Tarix va falsafa


Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

3. Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi. 
Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-moliya tizimini 
mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning 
samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo`lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o`sish sur’ atlariga erishish 
milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish va xalq farovonligini ta’ minlashning muhim 
shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa eng avvalo, iqtisodiyotning real 
sektorini jadal rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish zarurati avvalo, ishlab 
chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalash jarayonlarining keng miqyosda amalga 
oshirilishini ifodalaydi. Bizga ma’ lumki iqtisodiyotning real sektori deganda, iqtisodiyotning bevosita 
moddiy ne’ matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish bilan bog’ liq bo`lgan sohasi bo`lib, u o`z 
ichiga sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, aloqa, xizmat ko`rsatish va boshqa tarmoqlarni 
qamrab oladi. Iqtisodiyot yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish jarayoni 
xususida so`z yuritishdan oldin, modernizasiya va diversifikasiya tushunchalariga izoh berib o`tish 


57 
joizdir. Jumladan, “ Modernizasiya – bu ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar (ish va 
xizmatlar) 
raqobatdoshligini 
oshirishga 
yo`naltirilgan 
texnologik 
yangilanish 
jarayonidir. 
Modernizasiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori texnologik, raqobatdosh ishlab 
chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab beradi. Modernizasiya – obyektni takomillashtirish, 
yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’ yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko`rsatkichlariga 
moslashtirish mezonlari bilan ifodalanadi.” Sanoat tarmoqlarini mojdernizasiya qilish ko`pqirrali 
murakkab jarayon hisoblanadi. Sanoat tarmoqlarini izchil rivojlantirishda modernizsiya jarayoni uchta 
asosiy tarkibiy qismni, ya’ ni, texnologik, infratuzilma, institusional qismdan iborat bo`lishi lozim. 
Texnologik modernizasiya jarayoni ko`plab investision mablag’ larni sarf qilishni o`z ichiga olib, 
murakkab texnologik jarayonlar ketma-ketligidir. 
Infratuzilma va institusional tarkibiy qismi esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’ minlashda 
davlatning modernizasiya jarayonlarini amalga oshirishdagi o`rnini belgilab beradi. 
Shu bilan bir qatorda, modernizasiya tushunchasi va unga yondashuvlar turlichadir. Modernizasiya 
jarayonini talqin qilishda amerikalik sosiolog olim T.Parsonsning 1960 yillarda modernizasiya 
jarayoniga bo`lgan qarashlarida asosiy e’ tibor G’ arbiy YYevropa madaniyatiga qaratilgan. Uning 
fikriga ko`ra, G’ arbiy YYevropa mamlakatlarida tarixiylik nuqtai nazaridan modernizasiya jarayoni 
boshqa davlatlarga nisbatan raqobatbardosh. 
Diversifikasiya jarayoni esa ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni 
sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalari, mahsulot va xizmatlar 
assortimentlarini ko`paytirish bilan ifodalanadi. Diversifikasiya – bu tavakkalchilikni pasaytirish usuli 
bo`lib, u yuqori qo`shilgan qiymat o`sish dinamikasini ta’ minlaydigan mahsulot va xizmatlar 
assortimentining oshish va kengayish jarayonini ifodalaydi. Diversifikasiya jarayoni iqtisodiyot 
tarmoqlarida olib borilayotgan modernizasiya va tarkibiy o`zgarishlar bilan bevosita uyg’ unlashgan 
hodisa hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalash asosida esa ishlab chiqarishni 
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’ naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va 
texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlar tushuniladi. Ishlab chiqarishni modernizasiyalashning 
asosiy yo`nalish va vositalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni 
chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar 
asosida ishlab chiqarishga innovasion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni 
boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni qo`llash va 
boshqa omillar ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiyalashning asosini tashkil qiladi. 
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab 
chiqarishni modernizasiyalash, diversifikasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash 
tadbirlarining keng ko`lamda amalga oshirilmoqda, natijada esa raqobatdosh mahsulotlar ishlab 
chiqarish imkoniyatlari yaratilmoqda. Shuningdek, modernizasiya bugungi kunda jamiyat hayotining 
turli jabhalarini tubdan o`zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’ or 
andozalar tomon yo`naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalanadi. Ishlab 
chiqarishni modernizasiyalash natijasida mehnat unumdorligi o`sadi, asosiy vositalar foydalanish 
muddatlari uzayishi va boshqalar ishlab chiqarishga ijobiy ta’ sir o`tkazadi.
Sanoat tarmog’ ida, ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilish jarayonida erishilgan 
natijalarga ko`ra, mehnat unumdorligi 2005-2014 yillar oralig’ ida 102,2 foizdan, 105,2 foizga oshgan. 
Bunga asosan ishlab chiqarishga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalar jalb qilinishi bilan birga, 
ishlab chiqarishga yuqori malakali, tajribali kadrlar jalb qilinishi natijasida erishilgan. Ushbu omillar 
ishlab chiqarishni ekstensiv tarzda emas, balki intensiv shaklda rivojlantirmoqda. Shuningdek, ishlab 
chiqarishga yangi texnikalar olib kelinishi va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish natijasida mashina 
va uskunalarning eskirishi darajasi 2005-2014 yillarda 60,3 foizdan 50,1 foizga pasaygan. Ishlab 
chiqarishga yangi asosiy vositalar jalb qilinishi, ularning foydalanish muddatlarini ham uzaytirmoqda. 
Mashina va uskunalarning asosiy faoliyatdan chiqib ketish darajasi 5,7 foizdan 7,1 foizga o`sdi va 
boshqalar ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilish milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


58 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning 4 martdagi PF-4707 Farmoniga muvofiq 
“ 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o`zgartirish, modernizasiya va diversifikasiya qilishni 
ta’ minlash bo`yicha chora-tadbirlar” dasturining qabul qilinishi sanoat ishlab chiqarishining yuqori 
o`sish sur’ atlarini ta’ minlash imkonini beradi. Dastur tarkibiy o`zgarishlarni izchil ta’ minlash, ishlab 
chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilish, barqaror iqtisodiy o`sish lokomotivlari bo`lishga 
qodir yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning energiya sarfi, moddiy va mehnat xarajatlarini kamaytirish bo`yicha mavjud 
zaxiralardan yanada to`liq foydalanish, shuningdek, jahon bozorida talab barqaror bo`lgan 
raqobatbardosh tayyor tovarlar va yarim fabrikatlar ishlab chiqarishni kengaytirish, buning uchun 
xorijiy investisiyalarni, jumladan, yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda qo`shma korxonalar 
tashkil etish orqali faol jalb qilish maqsadida qabul qilindi. 
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi 
bo`yicha Harakatlar strategiyasida milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va 
diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida quyidagi vazifalar 
belgilab berilgan:
-milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’ minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat 
ko`rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko`paytirish; 
-ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, 
transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol 
investisiya siyosatini olib borish; 
-yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur 
qayta ishlash asosida yuqori qo`shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal 
rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o`tkazish orqali sanoatni yanada 
modernizasiya va diversifikasiya qilish; 
-iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va 
xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; 
-prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o`zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi 
bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’ minlash; 
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’ batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng 
avvalo, iste’ mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o`rnini bosish, tarmoqlararo sanoat 
kooperasiyasini kengaytirish; 
-iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan 
texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; 
-faoliyat ko`rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari 
samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; 
-xizmat ko`rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda 
xizmatlarning o`rni va ulushini oshirish, ko`rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning 
zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o`zgartirish; 
-turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik 
xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; 
-eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini 
diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va 
safarbar etish; 
-yo`l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga 
axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish. 
O`tgan yillar mobaynida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va 
qarorlar aynan milliy valyutamiz, kredit va bank tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan bo`lib, bu 
xujjatlar bozor iqtisodiyotiga o`tishda «Davlat – bosh islohotchi» degan tamoyilning yorqin ifodasidir. 
Mamlakat bank tizimini iqtisodiyotning ustuvor sohalaridan biri sifatida qo`llab-quvvatlash hozirgi 
kunda ham davom etmoqda. Bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’ tibor 
markazida bo`lib kelgan va bu o`zining ijobiy natijalarini bermoqda. Mamlakat bank tizimi turg’ unlik 
va barqarorlikni namoyish etmoqda. Bu holat banklarning ishonchlilik darajasining yuqoriligi va 


59 
moliyalashtirishning xorijiy manbalariga bog’ lanib qolishning yo`qligi, tashqi inqirozli hodisalarning 
salbiy ta’ siri tasdiqlanmaganligi bilan tavsiflanadi.
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to`g’ risida»gi O`zbekiston 
Respublikasi qonuni, shuni ngdek, keyi n unga ki rit il gan q o `s him cha va o`zgarishlar bank 
sohasini isloh qilish, bozor shart-sharoitlariga mos keladigan bank muassasalarini tashkil etish 
yo`llarini belgilab berdi. 1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV-sessiyasida «O`zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to`g’ risida», «Banklar va banklar faoliyati t o`g’ risida» alohida 
Qonunlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlar Xalqaro Valyuta fondi va Jahon banki tomonidan 
yuqori baholandi. Aholining o`tish davridagi talablarini qondira oladigan tijorat va xususiy 
bank 
tarmoqlari 
vujudga 
keldi. 
“ Paxtabank” , 
“ G’ allabank», 
“ Savdobank” , 
“ Mevasabzavotbank” , “ Tadbirkorbank” tashkil etildi. O`zbekistonda 20 ta tijorat banki 
ro`yxatga olindi. 1995 yilda faoliyat yuritgan banklarning 19 tasi aksiyadorlik tijorat shaklida, 5 
tasi mas’ uliyati cheklangan jamiyat, 1 tasi kooperativ, 2 tasi xorijiy sarmoya ishtir okidagi, 2 
tasi davlat banki sifatida aholining tadbirkorlik ishlariga xizmat qildi. 
O`zbekistonning barcha mintaqalarida 790 ga yakin filiallarga ega bo`lgan 30 aksiyadorlik-
tijorat, shuningdek xususiy kapital asosida tashkil etilgan banklar faoliyat ko`rsatmoqda (2012 yil). 
Respublikada xususiy banklar xam paydo bo`ldi. Ularning faoliyati uchun huquqiy bazani 
rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24-apreldagi «Xususiy tijorat binklarini tashkil 
qilishni rag’ batlantirish chora-tadbirlari to`g’ risida» Farmoni muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
1998-yilda «Umarbank», «Olimbank», «Alp Jamol», «Turkiston», «Istiqlol», «O`ktambank» xususiy 
banklari ishladi. 
Chet el banklari, ularning shu’ ba banklari va filiallarini ochish O`zbekiston moliya tizimini 
rivojlantirishda juda muhim yo`nalish hisoblanadi. Hozir Respublikada O`zbekiston– Gollandiya 
«Uzprivatbank», O`zbekiston– Turkiya «UTbank», O`zbekiston-Koreya «UzDEUbank» va boshqa 
qo`shma banklar faoliyat ko`rsatadi. 11 ta chet el banki Toshkentda o`z vakolatxonalarini ochgan. 
Bular qatorida Hindiston Davlat banki, Doyche Bank, Berliner Bank, Meybank, Kredit Suiss 
(Shveysariya), «Rossiyskiy kredit» va «Sakurabank LTD» (Yaponiya) banklari bor. 
Tijorat banklari kredit qo`yilmalari hajmi 2017 yil davomida 58 trln. so`mga yoki 110 foizga 
(2016 yilda – 32 foiz) o`sib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 110,6 trln. so`mga yetdi hamda kredit 
qo`yilmalarining YaIMdagi ulushi 44,4 foizgacha (2016 yilda – 26,4 foiz) oshdi. Kredit 
qo`yilmalarining (netto) jami aktivlar tarkibidagi ulushi esa 61,9 foizdan 65,1 foizgacha oshdi. 
O`zbekiston Respublikasi bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining muhim va jadal sur’ atlar bilan 
rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Ushbu sohaga alohida ahamiyatbaxsh etar ekan, u milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida tanlab olingan. Muhtaram 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida: «Bugungi kunda bank tizimidagi 
eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, ya’ ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, 
o`z navbatida, bank sektorida sog’ lom raqobatga to`siq bo`lib, xizmat ko`rsatish sifatiga salbiy ta’ sir 
qilmoqda» deya ta’ kidladilar. Banklar kapitallashuv darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan 
chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali 2017 yil davomida 2,3 barobarga 
ko`payib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 20,7 trln. so`mni, ustav kapitali umumiy miqdori esa
2,8 barobarga oshib, 16,3 trln. so`mni tashkil etdi. Bunda davlat ulushiga ega banklar kapitali 11,7 trln. 
so`mga oshdi. Valyuta siyosatining liberallashtirilishi sharoitida tijorat banklarining moliyaviy 
barqarorligi va likvidliligini ta’ minlash hamda iqtisodiyotning kreditga bo`lgan o`sib borayotgan 
ehtiyojini qondirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq 
davlat ulushiga ega banklar kapitaliga Hukumat tomonidan 670 mln. AQSh dollari miqdorida 
mablag’ lar yo`naltirildi. 
Bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda 
to`laqonli foydalanish, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini 
ta’ minlovchi transmission mexanizmlarni rivojlantirish orqali qo`yilgan maqsadlarga erishishni 
osonlashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvarda «O`zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’ risida»gi 
PF5296-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko`ra Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli 
yo`nalishlari deb quyidagilar belgilab berildi: narxlar barqarorligi; bank tizimi barqarorligi va 


60 
rivojlanishi; to`lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi. Ammo shu bilan birga bugungi kunda bank-
moliya xizmatlari, mijozlarni jalb qilish bo`yicha banklararo raqobat muhiti yetarli darajada davr 
talablariga to`liq javob bera olmayapti. Ayni paytda qishloq joylarda xizmatlar sohasi hali-beri 
yetarlicha rivojlanmaganini ham aytish joiz.
2018-yil 23-martda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev «Bank xizmatlari 
ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’ risida»gi qarorni imzoladi. Mazkur 
qarorda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko`rsatishning bozor 
mexanizmlari joriy etilganligi, ularning turlari kengayib borayotganligi, tadbirkorlar va aholi uchun 
moliyaviy ochiqlik oshib borayotganligi qayd etildi. Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini 
amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etilganligi, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratilganligi ta’ kidlandi. 
2018 yil 1 iyuldan tijorat banklariga: – dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 
mijozlarga bevosita xizmat ko`rsatish hududiga to`sqinliksiz kirish; – mijozlarni dastlabki qabul qilish 
ma’ muriyat xodimlaridan ko`rsatilayotgan bank xizmatlari to`g’ risida dastlabki maslahatlarni olish; 
– kredit (mikroqarz) berish to`g’ risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va 
kredit (mikroqarz) berish to`g’ risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini 
ko`rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro`yxatdan o`tkazish va ko`rib chiqish uchun 
sharoitlarni yaratish topshirig’ i berildi. 
Respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan tijorat banklari soni 2020 yilning 1 yanvar holatiga 30 tani 
tashkil etdi. Shundan 13 tasi kapitalida davlatning salmoqli ulushiga ega banklar, 13 tasi kapitalida 
xususiy kapitalning salmoqli ulushiga ega banklar hamda 4 tasi kapitalida xorijiy bank kapitalining 
salmoqli ulushiga ega banklar hisoblanadi. Xususan, bank tizimida xorijiy investorlar ishtirokini 
kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar doirasida Qozog’ iston Respublikasining yirik banki Xaliq 
bankining Toshkent shahrida tashkil etilgan “ Tenge” aksiyadorlik tijorat banki o`z faoliyatini boshladi. 
2019 yili yakuni bo`yicha tijorat banklari filiallari soni 850 tani, mini-banklar soni 593 tani hamda tunu 
kun (24G’ 7) ishlaydigan shoxobchalar soni 902 tani tashkil etgan bo`lib, ular orqali mijozlarga tegishli 
bank xizmatlari ko`rsatib kelinmoqda. Bundan tashqari, aholiga ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini 
tubdan yaxshilash, chakana bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va mijozlar bilan hamkorlik 
munosabatlarini yo`lga qo`yishning zamonaviy yondashuvini joriy qilish hamda banklarning operasion 
xarajatlarini kamaytirish maqsadida 2019 yil davomida respublikamizning barcha hududlarida 450 tadan 
ortiq yangi bank xizmatlari ofislari tashkil etildi. Shuningdek, mikromoliyaviy xizmatlar faoliyatini 
rivojlantirish maqsadida 2019 yilda 20 ta mikrokredit tashkilotiga va 6 ta lombardga lisenziya berildi. 
Natijada 2020 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan nobank kredit 
tashkilotlari soni 117 taga (56 ta mikrokredit tashkiloti va 61 ta lombard) yetdi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling