Mavzu: Barg salati yetishtirish texnologiyasi Reja


Ekish muddati va usullari


Download 0.91 Mb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1162728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barg salati yetishtirish texnologiyasi

Ekish muddati va usullari
O‘zbekistonda salat bargining 3-5 ta haqiqiy barg chiqargan, 20-25 kunlik ko‘chati asosiy joyga, ya’ni issiqxonalarga fevral va aprel oylarida ekib yetishtiriladi. Parniklarda esa u mart-iyun oylarida ekib yetishtiriladi. Yengil plyonkali qurilmalarda qish oldi va erta bahor davrlarida ekib o‘stiriladi. Parniklarda bargli salatni navlariga qarab 10×10, 15×15 va 20×20 sm masofada ekiladi. Issiqxonalarda 4-5 qatorli kichik egatlarga, egatlar orasini 15-20 sm, qatorda o‘simliklar orasini 10-15 sm qilib ekiladi.

Bargli salatning O‘zbekistonda Krupnokochannыy, Kohshoh, Fiorett navlari, Konkord F1, Lagunas F1, Levistro F1, Saula F1, Xrustyaщiy F1, Aysberg F1 kabi duragaylari ekiladi. Romen – salatini Amplyus Primavera, Attroksion, Ballon, Plena, Velikie ozero, Zelyonыy kruglыy kabi nav namunalari issiqxonalarda yetishtirish uchun tavsiya etilgan.
Parvarishlash
O‘simliklarni parvarishlash sug‘orish, oziqlantirish, egatlar orasini yumshatish, begona o‘tlarni yulish va yagana qilishdan iborat. Salatni kamroq, ammo katta me’yorda sug‘orish (1 m2 ga 2-3 l har 5-7 kunda) kerak. Shundan so‘ng inshootni shamollatish zarur. Chunki me’yoridan oshiq namgarchilik o‘simliklarning zamburug‘ kasalliklari bilan zararlanishiga olib keladi. Tuproq namligi 70-80%, havo namligi – 60-70% bo‘lishi kerak. Sug‘orilgandan so‘ng, o‘simliklar bir-biriga tutashib ketmasdan egatlar orasi yumshatilishi zarur. O‘simlik azotli va kaliyli o‘g‘itlar bilan ikki marotaba oziqlantiriladi. Bunda birinchi oziqlantirish ko‘chat ekilgandan so‘ng 5-7 kun o‘tgach
(10 l suvga 60-80 g ammiakli selitrani eritib) oziqlantiriladi. Ikkinchi marta esa birinchi oziqlantirishdan 7-10 kun o‘tgach (10 l suvga 40 g ammiakli selitra va 15 g kaliy tuzini eritib), oziqlantiriladi.
Bargli salatni yaganalashni o‘toq qilish bilan birga urug‘i ekilgandan 3-4 hafta o‘tgach, o‘simliklar orasini 6-8 sm qoldirib bajarish hamda yulib olingan o‘simliklarni iste’mol qilish mumkin. Salat o‘simligining har xil navlarini kichik hajmli gidroponika sharoitida ham o‘stirish mumkin. Bu usulda qisqa muddatda sifatli mahsulot olinadi. Ammo o‘ziga xos xarajatlarni talab etadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling