Tarix Test(2-qism) ‘’Olloh mehnatkash bandalarini sevadi’’ Aydos Qaypnazarov


Download 1.12 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1329759
Bog'liq
7 jahon tanlovga



Tarix Test(2-qism)

‘’Olloh mehnatkash bandalarini sevadi’’


Aydos Qaypnazarov
1)Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri ?
A)Otton III Rim papasi Silvester III(999-1002) ning saylanishiga erishgan.
B)X asrning ikkinchi yarmiga kelganda Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini qo’shib oladi
C)Franklarda mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig’inlarini tashkil etib, uning boshlig’I , yuzboshisi tudun deb nomlangan
D)Buyuk Karlning Arab xalifaligi istilo qilgan G’arnotaga qarshi jangi muvaffaqiyatsiz tugagan.
2) Ushbu rasmda tasvirlangan qirolga oid ma’lumotlarni toping.
1.Uning buyrug’iga binoan franklarning an’anaviy odatlari to’plami “Sali haqiqati” deb nomlangan.
2.Varvar qabilalari yo’lboshchilari ichida birinchi bo’lib u xristianlikni qabul qilgan.
3.Franklarning an’anaviy odatlari to’plani “Sali haqiqati” deb nomlanganining sababi ushbu shaxsning kelib chiqqan qabilasi bilan aloqador.
4.G’arbiy Rim imperiyasi qulaganidan o’n yil o’tib Franklar davlatiga asos soladi.
A)1,2,4 B)1,3 C)3,4 D)2,4
3)Buyuk Karlga bo’ysunmagan so’nggi yirik qabila qayerda yashagan?
A)Reyn daryosining quyi oqimida
B)Reyn va Elba daryolari oralig’ida
C)Reyn daryosining o’ng sohilida
D)Elba daryosining yuqori oqimida
4) Rasmdagi tanga tegishli bo’lgan sulola davrida quyidagilarning qaysi biri yuz bermagan ?
A)Mamlakatning markazlashuvi to’rt asr davom etgan o’zaro urushlarga chek qo’yib, iqtisod va madaniyatning rivojlanishiga olib kelgan
B)Ayrim a’yonlarning mavqelari: unvon va lavozimlariga qarab 500 dan 10 mimg mugacha yer bilan taqdirlangan
C)Tog’ –konchilik sohasi, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish yuksalgan
D)Yagona pul – syanning joriy etilishi iqtisodiy yuksalishga xizmat qilgan
5) Quyidagilardan Buyuk Karlga o’z elchilari orqali qimmatbaho sovg’alar bilan birga Quddusdagi Iso payg’ambar qabri joylashgan yerni taqdim etgan arab xalifasiga aloqador ma’lumotni toping
A)Uning vafotidan so’ng katta o’g’li Amin bilan Ma’mun o’rtasida taxt uchun kurash boshlanib ketadi.
B)Buyuk Karlning Saksoniya urushi tugagan yili xalifalik davri tugadi
C)Uning xalifaligi davrida “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni yuz bergan
D)Merovinglar sardori franklar davlatiga asos solganidan 3 asr o’tib xalifalik davri boshlangan
6) Ushbu imorat barpo etilgan asrda yuz bergan voqeani toping.
A)Rus knyazi Vladimir Monomarx ilk bor qipchoq xonlari qo’shinini yengadi
B)Kiyev Rusining gullab yashnagan davri
C)ushbu asrda Xitoyda hokimiyat tepasida Tan sulolasi hukmronlik qilgan

D)O’rta Osiyodagi ilk ilmgoh barpo etilgan


7)XIV- XV asrlarda 80-100 ming aholi yashagan eng yirik shaharlar to’g’ri berilgan javobni toping.
A)Seviliya,Rim,Parij
B)Milan, Kordova, Florensiya
C)Parij, Konstantinopol, London
D) Konstantinopol, Milan,London
8) Rasmdagi kashfiyot ixtiro qilingan davlatga bog’liq ma’lumot xato berilgan javobni toping.
A)Madaniyatining eng mashhur sohasi rasviriy san’at – mozaika, freska va ikonalar yasash bo’lgan.
B)XI asr oxirlarida huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochilgan.
C)IX asrda Magnavr oliy maktabi ochilgan.
D) Hayotida ellinizm muhim o’rin tutgan
9)Bryuggeda va Antrverpendagi birjalar tashkil topgan yillar o’rtasidagi farq necha yilni tashkil etadi?
A)51 B)64 C)54 D)61
10) Rasmda ko’rsatilgan O’rta asrlarda yaratilgan tarixiy obida hozirda qaysi hududda joylashgan
A)Hindistonda B)Pokistonda C)Singapurda D)Xitoyda
11)XVI asrda 1 mln aholisi bo’lgan shahar qadimgi davrda qnday nomlangan?
A)Xao B)Panyuy C)Szi D)Xonbaliq
12) Rasmda hujum qilingan yer nimasi bilan mashhur bo’lgan?
A)qilich va jang boltasi bilan qurollangan vikinglari bilan
B)Dushman egallay olmaydigan burglari bilan
C)Xattotlik san’ati markazlari bilan
D)Dengizda tezkor bo’lgan Viking kemalari bilan
13)25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini mo’g’ullar xoni Xubilay saroyida xizmat ko’rsatgan shaxs qayerlik bo’lgan?
A)Venetsiyalik B)Skifiyalik C)Genuyalik D)Rimlik
14) Ushbu binoga aloqador ma’lumotni to’g’ri belgilang.
A)Yustinian I davrida Konstantinopolda barpo etilgan ibodatxonasi
B)Kordova masjidining naqshindor shifti
C)Fransiyadagi Puate ibodatxonasi ichki ko’rinishi
D)Ushbu saroy egasining doimiy poytaxti bo’lmagan
15)Yilnomalarda yozilishicha, Sharqiy slavyan qabilalari varyaglarga elchi jo’natib,ulardan o’zlariga knyaz yuborishlarini so’raydi.Ushbu taklifga binoan kelgan uch aka-ukani ular hukmronlik qilgan joylari bilan to’g’ri joylashtiring.
1.Ryurik 2.Truvor 3.Sineus
a.Izborsk b.Beloozero c.Novgorod
A)1-b,2-a,3-c
B)1-c,2-b,3-a
C)1-c,2-a,3-b
D)1-a,2-b,3-c
16) Ushbu kemaga keltirilgan izihlardan qay biri to’g’ri
A)650-700 kishi va yana ko’plab yuk sig’adigan yirk kema
B)Faqat 600-700 kishi sig’adigan yirik kema
C)Faqat 650-700 tonna yuk sig’adigan yirik kema
D)600-700 kishi va yana ko’plab yuk sig’adigan yirik kema
17)Pekinda “Poytaxt axboroti”chiqarilgan asr va Xitoyda kitob bosish dastgohi yaratilgan asrlar o’rtasidagi farq qanchani tashkil etadi?
A)3 B)2 C)1 D)4
18) Rasmda qamal qilinayotgan shahar bo’yicha to’g’ri ma’lumotni ko’rsating.
A)Salibchilar ushbu shaharda egallashda birgina jome masjidida 1000 musulmonni o’ldiradilar
B)Ushbu shaharga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzulgan ritsarlik ordeni gospitalyer deb nomlangan
C)Tampliyerlar ritsarlik ordeni ushbu shahardagi ritsarlar joylashgan tog’ nomi bilan atalgan
D)Salibchilardan Misr sultoni Salohiddin Ayubiy tortib olgan
19)Inkvizitsiya sudi o’z qudratining cho’qqisiga erishgan Rim papasi davrinitoping.
A)1227-1241 B)1198-1216 C)1216-1227 D)1198-1241
20)Quyida berilgan diniy –ritsarlik ordenlarini rasmlari bilan to’g’ri joylashtiring.
1. 2. 3.
a.Nemis ordeni b.ioanniylar oredeni c.tampliyer
A)1-a,2-b,3-c B)1-b,2-c,3-a C)1-a,2-c,3-b D)1-b,2-a,3-c
Tuzuvchi :Farida Allambergenova



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling