Tarix va falsafa
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.
O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilgan iqtisodiy va institusional islohotlar jarayonida mamlakat rivojlanishini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va normalarni o`z ichiga oluvchi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti shakllandi. Shakllangan tadbirkorlik muhiti mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlariga hamda yangicha boshqarish tizimini barpo etilishiga; moddiy, tabiiy, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanish esa iqtisodiy o`sishga kuchli ta’ sir ko`rsatdi. Natijada mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o`sish sur’ atlari ta’ minlandi. Shu bilan bir vaqtda O`zbekistonda Harakatlar strategiyasi tamoyillariga va ustuvor yo`nalishlariga amal qilgan holda rivojlanishning strategik maqsadlari jahon andozalariga mos ravishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Farmonlari, ma’ ruzalari va chiqishlarida belgilab berilgan barqaror iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalarning amalda ijrosini ta’ minlash, O`zbekiston iqtisodiyoti va uning hududlari rivojlanishini ta’ minlamoqda. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishini baholash mezonlaridan biri sifatida iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi qabul qilingan. Ushbu ko`rsatkich muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining o`tgan davrdagiga nisbatan oshishi, to`liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish 55 darajasining uzoq muddatli ko`payishi tendensiyasini anglatadi. Shuni hisobga olganda, O`zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy muammolarni yechish, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi iqtisodiy va siyosiy mavqyeini mustahkamlashga erishish va makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o`sishni ta’ minlash, iqtisodiy islohotlar strategiyasining asosiy maqsadi qilib belgilab olingan. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida iqtisodiyot tizimini sog’ lomlashtirish hamda iqtisodiy o`sishni yuqori sur’ atlarini ta’ minlash maqsadida quyidagi masalalarni hal etish lozimligi qayd etilgan: ochiq iqtisodiyot, sog’ lom raqobat, ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o`rinlarini ko`paytirish; iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o`sishni ta’ minlash; «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro`yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’ minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va rag’ batlantirish bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o`sishni ta’ minlashda Markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’ minlashda o`zining asosiy va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’ iylashtirib borishni ko`zda tutgan. Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o`sishning yo`nalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda o`zlashtirilayotgan investisiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Investisiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o`z navbatidi YaIMning o`sishini ta’ minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarining o`zgarish tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo`shilgan qiymat (YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 %ga o`sdi (YaIM mutlaq o`sishiga ta’ siri 4,8 % punktni tashkil etdi). Mahsulotlar uchun sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 10,2 %ni tashkil etdi va YaQQ kabi 5,3 % darajada o`sdi (YaIM mutlaq o`sishiga ta’ siri 0,5 %ni tashkil etdi). Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling