Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

O`rtacha muddatli istiqbolda (2019-2025 yillar) 
1. Ekin maydonlarini yalpi xatlovdan o`tkazish va ball-bonitet bo`yicha ularning ma’ lumotlar 
bazalarini davriy yangilash, ushbu ekin yerlarining umumfoydalaniladigan elektron bazasini yaratish va 
joriy etish. 
2. Agrar sektorda yer uchastkalaridan oqilona foydalanishni tashkil etish uchun fuqarolar va yuridik 
shaxslarning qonuniy huquqlari amalga oshirilishi va himoya qilinishini ta’ minlaydigan yer 
munosabatlarini isloh qilish. 
3. Tuproqning ball-bonitetini, ichki va tashqi bozorlarda talab qilingan va eng hosildor qishloq 
xo`jaligi ekinlari uchun maydonlarni tanlashni hisobga olgan holda ekin maydonlarini joylashtirishni 
maqbullashtirish va tuzilmasini takomillashtirish. 
4. Dukkakli, ozuqa, moyli ekinlarni va yong’ oqlarning tuz va qurg’ oqchilikka chidamli navlarini 
ekish tizimini joriy etish orqali foydalanilmaydigan sho`rlangan va lalmi yerlarni bosqichma-bosqich 
muomalaga qaytarish va ulardan samarali foydalanish. 
5. Suv iste’ moli sohasida bozor mexanizmlarini hamda O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi 
obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik prinsiplarini joriy etish. 
6. Kanallar, sug’ orish lotok tarmoqlari, gidrotexnik inshootlar, bosim quvurlari qurish va ularni 
rekonstruksiya qilish hisobiga irrigasiya tizimlarini rivojlantirish. 


53 
7. Qizilqumga tutashib ketgan ekin maydonlarini himoya qiladigan cho`l daraxtlari va butazorlar 
yaratish bo`yicha "Yashil qalqon" loyihasini amalga oshirish. 
8. Shaxsiy yordamchi va dehqon xo`jaliklarini yuritishning ilg’ or tajribasini yoyish, energiyaning 
muqobil manbalaridan foydalanilgan holda yengil konstruksiyali issiqxonalarni 0,02 gektargacha, kichik 
parrandachilik korxonalarini 100 bosh parrandaga, asalarichilik xo`jaliklarini 4-5 asalari oilasigacha 
yetkazib, boshqa yuqori samarali va daromadli ishlab chiqarishlarni tashkil etib hamda yetishtirilgan 
mahsulotlarni realizasiya qilishni tashkil etib mavjud yer uchastkalaridan samarali va oqilona 
foydalanish. 
9. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tabiiy ofatlardan sug’ urta qilish tizimini takomillashtirish. 
10. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qat’ iy ravishda pestisidlar, nitratlar va og’ ir metallar tuzlari 
qoldiqlari mavjudligini tahlil qilish bo`yicha laboratoriyalarning xulosalari (sertifikati) asosida sotish 
tartibini joriy qilish. 
11. Sifatning xalqaro standartlarini qabul qilish. 
12. O`simlik mahsulotlarini saqlashning membran usuli texnologiyalarini joriy etish. 
13. Yangi irrigasiya va drenaj infratuzilmalarini qurish va mavjudlarini yangilash. 
14. Tabiiy mahsulotlarni sotish bo`yicha yirik agroklasterlar, tarmoqlar yaratish. 
15. Qishloq xo`jaligi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini 
takomillashtirish. 
16. Lavlagi (ovqat va ozuqa uchun va qandli) va pomidor, karam, sholg’ omsimon sabzavot, redis, 
sabzi, kartoshka singari tuzlanishga o`rtacha chidamli sabzavotlar ekib sho`rlangan sug’ oriladigan 
yerlardan foydalanish. 
17. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar berish. 
18. Mamlakat sharoitlarida maqbul, eng samarali ekinlarni aniqlash bo`yicha tadqiqotlar 
turkumlarini o`tkazish. 
19. Tomchilatib sug’ orishda xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasini joriy etish. 
20. Suv xo`jaligida axborotni to`plash va saqlash uchun GAT texnologiyalarini joriy etish. 
Ushbu chora-tadbirlar qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ikki baravargacha, 
eksport qilishni 7,2 baravar ko`paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’ minlash, ichki iste’ mol bozorini 
to`ldirish, aholini qishloq xo`jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan ta’ minlash, shuningdek, 
shaxsiy yordamchi va dehqon xo`jaliklarining mavjud salohiyatidan to`laqonli foydalanish, yangi ish 
o`rinlari yaratish, bandlikni, odamlarning daromadlari va farovonligi darajasini oshirish imkonini beradi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling