Tarix va falsafa


-mavzu. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKChILIKNING SHAKLLANISHI


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

6-mavzu. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKChILIKNING SHAKLLANISHI. 
O`ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANIShI. 
REJA: 
1. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning O`zbekistonga xos yo`li. 
2. Mustaqil O`zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va taraqqiyoti. 
3. Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi.
1. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning O`zbekistonga xos yo`li. 
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish konsepsiyasi. Jahon amaliyoti tahlili ko`rsatishicha, milliy 
iqtisodiyotni modernizasiyalash va tarkibiy o`zgarishlar dasturini amalga oshirish orqali aksariyat 
rivojlangan mamlakatlar innovasion omillarga asoslangan barqaror iqtisodiy o`sishni ta’ minlaganlar. 


47 
Bu borada Yaponiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotni 
modernizasiyalash strategiyalarini amalga oshirish asosida barqaror iqtisodiy o`sish sur’ atiga erishgan 
hamda iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirgan. O`tish iqtisodiyoti mamlakatlarida 
iqtisodiyotni modernizasiyalash va uning tarkibini diversifikasiyalash asosida innovasion taraqqiyot 
yo`liga o`tish vazifalari hal etilmoqda.
O`zbekistonda 2000 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga 
davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyati kafolatlarini 
kuchaytirish va ularni nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish 
masalalariga asosiy e’ tibor qaratildi. 2002 yildan boshlab import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab 
chiqarish hamda ishlabl chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi. O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2008 yildagi “ Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g’ risida” gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni 
moliyaviy sog’ lomlashtirish, modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga 
tijorat banklarining mablag’ larini kengroq jalb qilishni yo`lga qo`yish tadbirlari va bankrot 
korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to`g’ ridan-to`g’ ri balaansiga berish mexanizmi belgilab 
berildi. Mazkur korxonalarni modernizasiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to`g’ ridan-to`g’ ri 
investisiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali 
mexanizmi joriy etildi.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida 
“ tarkibiy 
o`zgartirishlarni 
chuqurlashtirish, 
milliy 
iqtisodiyotning 
yetakchi 
tarmoqlarini 
modernizasiyalash va diversifikasiyalash hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish” ustuvor vazifa 
sifatida ta’ kidlangan.
O`zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllaniishi, uning yo`nalishlari, bosqichlari 
va xususiyatlari. Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu 
o`zgarishlar iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy 
sharoitidan kelib chiqib, O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim 
vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish masalasi dastlabki 
kunlarning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.
O`tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga o`tish zarurati, bozor iqtisodiyotiga 
o`tishning “ O`zbekiston yo`li” kabi masalalarning tub mohiyatini anglash eng dolzarb vazifalardan biri 
edi. 
Ma’ lumki hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisodiyoti yo`lini tanlagan bo`lib, shu 
asosda iqtisodiy taraqqiyotini belgilab kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tish XX asrga xos bo`lgan 
umumjahon voqyelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o`tish kishilarning xohish-irodasi emas, balki obyektiv 
zaruratdir. 
Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, 
ya’ ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor 
munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllana boshlagan va ming yillar davomida rivojlanib 
kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tish – bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda bozor 
munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yo`lidir, ya’ ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga, 
mulkchilikning xilma-xilligiga, narx erkinligiga, raqobat kurashiga, shaxsiyo huquq va erkinliklarning 
qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga erishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari 
zaminidaginaishlab chiqarishni barqaror rivojlantiirish, ko`plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga 
bo`lgan talabni qondirish, tejamli xo`jalik yuritish, to`kinchilik yaraatib, xalqning farovon turmushini 
ta’ minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat o`rnatish mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti – jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir. Xalqaro 
tajribada bozor iqtisodiyotiga o`tishning bir qancha mmodellari mavjud bo`lib, ularni umumlashtirib, 
bozor iqtisodiyotiga o`tishning uch turga yoki modelga bo`lishimiz mumkin: 
1. G’ arbiy YYevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlaar yo`li. 
2. Mustamlakachilikdaan ozod bo`lib, mustaqil taraqqiyot yo`liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, 
Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari yo`li. 
3. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatlari yo`li. 


48 
O`zbekistonda davlaatlashtirilgan, o`ta markazlashtirilgan va yayagona bir markazdan 
boshqariluvchi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga 
oshirishni taqozo etdi: 
1. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning huquqiy asoslariini yaratish, ya’ ni uni ta’ minlovchi yuridik 
qonunlar tizimini yaratiish; 
2. Bozor infrastrukturasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni o`rnatishga 
ko`mak beruvchi, ya’ ni bozorga xizmat ko`rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va 
muassasalarni yaratish; 
3. Mulkchilik va xo`jalik yuritish usullarini xususiylashtirish; 
4. Narx-navoni 
liberallashtirish, 
narxlarni 
erkin 
qo`yib 
yuborish, 
narx 
ustidan 
davlat nazoratini minimal darajaga keltirish. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni 
boshqariish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xilligi bo`lishi bilan bir qatorda har bir 
mamlakatning o`ziga xos xususiyatlaridaan kelib chiquvchi yo`li mavjuddir. Bunda uning xo`jalik 
tuziilishi va shart-sharoitlari, joylashgan yeri, tabiati va iqlimi, milliy keliib chiqishi, rasm-rusumlari, 
an’ ana va milliy xarakteyeri va boshqa omillar sabab bo`ladi. 
Bozor munosabatlariga o`tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy 
negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda alohida e’ tibor 
berildi. Islom Karimov ta’ kidlaganidek, “ Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan 
biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir” . Shu nuqtai nazardan dastlabki 
vaqtning o`zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barppo etadigan 1100 ga yaqqin asosiy 
qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu qonunlarni mazmun-mohiyayati jihatidan quyidagi yo`nalishlarga 
bo`lish mumkin: 
1. 
O`zbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini yaratish, 
davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar. Ana shu yo`nalish doirasida 
«O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g’ risida», “ Yer osti boyliklari 
to`g’ risida” , “ O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g’ risida” , «Mahalliy davlat 
hokimiyati to`g’ risida», «Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari to`g’ risida» va boshqa 
qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar asosida markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi 
vujudga keldi. 
2. 
Mulkchilik munosabatlari va ko`p uklaadli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu 
yo`nalish doirasida mulkchilik to`g’ risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to`g’ risida, yer to`g’ risida, ijara to`g’ risida, davlat uy-joy fondini 
xususiylashtirish to`g’ risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
3. 
Xo`jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ ni xususiylaashtirish, mulkchilik, 
tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo`jaligi, dehqon xo`jaligi, shirkat xo`jaligi to`g’ risida qonunlar 
qabul qilindi. Bular xo`jalik yuritish yangi mexanizmining asosiy qoidalarini belgilab berdi. Bozor 
infrastrukturasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati 
to`g’ risida, sug’ urta to`g’ risida, birjalar va birja faoliyati to`g’ risida, auditorlik faoliyati 
to`g’ risida, qimmatli qog’ ozlar va fond birjasi to`g’ risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. 
Korxonalar bilan davlat o`rtasidagi munosabatlarni yo`lga qo`yuvchi soliq tizimi, monopolistik 
faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo`lishi haqida qonunlar qabul qilindi. Xo`jalik - 
prosessual kodeksi ishlab chiqildi, xo`jalik sudi tuzildi. Bu qonunlarning qabul qilinishi bilan 
respublikada bozor mexanizmlarini rivojlantirish ishiga mustahkam poydevor qo`yildi. 
4. 
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g’ risida, O`zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga 
a’ zoligi to`g’ risida, «Valyutani tartibga solish to`g’ risida», «Erkin iqtisodiy mintaqalar 
to`g’ risida» qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O`zbekiston tomonidan 
imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. 
Mustaqil O`zbekistonning ilk konstitusiyasi - davlat va jamiyat hayotining asosiy qonuni qabul 
qilinganligi qonun chiqarish faoliyatining gultoji bo`ldi. Bu qonunlar o`z umrini yashab bo`lgan eski 


49 
iqtisodiy munosabatlarni va siyosiy tizimni huquqiy yo`l bilan yangi iqtisodiy munosabatlar va siyosiy 
tizim bilan almashtirdi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling