Tarix sahifalaridan ma'lumki Parkent tumani qadimdan savdo sotiq, ilm fan, hunarmandchilik va madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bo'lgan


Download 15.36 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi15.36 Kb.
#1092576
Bog'liq
TURIZM MAQOLA


Tarix sahifalaridan ma'lumki Parkent tumani qadimdan savdo – sotiq, ilm fan, hunarmandchilik va madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bo'lgan. Parkent tumani huudidagi g'ordan topilgan tosh davriga mansub odam suyaklarining qoldiqlari va qoyalardagi suratlar bu hududda qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.
Parkent tumani 1926-yilda tashkil etilgan bo'lib, mamlakatimizning shimoliy sharqida joylashgan Respublikamizning tobora rivojlanib borayotgan tumanlaridan biri hisoblanadi. Tuman barcha jabhalarda jumladan, qishloq xo’jaligi, yengil sanoat, ishlab chiqarish texnologiyalari hamda hozirda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida o'sishning muhim yo'nalishlaridan biri bo'lgan turizm sohasida ham bir qancha yutuqlarga erishib, tez suratlarda rivojlanib borayotganini ko'rish mumkin.
Parkent tumanining o'ziga xos tabiati, joylashuvi, o'z tarixi va bir qancha shunga o'xshash jozibasi bilan ajralib turadi. Parkent tumani asosan 2 yo'nalishda: ziyorat va eko turizm sohalari bo'yicha tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar uchun o'z eshiklarini ochadi.
Parkent tumanida tabiiy ko'llar hamda balandligi bo'yicha ko’plab hududlarni dog'da qoldiruvchi bir biridan go'zal va betakror bo'lgan tog' cho'qqilarini ko'rish mumkin. O'zining yashil qir - adirlari, urf – odatlari, va qadimiy qadamjolari bilan ajralib turadi. Tumanda joylashgan “Masjid Ali buva” ziyoratgohi islom diniga mansub davlatlardan tashrif buyuruvchi ko'plab ziyoratchilar va chet ellik mehmonlarni jalb etuvchi ziyorat maskanlaridan  biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda, davlatimiz va shaxsan mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan turizm yo'nalishini yanada rivojlantirish bo'yicha  belgilab berilgan bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Aynan shu sabab yildan yilga Parkent tumani mahalliy hamda chet el turistlarini o'ziga jalb etib borishini, turistlarning oqimi va salohiyati sezilarli ortib borayotganligini inobatga olib kelajakda tumanda turizmning yangi yo‘nalishlari ochish va mavjudlarini rivojlantirish maqsad qilingan. Xususan, alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, xeliski, geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yo‘nalishlari ommaviylashtirilmoqda.
Poytaxtning yonginasida shunday maftunkor go‘sha borki, borgan kishini o‘ziga xos iqlimi, so‘lim tabiati shirindan shakar mevalari bilan mahliyo qiladi- qo‘yadi. “Mador” yoki “Motor” somsa, So‘qoq kabobi, achchiqqina mastava .... Parkent uzumlari, olmasi... Afsuski Parkent haqida so‘ralganda, ko‘pchilik bu ma’lumotlardan nariga o‘tolmaydi. Aslida bu hududning juda ko‘p ta’rifga sazovor joylari bor.
Download 15.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling