Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Pul islohotining o`tkazilishi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritib, o`zining milliy 
valyutasini muomalag kiritishga kirishdi. Biroq bu jarayon uchun ma’ lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu 
bois O`zbekiston 1991-1993 yillarda sobiq ittifoqdan qolgan rubl zonasida bo`lib turdi. Ammo 
sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida 
rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. O`zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta 


50 
kiritish ishiga jiddiy kirishdi. Uning kursi oldin muomalada bo`lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. 
O`zbekiston rahbariyati so`m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish 
tadbirlarini ko`rdi.
Iqtisodiy islohotlar borasida qo`yilgan muhim qadamlardan biri – 1994 yil 1 iyuldan milliy 
valyutamiz – so`mning muomalaga kiritilishi bo`ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’ tiborga 
molikdir, chunki, o`z milliy valyutasiga ega bo`lmagan davlat chinakam mustaqil bo`la olmaydi. 
Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini ta’ minlash 
choralarini amalga oshirib bordi.Muomalagi 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so`mlik, 1997 yildan
200 so`mlik, 2000 yildan 500 so`mlik, 2001 yildan 1000 so`mlik, 2013 yildan 5000 so`mlik,
2017 yildan 10000 va 50000 so`mlik, 2019 yil 100000 so`mlik banknotlar chiqarildi.
 
2. Mustaqil O`zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va taraqqiyoti. 
Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo`jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va 
yo`nalishlari. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish bozorning ko`p bo`g’ inli infratuzilmasini 
yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bo`lmasdan bozor mexanizmlari to`liq 
ishlay olmaydi. O`tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida ko`plab 
amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va ularni samarali yuritishga 
xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi. 
№ 
Infratuzilma turlari 
Infratuzilma tarmoqlari 

Ishlab chiqarishga xizmat 
qiluvchi infratuzilma 
• 
Transport 
• 
Aloqa 
• 
Ombor xo`jaligi 
• 
Yo`l xo`jaligi 
• 
Suv va energetika ta’minoti va boshqalar 

Tovar 
va 
xomashyo 
bozorida xizmat qiluvchi 
infratuzilma 
• 
Birjalar 
• 
Savdo uylari 
• 
Auksionlar 
• 
Tijoratchilik idoralari 
• 
Reklama firmalari 
• 
Savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat 
muassasalari 

Moliya-kredit 
munosabatlariga 
xizmat 
qiluvchi infratuzilma 
• 
Banklar 
• 
O`zini o`zi kreditlash idoralari 
• 
Sug’ urta kompaniyalari 
• 
Moliya kompaniyalari 
• 
Soliq undirish idoralari 
• 
Pul jamg’ armalari 

Aholiga xizmat qiluvchi 
(ijtimoiy) infratuzilma 
• 
Uy-joy va kommunal xizmati 
• 
Madaniyat 
• 
Sog’ liqni saqlash 
• 
Aholini ishga joylashtirish xizmati (mehnat birjalari) 

Axborot infratuzilmasi 
• 
Iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo`lgan axborotlar, 
xabarlar va ma’ lumotlarni to`plovchi, umumlashtiruvchi 
vositalar 
• 
Sotish bilan shug’ ullanuvchi kompaniyala, firmalar, 
maslahat idoralari, davlat muassasalari 
Islohotlar davrida respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat 
qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo`g’ inlari – turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi 


51 
vujudga keldi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi – transport, aloqa, suv va energetika 
ta’ minoti, yo`l va ombor xo`jaligi tuzilmalari yaratildi. 
Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi – tovarlar va xomashyo birjalari, biznes inkubator, 
auditorlik va konsalting firmalari, ko`plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama 
firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki 
qadam – mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bo`ldi. Davlat 
buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta’ minot 
tashkilotlari ham tugatildi. Ularning o`rniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil 
etildi. O`zbekistonda 1991-yilning avgustidan “ O`zbekiston” respublika universal agrosanoat birjasi, 
“ O`zulgurjibirjasavdo” – O`zbekistonda ulgurji va birja savdosi bo`yicha respublika davlat-
aksiyadorlik uyushmasi (1994-yil mart), “ Toshkent” respublika tovar-xomashyo birjasi (1994-yil 8-
aprel) va boshqa birjalar faoliyat ko`rsatmoqda. 1992-yil 12-avgustda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi “ Birjalar va birja faoliyati to`g’ risida” Qaror qabul qildi. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan 
iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo`lgan axborotlar, xabarlar va ma’ lumotlarni to`plovchi, 
umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi. 
Xo`jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma –
yangi bank tizimi, o`z-o`zini kreditlash idoralari, sug’ urta kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul 
jamg’ armalari yaratildi. 
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo`lgan turli zararlardan himoya qiluvchi 
sug’ urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi 
“ O`zbekinvest”
(1994 yil 13 aprel), “ O`zagrosug’ urta” (1997 yil 25 fevral), “ Kafolat” (1997 yil 14 mart) kabi uchta 
yirik sug’ urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko`plab xususiy sug’ urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy 
mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo`shma sug’ urta kompaniyalari ham vujudga keldi.
2002 yilda sug’ urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz 
fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo`nalish bo`yicha sug’ urta xizmati ko`rsatmoqdalar. 
“ Sug’ urta faoliyati to`g’ risida” gi qonunning qabul qilinishi (2002 yil 5 aprel), Prezideyent farmoni 
bilan 
2002 
yil
1 fevraldan boshlab sug’ urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig’ idan ozod qilinishi 
mamlakatimizda sug’ urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Hozir 
sug’ urta tashkilotlari aholiga, korxonalar va tashkilotlarga 40 dan ortiq turdagi sug’ urta xizmati 
ko`rsatadi. Mamlakatimizda sug’ urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari bor. Respublikada majburiy 
sug’ urta bilan faqat davlat-aksiyadorlik sug’ urta tashkilotlari shug’ ullanadi va ular majburiy 
sug’ urtaning qishloq xo`jaligi korxonalari mol-mulki; fuqarolarning mol-mulki; yo`lovchilar; harbiy 
xizmatchilar; soliq xizmati xizmatchilari; uchuvchilar tarkibi; xavfli kasblar; fuqarolik mas’ uliyati 
sug’ urtasi turlarini amalga oshiradi. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylandi. Negaki, 
iqtisodiy tizim o`zgarayotgan payta malakasiz kishilargagina emas, ma’ lum ixtisosga ega bo`lgan 
xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining 
ko`payishiga yo`l qo`ymaslik tadbirlari ko`rildi. 1993 yildan O`zbekistonda Mehnat birjalari paydo 
bo`ldi. Respublika “ Mehnat birjasi” va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o`z ichiga oluvchi 
katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro`yxatga olish, ularni 
kasbini o`zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo`yicha nafaqa to`lash yo`lga qo`yildi. Yangi ish 
o`rinlarini tashkil etishga e’ tibor berildi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy 
larzalarsiz o`tdi. Negaki, davlat turli kompetensiya jamg’ armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy 
etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam sur’ atda oshirib borildi. 
Qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. 
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun foydalaniladigan yer mamlakat hududining 45 foizini 
egallaydi, aholining qariyb 50 foizi qishloq joylarda yashaydi. 
Tarmoq suv va o`rmon xo`jaligi bilan birgalikda 3,6 mln kishining (umuman iqtisodiyotda band 
bo`lganlarning 27 foizi) bandligini va mamlakat yalpi ichki mahsulotining 32,4 foizini ta’ minlaydi. 


52 
Bundan tashqari, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarining katta ulushini yetishtiruvchi 4,7 mln 
dehqon xo`jaliklari egalari ham, garchi ular ko`pincha iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida band 
bo`lsalar ham, qishloq xo`jaligida band bo`lganlar deb hisoblanadi. 
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksporti O`zbekiston Respublikasiga jami holda qariyb 20-25% 
daromadlarni keltiradi. Agraroziq-ovqat mahsulotlarining 180 tadan ortiq turi jahonning 80 ta 
mamlakatiga eksport qilinadi, tovarlar eksporti umumiy hajmining 20 foizi ular ulushiga to`g’ ri keladi. 
Agrar islohotlarni izchil amalga oshirish quyidagi asosiy tendensiyalar va natijalarni ta’ minladi. 
1. Agrar sektorni barqaror rivojlantirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirishning o`sishi. 
2. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi hatto uni qayta ishlash mahsulotlari hisobga olinmasdan 
mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasida 32,4 foizni tashkil etadi, uning mahsulotlarini qayta ishlovchi 
tarmoqlar hisobga olinganda esa yalpi ichki mahsulotning qariyb 40 foizini tashkil etadi. Qishloq 
xo`jaligining har yilgi yalpi ichki mahsulot o`sishidagi to`g’ ridan-to`g’ ri ulushi o`rtacha 1,1 foizni 
(yoki butun o`sishning 13,5 foizini) tashkil etadi. 
3. Ishlab chiqarishning o`sishi qishloq xo`jaligi ekinlarining amalda barcha turlari uchun xosdir. 
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish 1,5 baravar (o`rtacha yillik o`sish sur’ ati 8,5%, go`sht-sut 
mahsulotlari – 1,4 baravar (6,7%), don – 8%ga (2,2%) o`sdi. Parrandachilik (yillik o`sish 12%) va 
baliqchilik (5,1 baravar) yuqori sur’ atlarda rivojlandi, paxta xomashyosi yetishtirish esa ekin 
maydonlari qisqarishi hisobiga 16,2 foizga pasaydi. 
Keyingi yillarda shakllangan qishloq xo`jaligi rivojlanishining maqbul tendensiyalariga qaramay, 
uni kengaytirishning mavjud salohiyati va zaxirasi o`sishiga to`sqinlik qilayotgan ayrim muammolar 
mavjud. 
1. Cheklangan tabiiy va odam resurslaridan samarasiz foydalanish. 
2. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga taqqoslaganda mehnat unumdorligi o`sishining sekinroq 
sur’ ati. Buning ustiga O`zbekistonda qishloq xo`jaligi mehnatining unumdorligi qiyoslanadigan 
mamlakatlardagiga qaraganda – 4,7 baravar past. 
3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va tashish uchun infratuzilma va logistika 
obyektlari yetishmasligi. 
4. Aholi soni o`sib borayotgan bir sharoitda suv resurslarining yetishmasligi va suvdan nooqilona 
foydalanish. 
5. Tuproqning sho`rlanganligi va eroziyasi ulushi yuqoriligi oqibatida ekin yerlari, yaylovlar, ozuqa 
yetishmasligi. 
6. Qishloq xo`jaligining past unumdorligi. 
7. Meva va sabzavotlarni saqlash va tashishdagi nobudgarchiliklar. 
8. Qishloq xo`jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yuqori boshqaruvchi to`siqlar mavjudligi. 
9. Kadrlar tayyorlash markazlarini rivojlantirishning past darajasi. 
Qishloq xo`jaligini rivojlantirish istiqbollari va tarkibiy qayta o`zgartirishlarni amalga oshirish: 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling