Mavzu: Barg salati yetishtirish texnologiyasi Reja


Download 0.91 Mb.
bet1/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1162728
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barg salati yetishtirish texnologiyasi


Mavzu: Barg salati yetishtirish texnologiyasi
Reja:

Salat o‘simligi ilitilgan yerlarda va issiqxonalarda yetishtiriladi. Issiqxonalarda ko‘kat-sabzavotlar asosiy ekinlar (bodring va pomidor) ekilgunga qadar yoki asosiy ekin tugagach, erta bahorda yoki kech kuzda ekib yetishtiriladi. Chunki qimmat turuvchi issiqxonalarni ko‘kat-sabzavotlar bilan band qilish maqsadga muvofiq emas. Ayrim vaqtda tezpishar bir yillik ko‘katlarni issiqxonalarda asosiy ekinlarga (bodring va pomidorga) zichlashtirib ekiladigan ekin sifatida ham yetishtirish mumkin. Bunda ularning urug‘i yoki ko‘chati asosiy ekin ekilishidan bir necha kun ilgari ekilib, 25-30 kun davomida yetishtiriladi.


Haroratga munosabati
Salat bargi – sovuqqa chidamli o‘simlik. U +5°S haroratda ham o‘sadi, ammo uning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul harorat +15 – +20 °S dir. Boshchalar +12 – +14 °S da yetishtirilganda ancha zich bo‘ladi. O‘simlik sovuqqa chidamli. Uning sovuqqa chidamsizroq navlarining to‘p barglar shakllanish fazasida ham -5-7 °S kabi past haroratga bardosh bera oladi.
Turli navlarning sovuqqa chidamliligi bir xil emas. Ayrim navlar ochiq yerda qishni o‘tkazishi mumkin, ayrimlari o‘tkaza olmaydi. Salatning ayrim navlari urug‘i yuqori haroratda (+25 – +28 °S dan yuqori) unib chiqmasligi ham mumkin. Shu bois urug‘ ekilganda sovuq suv bilan sug‘orish kerak. Uni ekinlar bilan zichlashtirib ekilganda yorug‘lik kam tushadigan bo‘lsa, boshlar hosil bo‘lmaydi.
Tuproq sharoiti
Salat tuproq va havo namligiga talabchan, lekin me’yoridagi namlik maqbul hisoblanadi. Me’yoridan oshiq namlik ham zararli, bunda pastki barglari chirib, ayrim kasalliklar rivojlanadi. Bu esa hosilning kamayishiga olib keladi. U tuproq unumdorligiga talabchan. Chunki tez o‘sadi, uning o‘sish davri qisqa, ildiz tizimi esa uncha rivojlanmaydi. Uni chuqur, namni o‘zlashtiruvchi, yumshoq, organik moddalarga boy, oziq moddalarni yengil o‘zlashtiradigan qumloq tuproqlarda yetishtirish yaxshiroq. Gumusga boy tuproqlarda salatni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilsa, ayniqsa, azotli o‘g‘itlarni berish juda samarali natija beradi. Salatni bitta dalaga ketma-ket ekish yaxshi emas. Takroran yana o‘sha dalaga ekilsa, kasallik va zararkunandalari ko‘payib ketadi. Uni pomidor, qovoqdoshlar oilasi, shirin jo‘xori, lavlagi va sabzi kabi sabzavotlar bilan almashlab ekish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling