Mavzu: Barg salati yetishtirish texnologiyasi Reja


Download 0.91 Mb.
bet7/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1162728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barg salati yetishtirish texnologiyasi

Urug’larni ekish muddati. Umum qabul qilingan issiqxonaga ekinlar urug’ini hududlar uchun qulay ekish muddatlaridan 5-8 kun ertaroq ekish kerak, chunki payvandlangandan keyin bir xafta davomida payvandlangan ko’chatlar shu sharoitga moslashishni talab qilinadi.
Shuning uchun kuzgi-qishki mavsumda yetishtirish uchun pomidor urug’lari 10 avgustdan, bodring urug’lari 15 avgustdan ekiladi.
Oraliq (o’tuvchan) mavsumda yetishtirish uchun issiqxonaga pomidor urug’lari 10 oktyabrdan, bodring urug’lari 20 oktyabrdan ekiladi.
Qishki-baxorgi mavsumda yetishtirish uchun issiqxonaga pomidor urug’lari 10 noyabrdan, bodring urug’lari 10 dekabrdan ekiladi.
Ochiq maydon navlarni yetishtirish uchun urug’larni ekish muddati quyidagicha: pomidor - 1 mart, shirin qalampir - 20 fevral, baqlajon - 1 mart, bodring - 5 aprel, qovun -1 aprel, tarvuz- 1 aprel, va payvandlashlar: qovoq va qovoqcha 5 aprel.
Bu ekinlarni payvandlashi urug’lari payvandust bilan bir vaqtni o’zida, bir necha kun oldin yoki keyin ekiladi chunki payvandlash jarayonida ko’chatni poyasi diametrining mosligini va birinchi chinbarg paydo bo’lish fazasida bo’lishini ta‟minlash kerak.
Ekish muddatini aniqlashda qanday ekin bo’lishidan qat‟iy nazar urug’larni unib chiqish davri (kun) va o’simlikni o’sish kuchini xisobga olish muhim. Qovoq bodringdan ertaroq unib chiqadi va o’simlik kuchli shakllanadi. Qovoq (payvandlash) urug’ini ekish, bodring (payvandust) ga nisbatan 2-3 kun keyin o’tkaziladi.
Yirik mevali pomidor navi tez unib chiqadi.
Baqlajonni urug’larini ekish (payvandlash), yirik mevali pomidor (payvandust) dan 3-4 kun ertaroq o’tkaziladi. Agar pomidorni cherri turi payvandust sifatida foydalanilsa, baqlajon (payvandlash) bilan bir vaqtni o’zida ekiladi.

4. Ko’chat yetishtirish sharoitlari va jihozlar


Ko’chat yetishtirish uchun zarur sharoitlar. Ko’chat yetishtirish uchun issiqxona yaxshi yorug’lik va shamollatishga hamda ko’chat yetishtirish uchun qulay haroratga ega bo’lishi kerak. Aniq ekinlar uchun umum qabul qilingan agrotexnik tadbirlarga rioya etiladi.
Payvandlash texnologiyasi xar bir o’simlik (ko’chat) ni poyasini aloxida kesishni taqazo etadi, ish jarayonini tashkil etishda urug’larni issiqxonaga ekish sharoiti, ko’chat olish uchun kasseta yoki tuvakchalar bo’lishi kerak. Bu jarayon ko’chatlarni payvandlash uchun guruh-guruh qilib olib o’tishda ko’l keladi va payvandlash ildiz tizimiga zarar etkazmaslik hamda ko’chatlarni payvandlangandan keyin olidindan tayyorlab qo’yilgan maxsus himoyalangan joylarga o’simliklarni shu sharoitga o’rgatish uchun joylashtiriladi.
Kasseta va tuvakchalarga to’ldiriladigan tuproq aralashmasi sifatli bo’lishi kerak. Bir reproduksiyaga oid sifatli urug’lardan foydalanish talab etiladi. Urug’ ekishni o’tkazishda, bir xil unib chiqishi uchun ekish chuqurligi xam bir xilda bo’lishi kerak. Payvandlash uchun birinchi barg oralig’i juda kalta bo’lmasligi, buning uchun yorug’likni sozlash, ko’chatga soya yoki yoritish kerak bo’ladi.
Kasseta va tuvakchalarni xam bir xilda sug’orilsa, nihollarni unib chiqishi va diametri bir xilda bo’ladi.
Issiqxonada ko’chatlarni payvandlash uchun tayyorlash jarayonida va payvandlangandan keyin haroratni +25...+280S da ushlab turish zarur. Ko’chatlarni o’stirish davrida yorug’lik, harorat va namlikni sozlash, payvandlaguncha xar bir payvandlash niholning erdan to birinchi bo’g’imigacha (urug’ bargigacha) oralig’i uzun bo’lishi kerak. Shunda payvandlangan joy tuproqdan yuqorida joylashadi, bunda tuproq bilan bog’liqligi bo’lmaydi va o’simlikni tuproq kasalliklariga chidamli bo’lishini ta‟minlaydi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling