelgan? *A) 1872- yilda 49. Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili qachon va qaysi pedagog tomonidan kiritilgan? *A) XX asrda nemis pedagogi Disterveg tomonidan 50. Toshkentda qachon “Markaziy Osiyo yadro qurolidan holi zona” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tgan? *A) 1995-yil 12-15 sentabr 51. Bugungi kunda nechta mamlakat NATOning to’laqonli a’zosi hisoblanadi? *A) 26 ta 52. Qaysi jamg’armaning tashabbusi bilan janglarda halok bo’lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik “Xotira” kitobi yaratilgan? *A) Nuroniy 53. Tarix darsiga qo‘yiladigan didaktik talablardan birini ko‘rsating? *A) O‘quvchilarning bilim olish imkoniyati va yosh psixologik xususiyatlari 54. Tarix instituti tarkibidagi “O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi” bo’limi hozir qanday nomlanadi? *A) O'zbekistonning xalqaro munosabatlari va zamonaviy tarixi 55. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidentitninng qaroriga asosan qachon tarix instituti tarkibida yangi “O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi” bo’limi ochildi? *A) 1996- yil mart 56. O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasida diplomatik munosabatlar qachon o’rnatilgan? *A) 1994-yil 57. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi tashkil etish to’g’risida”gi Qarori qachon qabul qilindi? *A) 2012-yil yanvar 58. YUNESCOning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatida nechta obyekt bor? *A) 411 ta 59. Birinchi Prezidentimiz XXI asrga qanday baho berdi? *A) Xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan davr bo’ldii 60. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim sohasidagi islohatlarni necha bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan? *A) 3 bosqichda 61. Tinglovchilarni o‘z-o‘zini rivojlantiradigan, o‘zi mustaqil izlanib, bilimlarni egallaydigan darajaga olib chiqishni maqsad qilgan ta’lim turi *A) mustaqil ta’lim 62. Fan yoki mavzuni tavsiflaydigan, belgilangan reja bo‘yicha tuziladigan besh qatordan iborat kichik adabiy asar metodi qanday nomlanadi? *A) Sinkveyn 63. Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi didaktikada qachon paydo bo‘lgan? *A) 1970- yilda 64. Xo‘jalik ishlariga oid yozuvlar, shartnomalar, siyosiy nutqlar hujjatli manbalarning qaysi turiga kiradi? *A) Yozma manbalar 65. O‘qituvchi o‘tilgan mavzuni nazorat qilib baholashi bilan birgalikda , yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi. Bu jarayon didaktik vazifa va tuzilishiga ko‘ra darsning qaysi turiga kiradi? *A) Kombinatsion darslar (aralash darslar) 66. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov qachon bir guruh olimlar, faylasuflar, tarixchilar va mutaxasislar bilan milliy g’oya, uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni zarurati haqida batafsil gapirdi? *A) 2000-yil 6-aprel Oqsaroyda 67. Yevropa ittifoqining 12 ta a’zo davlatlari O’zbekistonni qachon tan oldi? *A) 1992-yil 15-yanvar 68. O’zbekiston tomonidan BMT shafeiligida “6+3” muloqot guruhini tuzish qachon taklif etilgan? *A) 2006-yil 69. Yevropa Ittifoqi huzurida O’zbekiston Respublikasi diplomatic vakolatxonasi qachon faoliyat boshladi? *A) 1994-yil 70. O’zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi qaysi shaharda joylashgan? *A) Bryuselda 71. Qaysi javob variantida kadrlar tayyorlashning milliy modeli to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *A) shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish; 72. Ko‘nikma nima? *A) Uzoq vaqt davomida takrorlash natijasida paydo bo‘ladigan kishining anglangan ish harakatlarini bajarishdagi avtomatlashgan usullaridir. 73. Bilim nima? *A) o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish. 74. Malaka nima? *A) Shaxsning bilim va ko‘nikmalariga asoslangan holda ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga tayyorligi. 75. Tyuter - ... *A) ( lot. tutorem – maslahatchi) faoliyati o‘quvchilarga o‘quv jarayoniga moslashish, vujudga keluvchi ayrim savollarga javob topishga yordamlashishga qaratilgan. 76. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi nimalardan iborat? *A) Shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligini qaror toptirish. 77. Darslikka qo’yiladigan talablarni toping? 1. Har bir mavzuga hajm talabi 2. Ilmiy talablar 3.o’quvchining iqtidori va qiziqishini hisobga olish 4. Metodik talablar 5.Ilmiy tadqiqot talablari 6. T’alimiy-didaktik talablar *A) 2,4,6 78. Konfutsiyning fikricha, inson bilish faoliyatining qaysinisi tushunishning asosiy omili hisoblanadi? *A) Bajarishi 79. Qachon yevropa ittifoqi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida memorandum qabul qilingan? *A) 1992-yil 80. Tinch okeani iqtisodiy kengashi qachon tashkil topdi? *A) 1989-yil 81. O’zbekistonda BMTning vakolatxonasi qachon ochildi? *A) 1993-yil 24-oktabr 82. Pedagogik texnologiyaning qaysi tamoyiliga ko`ra o`quvchi va talabalar o`zlashtirgan bilimlarini amaliy faoliyatda qo`llab, shaxsiy tajribaga aylantirishi zarur? *A) Faoliyatli yondoshuv tamoyiliga 83. BMT homiyligida Toshkentda qachon “Markaziy Osiyoda xavfsizlik va homiylik masalalari yuzasidan seminar qachon tashkil etilgan? *A) 1995-yil 15-16 sentabr 84. “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix institutining faoliyatini takomollashtirish haqida”gi Qaror qaysi tashkilot tomonidan qabul qilingan? *A) Vazirlar Mahkamasi 85. 1992-yil 15-yanvarda Yevropa Ittifoqining sammiti qaysi shaharda o’tkazildi? *A) Lissabonda 86. O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi “Sheriklik va hamkorlik to’g’risida”gi bitim qayerda imzolangan? *A) Italiyaning Florensiya shahrida 87. Amir Temur tarixiga oid ilk yozma manbani toping. *A) G‘iyosiddin Alining ”Ro‘znomai g‘azovoti Hindiston”(Temurning Hindistonga yurishi kundaligi) asari 88. O’zbekistonning eng yangi tarixiga oid bilimlarning to’planishi va rivoji qaysi davrlarda o’z ifodasini topdi? *A) 1991 – 2012 yillar 89. 2007 yil “Fan” nashriyotida chop etilgan “Manbashunoslik” darsligining muallifini toping? *A) A.Madraimov, G. Fuzailova 90. Uz-Daewoo avto zavodiga qachon “ICO-9001” sertifikati berilib u yengil avtomashina ishlab chiqaruvchi MDH mamalakatlari orasida Xalqaro sifat tizimidan foydalanuvchi birinchi korxona bo’ldi? *A) 2000-yil yanvar 91. Bosma matnlar bilan ishlashda tushuntirish va izohlash qaysi sinflarda ko`p qo`llaniladi? *A) V va VII sinflarda 92. Tarix o`qitishda foydalaniladigan badiiy adabiyotlar necha turga bo`linadi? *A) 2 turga 93. O’zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi hamda boshqa vakillarini kim tayinlaydi va vazifasidan ozod etadi? *A) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 94. Hujjatli manbalar qaysi guruhlarga bo`linadi? *A) Moddiy madaniyat buyumlari, tasviriy san`at asarlari va yozma manbalarga 95. O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik kengashi qachon tuzilgan? *A) 1995-yil 96. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1997-yil 29-avgust Oliy Majlisning IX sessiyasida qilgan ma’ruzasi qanday ataladi? *A) “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori 97. “O’zbekistonning yangi tarixi markazi qaysi tashkilot huzurida tashkil etildi? *A) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilish Akademiyasida 98. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari qaysi kitoblaridan o‘rin olgan? *A) “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” 99. Xorazm Ma’mun akademiyasi qachon qayta tiklandi? *A) 2004-yil 100. Orol muammosi Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga kiradi? *A) Beshinchi yo‘nalishiga
Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling