Tarix va falsafa


O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy 
ahamiyati.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bozor munosabatlariga asoslangan demokratik 
jamiyat qurilishining Konstitusiyaviy va huquqiy asoslarini yaratish va yuksak taraqqiyotimizning 
kafolati rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda. 
Mustaqillik tomon qo`yilgan dastlabki qadamlardan biri-bo`lajak suveren Respublikaning 
Konstitusiyasini tayyorlash g’ oyasi birinchi Prezident I.Karimov tomonidan 1990-yilni mart oyida 
ilgari surildi. Ko`p o`tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika 
Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitusiyaviy Komissiya tuzildi. 
Komissiya Konstitusiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklarasiyasiga amal qildi. 
Dunyoning ko`pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning konstitusiyaviy hujjatlari 
o`rganib chiqildi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik 
an’ analari ham chuqur o`rganildi. 
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi o`z mohiyati va ahamiyati jihatidan Sovet 
davridagi Konstitusiyalardan, xususan, 1978-yilgi O`zbekiston SSR Konstitusiyasidan tubdan farq 
qilishi kerak edi. Sosialistik O`zbekiston Konstitusiyasi o`zining mazmuni, ruhi bilan sobiq Ittifoq 
Konstitusiyasidan kelib chiqib, O`zbekistonni bu Ittifoqqa qo`l-oyog’ i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, 
partiyaviylik g’ oyalari bilan sug’ orilgan Konstitusiya g’ oyat darajada mafkuralashtirildi va 
siyosiylashtirildi. Inson maanfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun qo`yildi. 
Mustaqillik Konstitusiyasi loyihasida O`zbekistonda yuz bergan tarixiy o`zgarishlar hisobga 
olindi. Xususan, O`zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga 
o`tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining 
ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitusiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o`rganib chiqish 
uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo`limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan 
iborat komissiyalar tashkil etildi. 
Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yilni oktyabrida Konstitusiyaning birinchi, 1992-yilni 
bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilni 26-sentyabrida umumxalq 
muhokamasi uchun matbuotda e’ lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o`rganib chiqilib, 
noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi. 
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O`zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 
1992-yili 8-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul 
qilindi. 
Mustaqillik Konstitusiyasi muqaddima, olti bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo`ldi. 
Birinchi bo`limda Konstitusiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq 
hokimiyatchiligi. Konstitusiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo`nalishlari o`z 
ifodasini topdi. Asosiy Qonunning ikkinchi bo`limi 35 moddadan iborat bo`lib, Inson va fuqarolarning 
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag’ ishlangan. Bunda, O`zbekiston Respublikasining 
barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O`zbekistonning butun hududida yagona 


36 
fuqarolik o`rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning 
kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o`z vakillari 
orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo`shilish huquqlari ta’ kidlab ko`rsatilgan. 
Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo`lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o`z vaqtida dam 
olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon 
etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’ minlanadi, deb taqqoslab qo`yilgan. Barcha 
fuqarolar Konstitusiyada belgilab qo`yilgan burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, 
xalqimizning tarixiy, ma’ naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiy muhitni asrash, soliqlar va 
mahalliy yig’ imlarni o`z vaqtida to`lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari majburiy ekanligi 
ta’ kidlangan. 
Konstitusiyaning "Jamiyat va shaxs" bo`limida O`zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga 
asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng huquqga ega ekanligiga kafolat berildi. 
Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo`l ochib berildi va mulkdorlar 
tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy 
axborot vositalarining o`rni aniq bayon etib berilgan. 
O`zbekiston Respublikasining ma’ muriy-hududiy tuzilishi, O`zbekiston Respublikasi bilan 
Qoraqalpog’ iston Respublikasining o`zaro munosabatlariga maxsus to`rtinchi bo`lim ajratilgan. 
Mustaqil O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo`limda 
(50 modda) o`z ifodasini topgan. Davlat va hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar Mahkamasining 
vakolatlari, ularni shakllantirish yo`llari aniq va ravshan bayon etilgan. Shu bilan birga bu bo`limda 
mahalliy hokimiyat organlari, sud va Prokuratura, Davlat Mudofaasi masalalari o`z ifodasini topgan. 
Mustaqillik Konstitusiyasining qabul qilinishi g’ oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro 
ahamiyatga ega bo`ldi. Asosiy Qonunimiz mamlakatda demokratik tamoyillarni amalga oshirish
xalqimizni huquqiy ma’ naviy va mafkuraviy tarbiyalashda katta o`rin tutmoqda. 
Birinchi Prezident I.Karimovning "O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini o`rganishni
tashkil etish to`g’ risida"gi farmoyishiga asosan Konstitusiyaning jamiyatdagi o`rni va ahamiyatini 
o`rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, uning mazmun-
mohiyatini targ’ ib qilish uchun 20 kishidan iborat maxsus komissiya tuzildi. Prezidentning Asosiy 
Qonunni ".bolalar bog’ chasidan boshlab o`rganishni, maktablarda darslik tariqasida o`qitishni, oliy 
o`quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida o`rganishni barcha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga topshiriq 
tariqasidagi" ko`rsatmasi butun Respublikada Mustaqillik Konstitusiyasini tashviqot va targ’ ibot 
qilishning dasturi bo`ldi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling