Mavzu: Barg salati yetishtirish texnologiyasi Reja


Download 0.91 Mb.
bet3/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1162728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barg salati yetishtirish texnologiyasi

Hosilni yig‘ib olish
Hosil ko‘chat ekilgandan so‘ng 30-40 kundan keyin yig‘ishtiriladi. Bunda o‘simlik ildizi bilan sug‘urib olinib, silkitib tuproqdan tozalanadi. So‘ng yashiklarga zich qilib joylashtiriladi. Erta bahorda mahsulotni barvaqt olish uchun uni kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Shunda hosilni may oxiri yoki iyunning birinchi o‘n kunligida olish mumkin. Iste’molga tayyor bargli salat yangi, suvli, yashil, och-yashil tup bargli, ildiz bo‘yni 2-3 sm, barglarining kattaligi ildiz bo‘ynidan 8 sm va undan yuqori bo‘lishi kerak. Uni yig‘ishda va sotishda so‘ligan, dag‘al va sarg‘aygan barglari bo‘lmasligi kerak. Plyonkali issiqxonalarda uning hosildorligi 1 m2 dan 3-4 kg, kichik hajmli plyonkali inshootlarda 2-2,5 kgni tashkil qiladi. Bargli salatni salqin xonalarda, yuqori namlikda saqlash tavsiya etiladi.
Ko’chatlar ilgari ko’pincha biologik usulda isitiladigan parniklar va ko’chatxonalarda yetishtirilgan. Hozirgi kunda ochiq yer uchun ko’chatlar asosan isitiladigan plyonkali issiqxonalarda, tomorqa va dala hovlilarida esa plyonkali isitiladigan kichik issiqxonalarda plyonkali parniklarda yetishtiriladi. Himoyalangan yer uchun qishki-bahorgi aylanishda ko’chatlar isitiladigan qishki oynavand yoki plyonkali issiqxonalarning ko’chat bo’limida yetishtiriladi. Boshqa aylanishlar uchun ko’chatlar maxsus shu maqsad uchun moslangan inshootlarda yetishtiriladi.
Chet eldagi mamlakatlarining yirik issiqxona kombinatlarida himoyalangan yerlarning barcha aylanishlari uchun ko’chatlar maxsus issiqxonalarda yoki ko’chat bo’limlarida to’g’ridan-to’g’ri tuproq ustida (so’kchaksiz) yetishtiriladi (55-rasm), bu maydonni iqtisod qilish va mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatini ta‟minlaydi. Yirik sabzavotchilik xo’jaliklarida ochiq yerga ko’chatlarni tayyorlash uchun issiqxona (asosan plyonkali), plyonkali qurilma va sovuq ko’chatxonalardan tashkil topgan ko’chat-sabzavot komplekslari bunyod etilmoqda, u yerlarda oldin ochiq yer uchun ko’chat, so’ng sabzavotlar yetishtiriladi.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling